Koʻrgan viloyati

Koʻrgan viloyati - Rossiya Federatsiyasidagi viloyat. Ural iqtisodiy rniga kiradi. 1943 yil 6. fevralda Chelyabinsk viloyatidan ajralib chiqqan. Maydoni 71 ming km². Aholisi 1105,6 ming kishi (1998), asosan, ruslar; shuningdek, tatar, ukrain, boshqird, qozoq va boshqa ham yashaydi. Shaharliklar 55,6%.24 tumanga boʻlingan, 9 shahar, 6 shaharcha bor. Markazi — Koʻrgan shahri

Koʻrgan viloyati Gʻarbiy Sibir tekisligining jan.da joylashgan. Yer yuzasi tekis, uchlamchi va toʻrtlamchi davr yotqiziqlaridan tuzilgan. Foydali qazilmalari: kaolin va shisha qumlari, osh tuzi, gil va ohaktosh, torf. Iqlimi keskin kontinental. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi — 18°, iyulniki 19°. Yillik yogʻin 400 mm. Vegetatsiya davri 160—165 kun. Asosiy daryolari: Tobol va Iset. 2000 ga yaqin koʻl bor. Viloyat yirik foydali qazilmalar zahirasiga ega emas, shuning uchun asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash bilan bogʻliq ikkinchi darajali sanoat rivojlanmoqda. Yirik korxonalari — "Sintez" k-ti, "Koʻrganpribor" radio zavodi, "Korvet" armatura korxonasi, "Koʻrganselmash" ishlab chiqarish birlashmasi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash uchun uskuvalar, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan "Koʻrganmash" zavodi, avtobus, avtoagregat, gʻildiraqli shatak, yogʻochsozlik stanoklari, telefon, "Start" zavodlari. Un va goʻsht-sut sanoati korxonalari bor. Koʻrgan issiqlik elektr markazi energiya bilan taʼminlaydi. Koʻrgan viloyati — eng yirik k. x. bazasi. Bugdoy, arpa, yem-xashak ekinlari ekiladi. Kartoshkachilik bilan shugʻullaniladi. Sut-goʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, qoʻychilik rivojlangan. Tobol daryosida kema qatnaydi.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Other Languages
Afrikaans: Koergan-oblast
azərbaycanca: Kurqan vilayəti
башҡортса: Ҡурған өлкәһе
беларуская (тарашкевіца)‎: Курганская вобласьць
brezhoneg: Oblast Kourgan
Cymraeg: Oblast Kurgan
Deutsch: Oblast Kurgan
English: Kurgan Oblast
Esperanto: Kurgana provinco
Gaeilge: Cúige Kurgan
客家語/Hak-kâ-ngî: Kurgan-chû
hornjoserbsce: Oblasć Kurgan
Bahasa Indonesia: Oblast Kurgan
日本語: クルガン州
한국어: 쿠르간 주
لۊری شومالی: آستوٙن کورگان
lietuvių: Kurgano sritis
олык марий: Курган вел
македонски: Курганска област
монгол: Курган муж
Bahasa Melayu: Wilayah Kurgan
Nederlands: Oblast Koergan
norsk nynorsk: Kurgan oblast
Kapampangan: Kurgan Oblast
پنجابی: صوبہ کرگان
português: Oblast de Kurgan
română: Regiunea Kurgan
davvisámegiella: Kurgan oblast
srpskohrvatski / српскохрватски: Kurganska oblast
slovenčina: Kurganská oblasť
slovenščina: Kurganska oblast
српски / srpski: Курганска област
svenska: Kurgan oblast
Kiswahili: Kurgan Oblast
Tagalog: Kurgan Oblast
Türkçe: Kurgan Oblastı
татарча/tatarça: Курган өлкәсе
удмурт: Курган улос
vepsän kel’: Kurganan agj
Tiếng Việt: Kurgan (tỉnh)
Winaray: Kurgan Oblast
中文: 库尔干州
Bân-lâm-gú: Kurganskaya Chiu
粵語: 庫爾幹州