Kinematika

Kinematika (yun. kinema — harakat) — mexanikaning bir boʻlimi. Jism harakatini vujudga keltiruvchi kuchlarni hisobga olmagan qolda jism harakatining geometrik xossalarini oʻrganadi. Oʻrganiladigan obʼyekt xossalariga koʻra, nuqta, qattiq jism, deformatsiyalanuvchi jism, tutash muhit (gaz, suyuqlik, elastik jism) K.siga boʻlinadi. Odatda, K. dinamikani oʻrganishda qoʻshimcha vosita hisoblanadi. Nuqta va qattiq jism K.sining asosiy vazifasi nuqta yoki qattiq jismning muayyan sanok, sistemasiga nisbatan harakatlarini (sanoq sistemasiga nisbatan nuqta vaziyati koordinatalar bilan belgilanadi) va harakatlarning barcha kinematik tasniflari orasidagi bogʻlanishlarni aniqlashdir.

Nuqta tezligi (t>) va tezlanish (sh) uning harakatini ifodalovchi asosiy kinematik omillardir. Boʻlar harakat turiga bogʻliq. Jismning eng oddiy harakati ilgarilanma va aylanma harakatdan iborat. Ilgarilanma harakat vaqtida jismning barcha nuqtalari birday harakat qiladi; jism harakatini (trayektoriyasini) ifodalash uchun bitta nuqtaning harakatini bilish kifoya. Har qanday jism toʻgʻri va egri chiziq boʻylab harakatlanadi. Harakat tekis toʻgʻri chiziqli (yoki aylanma) hamda teqismas (oʻzgaruvchi) boʻlishi mumkin. Teqismas harakatda tezlikning oniy (haqiqiy) yoki oʻrtacha qiymati aniqlanadi. Tekis harakatda tezlanish nolga teng . Jism qoʻzgʻalmas oʻq atrofida aylanma harakat qilsa, bitta erkinlik darajasiga ega boʻladi va uning vaziyati burilish burchagi (davri), burchak tezligi (chastota) va burchak tezlanishi bilan ifodalanadi.

Erkin qattiq jism massa markazi bilan birga ilgarilanma va aylanma harakat qiladi. Artilleriya snaryadi, raqsta, fazoviy jismlar va boshqa harakati boʻnga misol boʻladi.

Deformatsi ya l anu vchi muh i t l a r K.si deformatsiyalar umumiy nazariyasi va muhitning uzluksizligi shartini aks ettiruvchi uzluksizlik tenglamalarini hamda uzluksiz muhit harakatining tavsiflarini aniqlaydi. Tutash muhit K. muhit elementlar harakatini ularning deformatsiyalanuvchanligini hisobga olgan holda bayon qiladi. Yorugʻlik tezligiga yaqin boʻlgan harakat K.si haqida nisbiylik nazariyasida, mikrozarralar harakati haqida kvant mexaniqat qaraladi. K. usullari turli mexanizmlar va boshqalarda harakat uzatishni hisoblashda muhim ahamiyatga ega.

Adabiyot

  • Oʻrozboye v M . T., Nazariy mexaniqa asosiy kursi (3-nashr), T., 1966; Rashi-dov T. R., Shoziyotov Sh., Moʻminov K. B., Nazariy mexaniqa asoslari, T., 1990.[1]
Other Languages
Alemannisch: Kinematik
asturianu: Cinemática
azərbaycanca: Kinematika
беларуская: Кінематыка
беларуская (тарашкевіца)‎: Кінэматыка
български: Кинематика
bosanski: Kinematika
català: Cinemàtica
čeština: Kinematika
dansk: Kinematik
Deutsch: Kinematik
Ελληνικά: Κινητική
English: Kinematics
español: Cinemática
euskara: Zinematika
فارسی: سینماتیک
français: Cinématique
galego: Cinemática
עברית: קינמטיקה
hrvatski: Kinematika
magyar: Kinematika
հայերեն: Կինեմատիկա
Bahasa Indonesia: Kinematika
italiano: Cinematica
日本語: 運動学
Patois: Kinimatix
ქართული: კინემატიკა
қазақша: Кинематика
ភាសាខ្មែរ: ស៊ីនេម៉ាទិច
한국어: 운동학
lietuvių: Kinematika
latviešu: Kinemātika
македонски: Кинематика
монгол: Кинематик
Bahasa Melayu: Kinematik
Nederlands: Kinematica
norsk nynorsk: Kinematikk
norsk: Kinematikk
polski: Kinematyka
Piemontèis: Cinemàtica
português: Cinemática
română: Cinematică
русский: Кинематика
sicilianu: Cinemàtica
Scots: Kinematics
srpskohrvatski / српскохрватски: Kinematika
Simple English: Kinematics
slovenčina: Kinematika
slovenščina: Kinematika
shqip: Kinematika
српски / srpski: Кинематика
Tagalog: Kinematika
Türkçe: Kinematik
українська: Кінематика
اردو: جنبشیات
Tiếng Việt: Chuyển động học
ייִדיש: קינעמאטיק
中文: 运动学