Kobalt
English: Cobalt

Kobalt / Cobaltum (Co)
Atom raqami27
Koʻrinishihavorang qattiq metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
58,9332 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi125 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
758,1 (7,86) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi[Ar] 3d7 4s2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi116 pm
Ion radiusi(+3e) 63 (+2e) 72 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,88
Elektrod potensiali0
Oksidlanish darajasi3, 2, 0, -1
Termodinamik xossalari
Zichlik8,9 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi0,456 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik100 Vt/(m·K)
Erish harorati1 768 K
Erish issiqligi15,48 kJ/mol
Qaynash harorati3143 K
Qaynash issiqligi389,1 kJ/mol
Molyar hajm6,7 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishigeksagonal
Panjara davri2,510 Å
Panjara/atom nisbatin/a
Debye harorati385,00 K

Kobalt (Cobaltum), Co — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 27, atom massasi 58,9332. Kobalt metalini ilk bor 1735 yilda shved kimyogari Yu. Brand rudalardan ajratib olgan. Uzoq, vaqtgacha Kobaltni rudadan ajratib olish mumkin boʻlmagan, shuning uchun Kobold deb atalgan (nem. Kobold togʻ va konlarda yashaydigan jin demakdir; metall Kobalt nomi shundan olingan).

Tabiatda 2 ta barqaror izotopdan tashkil topgan: 59Co (99,83%) va 57Co (0,17%). Oksidlanish darajasi +2 va +3, goho +1, +4 va +5. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,9; atom radiusi 0,125 nm. Kobalt massa jihatidan yer poʻstining 4-10~3% ini tashkil qiladi, okean suvlaridagi miqdori 0,005 mg/l. 30 ga yaqin minerallari bor. Eng muhimlari: karrolit CuCo2S4, linneit Co3S4, kobaltin CoAsS, safflorit (CoFe)As2, skutterudit CoAs3, shmaltin CoAs2, absolin Co3O4-mMnO2 pN2O, eritin Co3(AsO4)2-8H2O, sferokobaltit CoCO3va h.k. Sof kobalt rudalari juda kam. Kobalt, asosan, mis, nikel, kumush, temir, margimush, marganets bilan birikma holida uchraydi. Kobalt — kumushsimon oq, qizgʻishochsariq rangda tovlanadigan metall. Suyuqlanish temperaturasi 1494°, kaynash temperaturasi 2960°, zichligi 8,90 g/sm³. Ferromagnit xossasiga ega. Brenel boʻyicha qattiqligi 470—1230 MPa. Zichjoylashgan Kobalt havo taʼsiriga chidamli, 300° da oksid parda bilan qoplanadi, kukun holdagi Kobalt havoda oʻz-oʻzidan alangalanadi. Suv, ishqor, karbonat kislota bilan reaksiyaga kirishadi. Ftorid kislota hatto qizdirilganda ham unga taʼsir qilmaydi, tutunlanuvchi nitrat kislota Kobaltning faolligini susaytiradi (oksidlaydi). Oddiy haroratda galogenlar (Gʻ dan tashqari) bilan birikmalar hosil qiladi. Oʻyuvchi ishqorlar Kobalt eritmalariga taʼsir ettirilganda havorang Co(OH)2 choʻkmaga toʻshadi, havo taʼsirida esa u Co(OH)3 ga oʻtadi. Kobalt anorganik va organik birikmalar bilan 2 va 3 valentli kompleks birikmalar, koʻpgina metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kobalt metalini Kobalt rudalaridan ajratib olish uchun dastlab rudalarni oksidlovchi sharoitda maxsus pechlarda kuydirib eruvchan holga oʻtkaziladi. Kobaltni boshqa metallardan tozalash uchun kimyoviy va gidrometallurgiya usullaridan foydalaniladi. Oxirgi mahsulot sifatida Co3O4 olinadi. Uni koʻmir, vodorod, SO kabi qaytaruvchilar ishtirokida qaytarib yoki alyumotermiya va elektroliz usullari bilan metall holidagi Kobalt olinadi.

Hozirgi ajratib olinayotgan Kobaltning taxminan 65%i maxsus qotishma va poʻlatlar, 10%i katalizatorlar, 10%i pigmentlar tayyorlashda qoʻllaniladi. Kobalt birikmalari rangli shishalar, keramika, organik sintez uchun katalizatorlar olishda, neft va ammiakni tozalashda, moy boʻyoqlarni quritishda, chiroyli va turgʻun emal va boʻyoqlar, yarimoʻtkazgichlar (CoSb2, CoSb3) va oʻta kesgich asboblar tayyorlashda ishlatiladi. Soʻnggi yillarda radioaktiv 60Co ("Kobalt lushkasi") tibbiyotda saraton kasalligini davolashda qoʻllanmokda. Hayvonlardagi anemiya kasalligiga qarshi kurashda ham Kobaltdan foydalaniladi.

