Kashta

Kashta (fors. — chizilgan, tortilgan) — amaliy bezak sanʼatining keng tarqalgan turi; igna bilan tikib tushirilgan gul, tasvir, naqsh. K. koʻlda (igna, ilmoqli igna, shgaokli bigiz b-n) yoki mashinada, asosan, mato (boʻz, chit, satin, shoyi, baxmal, movut va b.) va charm (etik, mahsi, pichoq qini, kamar, ot jabduklari va b.)ga tikiladi. K. mujassamotida oʻsimliksimon naqshlar, handasiy shakllar, fazoviy jismlar, meva va hayvonlarning uslublashtirilgan tasvirlari, baytlar, keyinroq kishilarning qiyofalari, meʼmoriy obidalar ham oʻz ifodasini topdi.

K. tikish turli usullarda matoga avvaldan axta (andaza) yordamida tushirilgan gul, tasvir, naqsh asosida, baʼzan matodan iplari sugʻurilib tayyorlangan asosda sanama usulida bajariladi. Bunda jun, ip, ipak (rangli), zigʻir tolali tabiiy va sunʼiy (sintetik) tolalardan, metall (tilla, kumush)dan tayyorlangan iplardan foydalaniladi, shuningdek, dur, nozik, piston, baʼzan qimmatbaho tosh va tangalar keng ishlatiladi. Mato, moʻyna, charmlardan applikatsiya (quroq) tikishda K.dan foydalaniladi.

K. buyumlar (palak, soʻzana, choyshab, gulkoʻrpa, kirpech, dorpech, zardevor va b.), kiyimlar (koʻylak, doʻppi, nimcha, peshonaband, kamar va b.), musta-qil bezak namoyonlarda keng ishlatiladi (yana q. Kashtadoʻzlik, Zardoʻzlik).[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Other Languages
Afrikaans: Borduurwerk
Ænglisc: Blēocræft
العربية: تطريز
azərbaycanca: Tikmə
беларуская: Вышыўка
български: Бродиране
brezhoneg: Broderezh
català: Brodat
čeština: Vyšívání
Чӑвашла: Тĕрĕ
Cymraeg: Brodwaith
dansk: Broderi
Deutsch: Sticken
English: Embroidery
Esperanto: Brodado
español: Bordado
euskara: Brodatu
فارسی: گل‌دوزی
suomi: Kirjonta
français: Broderie
magyar: Hímzés
Bahasa Indonesia: Bordir
íslenska: Útsaumur
italiano: Ricamo
日本語: 刺繍
ಕನ್ನಡ: ಕಸೂತಿ
한국어: 자수 (공예)
kurdî: Nimûş
Кыргызча: Саймачылык
Latina: Acupictura
मराठी: भरतकाम
Bahasa Melayu: Seni tekat
Nederlands: Borduren
norsk nynorsk: Broderi
norsk: Broderi
ਪੰਜਾਬੀ: ਕਢਾਈ
polski: Hafciarstwo
português: Bordado
română: Broderie
русский: Вышивание
sicilianu: Raccamu
srpskohrvatski / српскохрватски: Vez
Simple English: Embroidery
српски / srpski: Вез
svenska: Broderi
українська: Вишивання
Tiếng Việt: Thêu
中文: 刺绣
粵語: 刺繡