Kaptarsimonlar

Kaptarsimonlar (Columbiformes) — qushlar sinfining bir turkumi. 311 turi mavjud. Yer yuzining hamma mintaqalarida (chekka shim. va jan. sovuq hududlardan tashqari) tarqalgan. Oʻrmon, bogʻ, butazor, qoyalar, jarlik va binolar boʻgʻotida yashaydi. Tanasining uz. 15 dan 85 sm gacha, ogʻirligi 30 g dan 3 kg gacha. Drontalarning ogʻirligi 22,5 kg ga yetadi. K.ning patlari zich va kalin, boshi kichik, boʻyni va oyoklari qisqa, qanotlari uzun va oʻtkir. Narilari modalariga nisbatan yirik va rangi chiroyliroq. Yerda oziqlanganligi sababli yaxshi yuguradi. Barcha turlarining juftlari barqaror (monogam). Uyasini daraxtlar, qoyalar, jarlardagi kovaklarga, binolarga, yerga quradi. Asosan, 2 ta, ayrim turlari 1 yoki 3 ta tuxum qoʻyadi. Tuxum bosish davri — 14 kundan 30 kungacha. Bir yilda, odatda, 2 marta, ayrim turlari 4—5 martagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan joʻjalari tez oʻsadi, yirik turlarida 25 kunligida uchirma boʻladi. K. bulduruqlar (2 avlod, 16 tur), drontlar (2 avlod, 3 turi Mavrikiya, Burbon va Radriges o.laridagi oʻrmonlarda yashagan), kaptarlar (41 urugʻ, 292 tur) oilalariga boʻlinadi. Baʼzan bulduruqlar alohida turkumga ajratiladi.

Oʻzbekistonda 4 urugʻga mansub 12 turi uchraydi. Qorabovur, suvbulduruq, koʻk kaptar, govkaptar, klintux, qoʻngʻir kaptar, qumri kabi turlari qisman ovlanadi. Goʻshti mazali. Oʻzbekistonda tarqalgan turlarining barchasi oʻsimlik urugʻlari bilan oziklanadi. Xonaki kaptarlarning 150 ga yaqin zoti mavjud. Barcha kaptar zotlari yovvoyi koʻk kaptardan kelib chiqqan. Oq bovur, qora kaptar kabi turlari Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. [1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Other Languages
Afrikaans: Duifagtiges
asturianu: Columbiformes
azərbaycanca: Göyərçinkimilər
беларуская: Голубападобныя
български: Гълъбоподобни
brezhoneg: Columbiformes
bosanski: Golupčarke
català: Columbiformes
čeština: Měkkozobí
español: Columbiformes
euskara: Columbiformes
français: Columbiformes
Nordfriisk: Düüwenfögler
hrvatski: Golupčarke
Bahasa Indonesia: Columbiformes
íslenska: Dúfnafuglar
日本語: ハト目
Basa Jawa: Columbiformes
한국어: 비둘기목
Bahasa Melayu: Columbiformes
Nederlands: Duifachtigen
norsk nynorsk: Duefuglar
norsk: Duefugler
polski: Gołębiowe
português: Columbiformes
română: Columbiformes
русиньскый: Голубоподобны
Simple English: Columbiformes
slovenčina: Holubotvaré
slovenščina: Golobje
српски / srpski: Голупчарке
svenska: Duvfåglar
Türkçe: Güvercinler
українська: Голубоподібні
Tiếng Việt: Bộ Bồ câu
West-Vlams: Duuvachtign
Winaray: Columbiformes
Zeêuws: Duven
中文: 鸽形目
Bân-lâm-gú: Columbiformes