Kamakura — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu o.da. Aholisi 170,3 ming kishi (1990-y.lar oxiri). Kino sanoati rivojlangan. Mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. K. — shahar-muzey. 12-asrda qad. Yaponiya poytaxti oʻrnida vujudga kelgan. 1333 y.gacha "Kamakura davri" harbiy hukmdorlari poytaxti boʻlgan. Buddaviylar ziyorat markazlaridan. Milliy boyliklar muzeyi va b. muzeylar bor. Shaharda buddaning yirik bronza haykali (13-asr) saqlangan. Dengizboʻyi kurorti, turizm rivojlangan.[1]