Konstantina

Konstantina - Jazoirning shim.-sharqiy qismidagi shahar. Konstantina viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 450 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshlari). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Yirik savdo-sanoat markazi, don va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozori. Traktorsozlik, stanoksozlik zavodi, oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda qoʻlda gilam toʻqiladi, poyabzal va charmdan turli buyumlar tayyorlanadi.

Shaharga miloddan avvalgi 3-asrda asos solingan. Miloddan avvalgi 3-asr oxiri va 2-asrlarda Numidiylar qirolligi poytaxti boʻlgan va Sirta (Kirta) deb atalgan. Milodiy 311 yilda rimliklarga qarshi qoʻzgʻolonni bostirish vaqtida vayron qilingan. Shahar 313 yildan uni qayta tiklagan Rim imperatori Konstantin nomi bilan atala boshlagan. 7-asrdan boshlab turli arab davlatlari tarkibida, 16-asrda turklar qoʻl ostiga oʻtdi. 1837 yilda Fransiya qoʻshinlari tomonidan egallandi. Shahar jazoirliklarning mustamlakachilikka qarshi ozodlik harakatlarining muhim markazlaridan boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Katta masjid (11-asr), Madrasa va maqbaralar (18-asr), Ahmadboy saroyi (19-asr), universitet majmuasi (20-asr) va boshqa saqlangan. Badiiy hunarmandchilikning qad. markazi. Muzey bor.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
العربية: قسنطينة
مصرى: قسنطينه
azərbaycanca: Konstantin şəhəri
беларуская: Канстанціна
Ελληνικά: Κωνσταντίνη
فارسی: قسنطینه
galego: Constantina
magyar: Kaszentína
հայերեն: Կոնստանտինա
Bahasa Indonesia: Konstantin, Aljazair
Taqbaylit: Qsemṭina
한국어: 콩스탕틴
lietuvių: Konstantina
македонски: Константин (Алжир)
Bahasa Melayu: Constantine, Algeria
Nederlands: Constantine (stad)
occitan: Constantina
پنجابی: قسنطینہ
srpskohrvatski / српскохрватски: Constantine (grad)
Simple English: Constantine, Algeria
slovenčina: Constantine (mesto)
српски / srpski: Константин (град)
українська: Константіна
اردو: قسنطینہ
Tiếng Việt: Constantine (Algérie)
Bân-lâm-gú: Constantine (Algeria)