Kenzaburō Ōe

Oe Kenzaburo (1935.31.1, Exime pre-fekturasi, Yaponiya) — yapon yozuvchisi. Tokio oʻn-tining fransuz adabiyoti boʻlimini tugatgan (1959). Rable ijodini puxta oʻrgangan. 50-yillardan adabiyotga kirib kelgan. "Mol boqish" hikoyasi (1958) O.ga shuhrat keltirgan va Akutagava nomidagi mukofotga sazovor boʻlgan (1959). O.ning "Ke-chikkan yoshlar" (1962) romanida yosh avlod taqdiri, yoshligi tufayli urushga kechikkan va urushdan keyin maʼnaviy-axloqiy azobga duchor boʻlgan yosh fuqaroning fojiasi aks etgan. "Hayqiriq" (1963), "Shahvatparast odam" (1963) asarlarida biron-bir axloqiy majburiyat bilan bogʻlanmagan kishi tas-virlangan. "Shaxsiy tajriba" (1964) romanida hozirgi yoshlarning jamiyat oldidagi burchi, ularning axloqiy izlanishlari muammosi koʻrsatilgan. Xirosima fojiasi, insoniyat taqdiridan xavotirlanish gʻoyalari "Xirosima xotiralari"da (1966), "1860-yil futboli" (1967), "Suvlar meni ruhimgacha bagʻriga oldi" (1—2-qism, 1973), "Xaloskorning esdaliklari" (1976) romanlarida aks ettirilgan. "Tengqurlar oʻyini" (1979) ijtimoiy romani Yaponiyaning oʻtmishi va kelajagi haqida. Nobel mukofoti laureati (1994).[1].

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
aragonés: Kenzaburō Ōe
العربية: كنزابورو أوي
asturianu: Kenzaburō Ōe
azərbaycanca: Kendzaburo Oe
беларуская: Кэндзабура Оэ
беларуская (тарашкевіца)‎: Кэндзабура Оэ
български: Кендзабуро Ое
brezhoneg: Kenzaburō Ōe
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Ōe Kenzaburō
čeština: Kenzaburó Óe
Ελληνικά: Κενζαμπούρο Όε
Esperanto: Oe Kenzaburo
español: Kenzaburō Ōe
français: Kenzaburō Ōe
Gaeilge: Kenzaburo Ōe
Gàidhlig: Kenzaburo Oe
hrvatski: Kenzaburo Oe
Bahasa Indonesia: Kenzaburō Ōe
italiano: Kenzaburō Ōe
日本語: 大江健三郎
ქართული: კენძაბურო ოე
kurdî: Kenzaburo Oe
Latina: Kenzaburo Oe
Lëtzebuergesch: Kenzaburō Ōe
Lingua Franca Nova: Kenzaburo Oe
lietuvių: Kenzaburo Oe
latviešu: Kendzaburo Oe
Malagasy: Kenzaburō Ōe
македонски: Кензабуро Ое
Mirandés: Kenzaburo Oe
Nederlands: Kenzaburo Oë
norsk nynorsk: Kenzaburō Ōe
occitan: Kenzaburo Oe
português: Kenzaburo Oe
română: Kenzaburō Ōe
sicilianu: Kenzaburō Ōe
srpskohrvatski / српскохрватски: Kenzaburō Ōe
Simple English: Kenzaburō Ōe
slovenčina: Kenzaburó Óe
српски / srpski: Кензабуро Ое
svenska: Kenzaburo Oe
Kiswahili: Kenzaburo Oe
Türkçe: Kenzaburo Oe
українська: Ое Кендзабуро
Tiếng Việt: Ōe Kenzaburo
Yorùbá: Kenzaburō Ōe