Koʻzgu

Koʻzgu — yorugʻlikni tekis qaytaruvchi yupqa (alyuminiy, kumush va boshqalar) kat-lam bilan qoplangan silliq sirtli shisha yoki metall jism. Sirtidagi notekisliklar bir necha mikrondan oshmaydigan darajada silliqlangan boʻladi. K.larni tayyorlashda toʻlqinlarning qaytarish koeffiiiyenti yuqori boʻlishiga erishish uchun silliqlangan sirt qalinligi 0,1+ 0,3 mmk boʻlgan yupqa metall (Ag, A1 va boshqalar) qatlam bilan qoplanadi. Silliq alyuminiy sirti ultrabinafsha, infraqizil va koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida, silliq kumush sirti infraqizil va koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida, silliq oltin sirti esa infraqizil nurlar spektri sohasida katta nur qaytarish koeffitsiyentiga ega. Qad. Sharqda jez davrida ham K. ishlatilgan. Bu vaqtda K. jezdan, keyinchalik temir, kumush, simobdan va, nihoyat, milodiy 1-asrdan boshlab Italiyada shishadan yasalgan. Yunon olimi Yevklid (miloddan avvalgi 5-asr) yassi va sferik K. bilan nurlarni bir nuqtaga yigʻish mumkinligini koʻrsatgan. Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino K. optikasi bilan tanish boʻlishgan. Ibn Sino "Donishnoma" asarida sferik koʻzgular bilan yorugʻlikni bir nuqtaga yigʻishni isbotlagan.

Shakliga koʻra, K.lar yassi va sferik xillarga boʻlinadi. Yassi K. buyumning mavhum tasvirini (oʻlchami oʻzgarmagan holda) beradi. Sferik K. buyum tasvirini kattalashtirish (yoki kichiklashtirish) hamda nurlarni toʻplash uchun ishlatiladi (mas, konsentrator, projektor, reflektor, avtomashinalar va h.k.da). Sferik K. yaxshi ishlov berib silliklangan shar sirtining bir qismidir. Yorugʻlik nuri sferik sirtning ichki yoki tashqi sirtidan qaytishiga koʻra, sferik K.lar mos ravishda botiq yoki qanariq K.lar boʻladi. Shar sirtining markazi S K.ning optik markazi, shar segmentining uchi O esa K.ning qutbi deyiladi. K.ning optik markazi Sdan oʻtadigan har qanday nur K.ning optik oʻ q i , sfera markazi S dan va K. qutbi O dan oʻtadigan SO optik oʻq K.ning bosh optik oʻqi deyiladi. Faqatbosh optik oʻq yaqinida va optik oʻqqa kichik burchak ostida kelayotgan nurlar markaziy nurlar yoki paraksial nurlar deb ataladi.

Yorugʻlik chiqaruvchi nuqta S dan K. gacha boʻlgan oraliq OS=d, shu nuqta tasviri S dan K.gacha boʻlgan OU=/oraliq va sferik K. radiusi OC=R quyidagi formula orqali oʻzaro bogʻlangan:Agar d—>°° boʻlsa, u holda / = u boʻladi, biroq d-**> boʻlganda K.ga tushayotgan nurlar optik oʻqqa parallel, binobarin, bu nurlar K. dan qaytgandankeyin bu oʻqni qutbdan u masofadagi nuqtada kesib oʻtadi. Bu nuqga K.ning foku s i Gʻ deyiladi. K.ning qutbidan fokusigacha boʻlgan masofa K.ning fokus masofasi deyiladi. K.ning fokusi orqali oʻtgan va optik oʻqqa perpendikulyar boʻlgan tekislik K.ning fokal tekisligi deyiladi.

Fokus masofa ham fokus singari Gʻ harfi bilan belgilanadi. Shunday qilib, sferik K.ning fokus masofasi Gʻ K. sferasi radiusining yarmiga teng . U vaqtda K.ning fokus masofasi tushunchasidan foydalanib formula (1) ni quyidagicha yozish mumkin:T ~ T Qavariq K. boʻlgan holda, optik oʻqqa parallel nurlar qaytgandan keyin sochiladi, bu nurlarning davomi K.ning orqa tomonida optik oʻqni bir nuqtada kesib oʻtadi. Bu nuqta K. ning mavhum fokusi deyiladi.