Adabiyot

  • Bolshakov Kobalt Kobalt, Ximiya i texnologiya kobalta, Kobalt, 1981; Borbat Kobalt Kobalt, Volkov Kobalt Kobalt, Kaza nekiy Kobalt Kobalt, Proizvodstvo kobalta iz sulfidnix rud, Kobalt, 1983; Axmetov Kobalt S Obshaya i neorganicheskaya ximiya, Kobalt, 1998.

Saidjamol Eshonxoʻjayev.[1]

Other Languages
Afrikaans: Kobalt
አማርኛ: ኮባልት
aragonés: Cobol
العربية: كوبالت
asturianu: Cobaltu
azərbaycanca: Kobalt
تۆرکجه: کوبالت
беларуская: Кобальт
беларуская (тарашкевіца)‎: Кобальт
български: Кобалт
भोजपुरी: कोबाल्ट
বাংলা: কোবাল্ট
བོད་ཡིག: གོ་བྰལ་
brezhoneg: Kobalt
bosanski: Kobalt
català: Cobalt
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Gū (gĭng-sṳ̆k)
Cebuano: Kobalto
کوردی: کۆبالت
corsu: Cobaltu
čeština: Kobalt
Чӑвашла: Кобальт
Cymraeg: Cobalt
dansk: Kobolt
Deutsch: Cobalt
ދިވެހިބަސް: ކޮބާލްޓް
Ελληνικά: Κοβάλτιο
English: Cobalt
Esperanto: Kobalto
español: Cobalto
eesti: Koobalt
euskara: Kobalto
فارسی: کبالت
suomi: Koboltti
français: Cobalt
Nordfriisk: Koobalt
furlan: Cobalt
Gaeilge: Cóbalt
Gàidhlig: Còbalt
galego: Cobalto
ગુજરાતી: કોબાલ્ટ
Gaelg: Cobalt
客家語/Hak-kâ-ngî: Cobalt
עברית: קובלט
हिन्दी: कोबाल्ट
Fiji Hindi: Cobalt
hrvatski: Kobalt
magyar: Kobalt
հայերեն: Կոբալտ
Արեւմտահայերէն: Կոբաղդ
interlingua: Cobalt
Bahasa Indonesia: Kobalt
Ido: Kobalto
íslenska: Kóbolt
italiano: Cobalto
日本語: コバルト
la .lojban.: ridjinme
Jawa: Kobalt
ქართული: კობალტი
Kabɩyɛ: Kobalti
қазақша: Кобальт
ಕನ್ನಡ: ಕೋಬಾಲ್ಟ್
한국어: 코발트
kurdî: Kobalt
коми: Кобальт
Кыргызча: Кобальт
Latina: Cobaltum
Lëtzebuergesch: Kobalt
Limburgs: Kobalt
Ligure: Cobalto
lumbaart: Cobalto
lietuvių: Kobaltas
latviešu: Kobalts
македонски: Кобалт
മലയാളം: കൊബാൾട്ട്
монгол: Кобальт
मराठी: कोबाल्ट
кырык мары: Кобальт
Bahasa Melayu: Kobalt
မြန်မာဘာသာ: ကိုဘော့ (ဒြပ်စင်)
эрзянь: Кобальт
Plattdüütsch: Kobalt
नेपाली: कोबाल्ट
नेपाल भाषा: कोबाल्ट
Nederlands: Kobalt
norsk nynorsk: Kobolt
norsk: Kobolt
Diné bizaad: Béésh łibáhí
occitan: Cobalt
Livvinkarjala: Kobal’tu
ଓଡ଼ିଆ: କୋବାଲ୍‌ଟ
ਪੰਜਾਬੀ: ਕੋਬਾਲਟ
पालि: कोबाल्ट
polski: Kobalt
Piemontèis: Cobalt
پنجابی: کوبالٹ
português: Cobalto
Runa Simi: Kubaltu
română: Cobalt
armãneashti: Cobaltu
русский: Кобальт
संस्कृतम्: कोबाल्ट
sicilianu: Cobbaltu
Scots: Cobaut
srpskohrvatski / српскохрватски: Kobalt
සිංහල: කොබෝල්ට්
Simple English: Cobalt
slovenčina: Kobalt
slovenščina: Kobalt
Soomaaliga: Kobalti
shqip: Kobalti
српски / srpski: Кобалт
Seeltersk: Cobalt
Sunda: Kobalt
svenska: Kobolt
Kiswahili: Kobalti
తెలుగు: కోబాల్ట్
тоҷикӣ: Кобалт
Tagalog: Kobalto
Türkçe: Kobalt
татарча/tatarça: Кобальт
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: كوبالت
українська: Кобальт
اردو: کوبالٹ
vepsän kel’: Kobal't (himine element)
Tiếng Việt: Coban
walon: Cobalt
Winaray: Cobalto
吴语:
хальмг: Кобалтион
ייִדיש: קאבאלט
Yorùbá: Cobalt
中文:
文言:
Bân-lâm-gú: Cobalt
粵語: