Konsul

Konsul (lot. consul — maslahatchi) — 1) Kdd. Rimda ilk respublika davrida vujudga kelgan oliy mansabdor shaxs. Konsullar 2 kishidan iborat tartibda dastlab 1 yillik muddatga faqat patritsiylar tomonidan saylangan. Mil.av 367 yildan soʻng K.dan biri plebeylar orasidan saylangan. K. xalq yigʻinlari va senatni chaqirgan. Alohida hollarda senat K.ga cheksiz xuquqlar bergan. K. imperiya davrida oʻz amaliy ahamiyatini yoʻqotib, faxriy unvonga aylangan; 2) oʻrta asr Shim. va Markaziy Italiya shaharlaridagi oliy mansabdor shaxs. 8-asrning 1-yarmida K. fuqarolar tomonidan, asosan, 1 yilga 4— 12 kishidan iborat tarkibda saylanib, oliy ijroiya, maʼmuriy, moliyaviy, sud va qisman qonun chiqaruvchi hokimiyatga egalik qilgan va shahar patritsiylari manfaatini ifoda etgan; 3) bir davlatning boshqa davlat hududida oʻz mamlakati, uning yuridik shaxslari va fuqarolari manfaatlarini himoya qilish, 2 davlat orasida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga yordam berish uchun tayinlanadigan mansabdor shaxs. K.ning tayinlanishida uni qabul qiluvchi davlatning aniq roziligi talab etiladi. K. qabul qiluvchi davlatning qonunlari, odat va anʼanalarini buzmasligi lozim. K.ning faoliyati uni yuboruvchi davlat elchixonasi tomonidan nazorat etiladi. K.lik toifalari K.larning oʻz xizmat darajadari bilan bogʻliq unvonlari boʻlib, ularning 4 xili mavjud: Bosh K., K., Vitse-K. va K.lik agentlari. K.lik toifalarini berish, yuboruvchi davlatning ichki ishi hisoblanadi va shu davlatning qonunlari bilan tartibga solinadi. 1963 yilda BMT doirasida "K.lik aloqalari haqida" Vena Konvensiyasi ishlab chiqilgan, 1994 yil 6 mayda Oʻzbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga qoʻshilgan. Oʻzbekiston, shuningdek, bir qator davlatlar bilan K.lik bitimlari tuzgan va ularda K.lik vakolatxonalari va boshqa mansabdor shaxslar faoliyat doirasi, huquq, imtiyoz va immunitetlari belgilangan. 1996 yil 29 avg . da Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavi qabul qilindi, unda K.lik muassasalarining ishini tashqil etish, shu ishlarni bajarish tartibi K.lik mansabdor shaxslar tomonidan belgilab berildi.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
Afrikaans: Konsul (Rome)
Alemannisch: Consulat
asturianu: Cónsul romanu
azərbaycanca: Konsul (Qədim Roma)
brezhoneg: Konsul
bosanski: Konzul
català: Cònsol romà
čeština: Římský konzul
dansk: Consul
Deutsch: Consulat
English: Roman consul
español: Cónsul romano
فارسی: کنسول روم
Frysk: Konsul
hrvatski: Rimski konzul
magyar: Consul
Հայերեն: Կոնսուլ
interlingua: Consule
Bahasa Indonesia: Konsul Romawi
Ido: Konsulo
日本語: 執政官
ქართული: კონსული
한국어: 집정관
kurdî: Konsul
Latina: Consul
lietuvių: Konsulas (Roma)
latviešu: Konsuls (Roma)
македонски: Римски конзул
Bahasa Melayu: Tribun konsul
Plattdüütsch: Kunsel (Rom)
Nederlands: Consul (Rome)
norsk nynorsk: Romersk konsul
română: Consul
srpskohrvatski / српскохрватски: Konzul
Simple English: Roman consul
slovenščina: Rimski konzul
српски / srpski: Конзул (магистрат)
svenska: Konsul (Rom)
Tagalog: Konsulado
Türkçe: Konsül (Roma)
татарча/tatarça: Konsul
Tiếng Việt: Quan chấp chính