Jinoyat

Jinoyat — jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish. Muayyan qilmishni J. deb hisoblash masalasi har bir davlatda oʻzining ijtimoiy tuzumi, aholining turmush tarzi, milliy xususiyatlari, urf-odatlari, anʼanalari va h. k. ga muvofiq xalqaro huquq meʼyorlari eʼtiborga olingan holda hal etiladi. Qilmish J. ekanligini aniqlash uchun quyidagi umumiy belgilar nazarga olinadi: 1) qilmishning ijtimoiy xavfliligi; 2) aybning mavjudligi; 3) jazoga sazovorligi. Har qanday jinoiy qilmishda mazkur belgilarning barchasi birdaniga mavjud boʻlishi shart, ulardan biri mavjud boʻlmasa, qilmishni J. emas, deb hisoblashga asos topiladi. J.lar oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra: ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan; uncha ogʻir boʻlmagan; ogʻir; oʻta ogʻir J.larga boʻlinadi. J.lar tajovuz obʼyektiga koʻra, shaxsga qarshi J., iqtisodiyot sohasidagi J., jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi J., davlat hokimiyatiga qarshi J., ekologiya sohasidagi J., harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi J., tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi J.ga boʻlinadi. Aybning shakliga koʻra esa qasddan sodir etilgan J. va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan J.ga boʻlinadi. Shaxs oʻz harakati yoki harakatsizligini va bundan kelib chiqadigan jinoiy oqibatni anglagan, oʻz harakatlarini boshqara oladigan boʻlsagina qilmishi J. hisoblanadi. Subʼyekt yoshiga yetmagan va aqli noraso shaxslar tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish J. sanalmaydi va ularga nisbatan J. qonunida nazarda tutilgan majburlov choralarini qoʻllash mumkin emas. OʻzR Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlarning quyidagi 6 turi belgilangan: 1) kam ahamiyatli qilmishlar; 2) zaruriy mudofaa; 3) oxirgi zarurat; 4) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish; 5) buyruq yoki boshqa vazifalarni ijro etish; 6) kasb yoki xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq asosli tavakkalchilik (36—41-moddalar). Mazkur harakatlar tufayli kelib chiqqan oqibatlar jinoiy oqibat hisoblanmaydi, qilmish ham J. sanalmaydi. Alohida olingan muayyan bir J. va umuman jinoyatchilik sodir etilishiga taʼsir koʻrsatuvchi ijtimoiy omillar, xrdisalar, jarayonlar boʻladi. J. sabablari oʻrganilayotganda ana shular hisobga olinadi. Jumladan, birinchidan shaxsning oʻzi, uning dunyo qarashi, qiziqishlari, jamiyat va davlatga, yon atrofidagi kishilar va oilaga munosabati, unda salbiy sifatlarning shakllanishi va kuchayishi; ikkinchidan — shaxs tarbiyalangan, voyaga yetgan oilaviy va ijtimoiy muhit; uchinchidan — J. sodir etilgan vaqtdagi sharoit, vaziyatga eʼtibor beriladi.

Mamajon Usmonaliyev.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
Afrikaans: Misdaad
العربية: جريمة
azərbaycanca: Cinayət
беларуская: Злачынства
беларуская (тарашкевіца)‎: Злачынства
български: Престъпление
भोजपुरी: अपराध
বাংলা: অপরাধ
brezhoneg: Torfed
bosanski: Kriminal
català: Crim
کوردی: تاوان
čeština: Trestný čin
Чӑвашла: Криминал
Cymraeg: Trosedd
Deutsch: Verbrechen
Ελληνικά: Έγκλημα
English: Crime
Esperanto: Krimo
español: Crimen
eesti: Kuritegu
فارسی: بزه
suomi: Rikos
føroyskt: Lógarbrot
français: Crime
Frysk: Misdie
Gaeilge: Coireacht
galego: Crime
עברית: עבירה
हिन्दी: अपराध
hrvatski: Kazneno djelo
Bahasa Indonesia: Pidana
Ido: Krimino
íslenska: Glæpur
italiano: Crimine
日本語: 犯罪
Patois: Kraim
Basa Jawa: Kadurjanan
ქართული: დანაშაული
қазақша: Қылмыс
ಕನ್ನಡ: ಅಪರಾಧ
한국어: 범죄
Latina: Scelus
latviešu: Noziegums
македонски: Злосторство
मराठी: अपराध
Bahasa Melayu: Jenayah
Mirandés: Crime
မြန်မာဘာသာ: ရာဇဝတ်မှု
Nederlands: Misdaad
occitan: Crime
ਪੰਜਾਬੀ: ਜੁਰਮ
português: Crime
Runa Simi: Q'uma
română: Infracțiune
русский: Преступление
Scots: Crime
srpskohrvatski / српскохрватски: Kriminal
සිංහල: අපරාධ
Simple English: Crime
slovenčina: Trestný čin
slovenščina: Kriminal
Soomaaliga: Gef
српски / srpski: Злочин
svenska: Brott
தமிழ்: குற்றம்
తెలుగు: నేరం
тоҷикӣ: Ҷиноят
Tagalog: Krimen
Türkçe: Suç
українська: Злочин
اردو: جُرم
Tiếng Việt: Tội phạm
Winaray: Krimen
ייִדיש: פארברעכן
中文: 犯罪
文言: 罪犯
Bân-lâm-gú: Hoān-chōe
粵語: 犯罪