Kekirik

Kekirik
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
KXK- 10 14
KXK- 9 787.3
DiseasesDB 30089
MedlinePlus 003080
Kekirik

Kekirik, kekirish — meʼdadan yoki qiziloʻngachdan ogʻiz orqali beixtiyor havo chiqishi. Meʼdaning oʻn ikki barmoq ichakka oʻtgan joyi (pilorus) torayib qolganda meʼda, diafragma va qorin muskullari refleks yoʻli bilan qisqarganda roʻy beradi. Kekirik meʼda, jigar, oʻt pufagi va boshqa aʼzolar kasalliklari, shuningdek, yurak-tomir sistemasi faoliyati susayganda, nevroz va hokazolarda kuzatiladi. Sogʻlom odamlar shoshib ovqat yeganida, mineral suv ichganida yoki quruq ovqat yeganida koʻp havo yutilishi natijasida kekiradi. Bunday kekirikning hidi ham, taʼmi ham boʻlmaydi va birorta kasallik belgisi ham hisoblanmaydi. Kekirik aksariyat emadigan bolalarda roʻy beradi: bola emayotganida ortiqcha havo yutib yuboradi va keyin uni sut bilan oz-ozdan chiqaradi. Meʼda shirasining kislotaliligi oshib ketganda kekirik nordon boʻladi. Achchiq kekirik meʼdaga oʻn ikki barmoq ichakdan safro tushganda kuzatiladi. Bemavrid kekiraverish biror kasallik alomati boʻlishi ham mumkin. Bunday hollarda kekirikka sabab boʻlgan asosiy kasallik davolanadi. [1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Other Languages
Afrikaans: Winde opbreek
العربية: تجشؤ
беларуская: Адрыжка
català: Eructe
čeština: Říhání
dansk: Bøvs
Deutsch: Rülpsen
Ελληνικά: Ρέψιμο
emiliàn e rumagnòl: Rùdeg
English: Burping
Esperanto: Rukto
español: Eructo
eesti: Röhitised
فارسی: آروغ‌زدن
français: Éructation
Gàidhlig: Brùchd
עברית: גיהוק
Հայերեն: Գխտոց
Bahasa Indonesia: Sendawa
italiano: Eruttazione
日本語: げっぷ
한국어: 트림
lietuvių: Raugulys
latviešu: Atraugas
മലയാളം: ഏമ്പക്കം
Nedersaksies: Kölken
Nederlands: Boer (geluid)
polski: Odbijanie
português: Arroto
Runa Simi: Khasay
română: Eructație
русский: Отрыжка
srpskohrvatski / српскохрватски: Podrigivanje
Simple English: Belching
српски / srpski: Подригивање
svenska: Rapning
தமிழ்: ஏப்பம்
తెలుగు: తేనుపు
тоҷикӣ: Оруғ задан
Tagalog: Dighay
українська: Відрижка
中文: 嗝氣
Bân-lâm-gú: Phah-eh
粵語: 啹氣