Kiyev viloyati

Kiyev viloyati — Ukrainadagi viloyat. 1932 yil 27 fevralda tashkil etilgan. Maydon 28,1 ming km2. Aholisi 4510 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, yahudiy, belorus, polyak va b. millat vakillari ham yashaydi. 25 tumanga boʻlingan; 22 shahar, 29 shaharcha bor. Markazi – Kiyev shahri.

Kiyev viloyati Polesye va Dnepr boʻyi pasttekisliklari, janubiy va janubi-gʻarbda Dnepr boʻyi qirlarida joylashgan. Yer yuzasi, asosan tekislik. Foydali qazilmalari: mineral qurilish materiallari, torf, qoʻngʻir koʻmir. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida –6,5° dan janubi-gʻarbida –5,5° gacha, iyulniki shimolida 17,5°, janubi-gʻarbida 20°. Yiliga 500–600 mm yogʻin tushadi. Asosiy daryosi – Dnepr. Tuprogi shimoliy qismida chimli podzol, janubida podzollashgan qoratuproq.

Kiyev viloyati sanoatida mashinasozlik va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi, oziqovqat va yengil sanoat yetakchi oʻrinda. Viloyat sanoati Kiyev GES, Kiyev gidroakkumulyativ elektrstansiyasi, Tripol GRES, qisman Chernobil AES va b.da ishlaydi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoatida kimyoviy jihozlar (Fastov), qishloq xoʻjaligi mashinalari (Belaya Serkov), ekskavatorlar (Borodyanka), torf qazish texnikasi (Irpen), oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar (Brovari, Grebyonki), uy-roʻzgʻor sovutkichlari va elektr dazmollar (Vasilkov), elektrotexnika (Fastov, Belaya Serkov), sanitariya texnikasi jihozlari (Rjishchev) va boshqalar ishlab chiqariladi. Brovarida kukun metallurgiyasi zavodi ishlab turibdi. Sanoat majmuasida oziq-ovqat sanoati, qisman shakarqand, sut, moy-sir, spirt (Trilesi, Krasnaya Slobodka, Stadnitsa), goʻsht, sabzavot konserva (Belaya Serkov) zavodlari salmoqli oʻrin tutadi. Yengil sanoatining tikuvchilik, trikotaj, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, zigʻir tola kabi tarmoqlari, kimyo va neft kimyosi sanoatida Belaya Serkov shina va rezina asbest buyumlari ishlab chiqarish birlashmasi, Brovari plastmassa zavodi, Nemeshayevoda biokimyo preparatlari zavodi bor. Yogʻochsozlik, jumladan, mebel sanoati ancha rivojlangan. Temir-beton buyumlari (Belaya Serkov, Vishgorod), gʻisht (Stayki, Belaya Serkov, Bucha), oyna-shisha (Babinsi, Bucha va boshqalar) ishlab chiqariladi, granitga ishlov beriladi (Bucha). Badiiy keramika, badiiy kashtachilik rivoj topgan.

Qishloq xoʻjaligida, asosan, gʻalla yetishtiradi. Texnika ekinlari, kartoshka va sabzavot ekiladi. Chorvachiligi sut-goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Shahar atrofida sabzavot-sut xoʻjaligi keng taraqqiy etgan. Kuzgi bugʻdoy, qand lavlagi, kartoshka, tolali zigʻir, sabzavot ekiladi. Bogʻdorchilik va rezavor mevachilik rivojlangan. Qoramolchilik, choʻchqachilik, parrandachilik, shuningdek, asalarichilik, ipakchilik, baliqchilik rivojlanmokda. Temir yo'l va avtomobil transporti yoʻllari, aeroport bor. Kiyev viloyatida Belaya Serkov qishloq xoʻjaligi instituti, bir necha ilmiy tadqiqot institutlari joylashgan.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Other Languages
Afrikaans: Kiëf-oblast
العربية: كييف أوبلاست
asturianu: Óblast de Kiev
azərbaycanca: Kiyev vilayəti
башҡортса: Киев өлкәһе
беларуская: Кіеўская вобласць
беларуская (тарашкевіца)‎: Кіеўская вобласьць
български: Киевска област
bosanski: Kijevska oblast
Cebuano: Kyiv Oblast
qırımtatarca: Kiyev vilâyeti
čeština: Kyjevská oblast
Чӑвашла: Киев облаçĕ
Deutsch: Oblast Kiew
English: Kiev Oblast
Esperanto: Kieva provinco
español: Óblast de Kiev
فارسی: استان کیف
français: Oblast de Kiev
hrvatski: Kijevska oblast
hornjoserbsce: Oblasć Kijew
հայերեն: Կիևի մարզ
Bahasa Indonesia: Oblast Kiev
Ilokano: Kiev Oblast
italiano: Oblast' di Kiev
日本語: キエフ州
ქართული: კიევის ოლქი
Qaraqalpaqsha: Kiev wa'layatı
한국어: 키예프주
لۊری شومالی: آستون کی یف
lietuvių: Kijevo sritis
latviešu: Kijevas apgabals
македонски: Киевска област
монгол: Киев муж
Bahasa Melayu: Oblast Kiev
Nederlands: Oblast Kiev
norsk nynorsk: Kiev oblast
پنجابی: کیف اوبلاست
português: Oblast de Kiev
română: Regiunea Kiev
русиньскый: Київска область
саха тыла: Киев уобалас
srpskohrvatski / српскохрватски: Kijevska oblast
Simple English: Kiev Oblast
slovenčina: Kyjevská oblasť
српски / srpski: Кијевска област
svenska: Kiev oblast
Türkçe: Kiev Oblastı
татарча/tatarça: Киев өлкәсе
українська: Київська область
Tiếng Việt: Kiev (tỉnh)
Winaray: Kiev Oblast
მარგალური: კიევიშ ოლქი
中文: 基辅州
Bân-lâm-gú: Kyyiv séng