Yuqoridagi formula sferik K. formulasi deb yuritiladi. Sferik K. formulasi tasvir va K.ning fokusi haqiqiy boʻlgan hol uchun keltirib chiqariladi. Agar tasvir mavhum boʻlsa had, K. fokusi mavhum boʻlsa u had oldilariga minus ishorasi qoʻyiladi. D = ug = kattalik K.ning optik kuchi deb ataladi va fokus masofa metr (m) hisobida oʻlchanganda, optik kuch dioptriya (dntp) degan birlik bilan ifodalanadi:[D] = ^ = -L = 1dptr.

Optik asboblarda, koʻpincha, K. linzali sistemalardan foydalaniladi. Lazerlarda K. optik rezonator elementidir. K. texnikaning koʻpgina soqalari (mas, geliotexnika, kinotexnika, mashinasozlik va h.k.) da qoʻllaniladi. Geliokonsentratorlar, gelioqurilmalar, shuningdek, metallarni zonali eritish qurilmalarida K. yordami bilan nur (energiya) toʻplanadi. Turli tuzilishga ega boʻlgan shakldagi K.lar koʻz kasalliklari klinikalarida, stomatologiya, xirurgiya, ginekologiya va meditsinaning b. sohalarida ishlatiladi.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
العربية: مرآة
ܐܪܡܝܐ: ܡܚܙܝܬܐ
asturianu: Espeyu
azərbaycanca: Güzgü
تۆرکجه: گؤزگو
žemaitėška: Zelkorios
беларуская: Люстра
беларуская (тарашкевіца)‎: Люстра
български: Огледало
Bahasa Banjar: Caramin
বাংলা: দর্পণ
brezhoneg: Melezour
bosanski: Ogledalo
català: Mirall
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Giáng
ᏣᎳᎩ: ᏓᏎᏘ
کوردی: ئاوێنە
čeština: Zrcadlo
Чӑвашла: Тĕкĕр
Cymraeg: Drych
dansk: Spejl
Deutsch: Spiegel
Ελληνικά: Κάτοπτρο
English: Mirror
Esperanto: Spegulo
español: Espejo
eesti: Peegel
euskara: Ispilu
فارسی: آینه
suomi: Peili
Võro: Piigli
français: Miroir
Gaeilge: Scáthán
galego: Espello
Avañe'ẽ: Ñeangecha
עברית: מראה
हिन्दी: दर्पण
hrvatski: Zrcalo
Kreyòl ayisyen: Glas (pou gade)
magyar: Tükör
հայերեն: Հայելի
Bahasa Indonesia: Cermin
Ilokano: Sarming
Ido: Spegulo
italiano: Specchio
日本語:
Basa Jawa: Pengilon
ქართული: სარკე
қазақша: Айна
ಕನ್ನಡ: ಕನ್ನಡಿ
한국어: 거울
kurdî: Awêne
Latina: Speculum
Limburgs: Spegel
lumbaart: Spegg
lietuvių: Veidrodis
latviešu: Spogulis
македонски: Огледало
മലയാളം: കണ്ണാടി
मराठी: आरसा
Bahasa Melayu: Cermin
Mirandés: Speilho
မြန်မာဘာသာ: ကြည့်မှန်
эрзянь: Чавачамо
Nāhuatl: Tezcatl
Nedersaksies: Spegel
नेपाली: ऐना
नेपाल भाषा: न्हाय्‌कं
Nederlands: Spiegel (optica)
norsk nynorsk: Spegel
norsk: Speil
Nouormand: Mireus
occitan: Miralh
ਪੰਜਾਬੀ: ਸ਼ੀਸ਼ਾ
Deitsch: Schpiggel
polski: Lustro
پښتو: هينداره
português: Espelho
Runa Simi: Rirpu
română: Oglindă
русский: Зеркало
русиньскый: Зеркало
sicilianu: Specchiu
سنڌي: آرسي
srpskohrvatski / српскохрватски: Ogledalo
සිංහල: දර්පණ
Simple English: Mirror
slovenčina: Zrkadlo
slovenščina: Zrcalo
српски / srpski: Ogledalo
Basa Sunda: Kaca eunteung
svenska: Spegel
తెలుగు: దర్పణం
тоҷикӣ: Оина
Türkçe: Ayna
українська: Дзеркало
اردو: آئینہ
vepsän kel’: Zerkol
Tiếng Việt: Gương
Winaray: Espiho
吴语: 平面镜
ייִדיש: שפיגל
中文:
Bân-lâm-gú: Kiàⁿ
粵語: