Kasallik

Kasallik, betoblik, xastal i k — organizmga tashqi yoki ichki muhitning zararli omillari taʼsir etganda roʻy beradigan patologik jarayon. K. haqidagi tushuncha tibbiyot tarixida oʻzgarib bordi. K.ning paydo boʻlishida tashqi muhit omillari yetakchi rol oʻynaydi, chunki ular organizmga bevosita taʼsir etish bilan birga uning ichki xususiyatlarini ham oʻzgartira oladi, bu oʻzgarishlar nasldan-naslga oʻtib, unda K.ni yuzaga keltirishi mumkin. K., koʻpincha, haddan tashqari kuchli taʼsirotlar, turli mikroorganizmlar, zaharlar taʼsirida vujudga keladi. Bunda organizmning tashqi muhitga moslashuvi susayib, uning muhit bilan oʻzaro muvozanati bu-ziladi. Organizmning rivojlanish nuqsonlari yoki irsiy kamchiliklar ham K.ka sabab boʻlish mumkin. Mas, muayyan kasalliklar, xususan, allergik kasalliklarga baʼzan tugʻilishdan moyillik boʻladi (qarang Allergiya). K. paydo qiladigan agent organizmga taʼsir etib, uni zararlantiradi, ayni chogʻda bu agent organizmning himoya choralari va moslanish reaksiyalari safarbar boʻlishiga olib keladi. Demak, K., odatda, bir-biriga aloqador ikki jarayonning — zararlanish va unga qarshi himoyalanish jarayonining birga kelishi bilan ifodalanadi.

Har bir K. umuman butun organizm hayot faoliyatining buzilishiga olib keladi, lekin koʻpgina K.larda dardning badandagi oʻrni, shuningdek, maʼlum bir aʼzo yoki sistemaning koʻproq zararlanganini koʻrsatadigan belgilar aniq koʻrinib turadi. Mac, meʼdada yara borligi butun organizmning umumiy kasalligi — yara kasalliginit mahalliy belgisi boʻlishi mumkin, yara kasalligi koʻpincha nerv sistemasi funksiyasining jismoniy yoki aqliy ishda haddan tashqari zoʻriqishi, noxush xrdisalarni boshdan kechirish tufayli buzilishidan kelib chiqadi. Aksincha, faqat maʼlum bir joyni shikastlaydigan har qanday taʼsirot, albatta, qanday boʻlmasin umumiy hodisalarga sabab boʻladi. Mac, badanning biror joyiga chipqon chiqsa, odam isitmalab, lanj boʻlib yurishi, ishtahasi yoʻqolishi maʼlum va h.k.

K.ning paydo boʻlish sabablari juda xilma-xil. U bitta omilning taʼsiridan yoki bir qancha sharoitlarning birga qoʻshilishidan kelib chiqishi mumkin. Mas, infeksion va parazitar K.lar organizmga maʼlum bir turdagi mikroorganizmlar va parazitlar taʼsiridan, boshqalari esa bir qancha sabablarning birgalashib taʼsir etishidan kelib chiqadi (meʼda shilliq qavatining yalligʻlanishi — gastrit, odatda, tartibsiz ovqatlanish, kundalik rejimga rioya qilmaslik, chekish, ichkilik ichish, shuningdek, boshqa aʼzolarning K.lari oqibatida paydo boʻladi). K.ni aniqlashda uning vujudga kelish sabablari (etiologiyasi), kasallik jarayonining rivojlanish mexanizmi (patogenezi), klinik koʻrinishi (belgilari yoki simptomlari) va h. k.larga alohida ahamiyat berish talab etiladi. K.ning sodir boʻlishi va oʻtishida organizmning himoya kuchlari va moslanish imkoniyatlari hal qiluvchi rol oʻynaydi.

K.ning oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xillari boʻladi. K.ning oʻtishida 4 bosqich yoki davr: yashirin (latent), prodromal (dastlabki), avj olish va tuzalish davri tafovut qilinadi. Birok, koʻpgina K.larning avj olishi va oʻtishida bunday davrlarni roʻyirost ajratib boʻlmaydi.

K.ning yashirin davri (infeksion K.larda bu davr inkubatsion davr deb ataladi) zararlovchi agent taʼsir etgandan boshlab to dardning dastlabki belgilari paydo boʻlguncha davom etadi; bu davr bir necha lahzadan (shikastlanishda) bir necha yilgacha boʻlishi mumkin.

Prodromal davr K.ning ilk belgilari paydo boʻlgandan boshlab to u roʻyirost avj olguncha oʻtadigan vaqtni oʻz ichiga oladi. Bu davrda, odatda, talaygina K.larga xos boʻlgan bosh ogʻrigʻi, qaltirash, isitmalash, lanj boʻlish va boshqa boshlanadi. Xullas, bu davrda odamning dardga chalingani aniq boʻladi-yu, lekin qanday K. bilan ogʻriganligini bilib boʻlmaydi. K.ka aniq tashhis qoʻyish uchun harakterli boʻlgan belgilar koʻpincha bu davrning oxirida, K. rasmana avj olgan paytda koʻzga tashlanadi, lekin ayrim hollarda bular notayin boʻladi (K.ning bilinmaydigan shakli) yoki uncha avjiga chiqmasdan yoʻqolib ketadi (K.ning abortiv shakli). Biroq, K. juda tipik boʻlib oʻtayotgan hollarda ham biror asorat yoki boshqa bir dard qoʻshilib qolishidan u boshqacha tus oladi. K.ning tugashi, yaʼni oxirgi tuzalish davri birdan boshlanishi yoki asta-sekin oʻtishi mumkin. Ayni vaqtda odam butunlay sogʻayib ketadi yoki biror aʼzosida K.dan anchagacha yoʻqolmaydigan asorat qoladi; baʼzan K. butunlay yoʻqolmasdan, vaqt-vaqti bilan qoʻzib turadigan surunkali xilga aylanadi. K.ning asorat qoldirmay, esonomon oʻtib ketishi koʻpincha unga qarshi oʻz vaqtida davo qilish hamda vrachning hamma buyurganlarini bekamu koʻst bajarishga bogʻliq.

Shuning uchun odam oʻzini andek nosogʻ sezganida darhol vrachga borishi kerak. Zamonaviy tibbiyot bemor ahvoliga juda jiddiy qarab, uni kompleks tarzda tekshiradi; K.ning kelib chiqish sabablari va sharoitlari, avj olib borish mexanizmlari, qanday belgilar bilan oʻtishi, organizmning K.ka qarshi qanday kurashishi, himoya va moslashuv reaksiyalarining qonuniyatlarini oʻrganadi; olingan natijalarga qarab, K.ni aniklash, davolash va uning oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Har bir bemorga individual, yaʼni kasalligining xili, organizmning holati va boshqa koʻpgina xususiyatlarga qarab davo qilinadi.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
Afrikaans: Siekte
Alemannisch: Krankheit
aragonés: Malautía
Ænglisc: Ādl
العربية: مرض
ܐܪܡܝܐ: ܟܘܪܗܢܐ
অসমীয়া: ৰোগ
asturianu: Enfermedá
Aymar aru: Usu
azərbaycanca: Xəstəlik
башҡортса: Ауырыу
žemaitėška: Lėga
беларуская: Хвароба
беларуская (тарашкевіца)‎: Хвароба
български: Болест
भोजपुरी: रोग
Bahasa Banjar: Garing
bamanankan: Banaw
বাংলা: রোগ
བོད་ཡིག: ན་ཚ།
brezhoneg: Kleñved
bosanski: Bolest
буряад: Үбшэн
català: Malaltia
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Bâng
کوردی: نەخۆشی
čeština: Nemoc
Cymraeg: Clefyd
dansk: Sygdom
Deutsch: Krankheit
Ελληνικά: Ασθένεια
English: Disease
Esperanto: Malsano
español: Enfermedad
eesti: Haigus
euskara: Eritasun
estremeñu: Malotia
فارسی: بیماری
suomi: Sairaus
Võro: Tõbi
français: Maladie
Frysk: Sykte
Gaeilge: Galar
贛語:
galego: Doenza
Avañe'ẽ: Mba'asy
客家語/Hak-kâ-ngî: Phiang
עברית: מחלה
हिन्दी: रोग
hrvatski: Bolest
Kreyòl ayisyen: Maladi
magyar: Betegség
interlingua: Maladia
Bahasa Indonesia: Penyakit
Ilokano: Sakit
Ido: Morbo
íslenska: Sjúkdómur
italiano: Malattia
日本語: 病気
Patois: Diziiz
Basa Jawa: Panyakit
ქართული: დაავადება
қазақша: Дерт
ಕನ್ನಡ: ರೋಗ
한국어: 질병
kurdî: Nesaxî
Кыргызча: Оору
Latina: Morbus
Lingua Franca Nova: Maladia
Limburgs: Krenkde
lingála: Bokɔnɔ
lietuvių: Liga
latviešu: Slimība
मैथिली: रोग
Basa Banyumasan: Penyakit
Malagasy: Aretina
македонски: Болест
മലയാളം: രോഗം
монгол: Өвчин
मराठी: रोग
Bahasa Melayu: Penyakit
эрзянь: Ормат
Nāhuatl: Cocoliztli
नेपाली: रोग
Nederlands: Ziekte
norsk nynorsk: Sjukdom
norsk: Sykdom
occitan: Malautiá
ਪੰਜਾਬੀ: ਰੋਗ
polski: Choroba
پنجابی: روگ
پښتو: ناروغي
português: Doença
Runa Simi: Unquy
română: Boală
armãneashti: Lângoari
русский: Болезнь
русиньскый: Хворота
саха тыла: Ыарыы
sicilianu: Affizzioni
Scots: Disease
سنڌي: مرض
srpskohrvatski / српскохрватски: Bolest
සිංහල: රෝග
Simple English: Disease
slovenčina: Choroba
slovenščina: Bolezen
Soomaaliga: Cudur
shqip: Sëmundja
српски / srpski: Болест
svenska: Sjukdom
Kiswahili: Ugonjwa
தமிழ்: நோய்
తెలుగు: వ్యాధి
тоҷикӣ: Беморӣ
ไทย: โรค
Tagalog: Sakit
Türkçe: Hastalık
Xitsonga: Mavabyi
татарча/tatarça: Авыру
українська: Хвороба
اردو: مرض
vèneto: Malatia
Tiếng Việt: Bệnh
walon: Maladeye
Winaray: Sakit
吴语: 疾病
isiXhosa: Isifiso
ייִדיש: קראנקייט
Yorùbá: Àrùn
中文: 疾病
Bân-lâm-gú: Pīⁿ
粵語: