Jihod

Islom
Istanbul, Hagia Sophia, Allah.jpg
Islom Tarixi

Din asoslari
Allohning birligiTavhid
FarishtalarKitoblar
PaygʻambarlarQiyomat
Qazo va Taqdir
Kalimai shahodat
NamozRoʻza
HajZakot
Muhim Shaxslar
Muhammad

Abu BakrUmarUsmonAliSahobalar •Ahli bayt •Islom paygʻambarlari

Muqaddas matnlar
QurʼonHadisShariat
Islom huquqi Muhammadning hayoti
Makonlar • Islom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablari • Soʻfizm
Jamoat
JihodBayramlar
Muborak kechalar
Islom portali

Jihod (arab. جهاد‎ — gʻayrat qilish, kuchni ishga solish) — islomda muqaddaslashtirilgan din yoʻlida boʻlgan kurash.[1][2] Tarixda Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyoda jihod koʻproq „gʻazovot“ nomi bilan maʼlum boʻlgan.

Musulmonlar orasida jihod haqida turli qarashlar bor. Dastlab jihod deyilganda islomni himoya qilish va yoyish uchun kurash tushunilgan. Baʼzilar jihodni „kichik jihod“ va „buyuk jihod“ qilib ikkiga boʻlishadi. Ularga koʻra, „kichik jihod“ Islomning dushmanlari deb qaralganlar bilan jang qilishdir. „Buyuk jihod“ boʻlsa musulmonning oʻz nafsi bilan kurashi va maʼnaviy barkamollik yoʻlidagi saʼy-harakatidir.

Kelib chiqishi

Jihodning kelib chiqish tarixi 624-yil boshlarida yuz bergan voqea — musulmon askarining quraysh qabilasining kichik karvoniga rajab oyida (toʻrt muqaddas oyning birida) hujum qilgani bilan bogʻliq. Mushrik—qurayshiylar shu omilga urgʻu berib, Muhammad va musulmonlarni butun Arabiston boʻylab yomon otliqqa chiqarishga, ularga qarshi katta ittifoq tuzishga harakat qildilar. Shu kezlarda Qurʼonning bir necha oyatlari (Haj, 39; Baqara, 190; Niso, 75) nozil boʻlib, islomda birinchi bor jihodga, yaʼni muayyan hollarda dushmanga qarshi kurash olib borishga chaqirildi. Yosh musulmon davlati (Madina) oʻz chegaralari daxlsizligini mudofaa qilish uchun kuch ishlatgan. Shu tarzda ilk islomda jihod Alloh yoʻliga, islom dinini yoyish maqsadiga butun kuch va imkoniyatlarni sarf qilish maʼnosini anglatib kelgan va baʼzi hollarda harbiy kuch ishlatishni ham taqozo etgan. Shu maʼnoda jihodni „muqaddas urush“ deb talqin qilish odat tusiga kirib qolgan.

9-10-asrlardan jihod yangi mazmun bilan toʻldirildi: Alloh yoʻlida oʻzni takomillashtirish tushunchasi (yaʼni maʼnaviy jihod)ga toʻrt jihod — qilich jihodi, qalb jihodi, qoʻl jihodi va til jihodi haqidagi tasavvurlar qoʻshildi.[3] Milliy ozodlik harakatlari davrida jihod gʻoyasidan mustamlakachilikka qarshi kurashda foydalanildi. Umuman, hozirgi zamon musulmon nazariyotchilarining koʻpchiligi jihodni islomni tinch yoʻl bilan yoyish, uni tashqi tazyiqdan himoya qilish uchun musulmonlarning kuch va gʻayratlarini safarbar etish vositasi deb taʼriflaydi. Moʻtadil islom tarafdorlarining eʼtiqodiga koʻra, kuch ishlatish — „kichik jihod“, har bir musulmonning oʻz nafsi bilan kurashi va maʼnaviy barkamollik yoʻlidagi saʼy-harakati esa „buyuk jihod“ hisoblanadi. Oyat va hadislarga koʻra, jihod hech qachon biror musulmonga yoki musulmonlar yashaydigan yurtga qarshi eʼlon qilinmaydi. Ammo tarixda bir musulmon guruh ikkinchi musulmon guruhga qarshi urush eʼlon qilish hollari koʻp uchraydi.

Other Languages
Afrikaans: Djihad
aragonés: Alchihad
العربية: جهاد
অসমীয়া: জিহাদ
asturianu: Yihad
azərbaycanca: Cihad
تۆرکجه: جیهاد
български: Джихад
বাংলা: জিহাদ
bosanski: Džihad
català: Gihad
Cebuano: Dyihad
čeština: Džihád
Cymraeg: Jihad
dansk: Jihad
Deutsch: Dschihad
Ελληνικά: Τζιχάντ
English: Jihad
Esperanto: Ĝihado
español: Yihad
eesti: Džihaad
euskara: Jihad
فارسی: جهاد
suomi: Jihad
français: Djihad
Gaeilge: Jiohád
galego: Xihad
ગુજરાતી: જિહાદ
עברית: ג'יהאד
हिन्दी: जिहाद
hrvatski: Džihad
magyar: Dzsihád
Հայերեն: Ջիհադ
interlingua: Jihad
Bahasa Indonesia: Jihad
íslenska: Jihad
italiano: Jihād
日本語: ジハード
Basa Jawa: Jihad
қазақша: Жиһад
한국어: 지하드
kurdî: Cîhad
Кыргызча: Жыхад
Latina: Gihad
lietuvių: Džihadas
latviešu: Džihāds
മലയാളം: ജിഹാദ്
Bahasa Melayu: Jihad
Nederlands: Jihad
norsk nynorsk: Jihad
norsk: Jihad
occitan: Jihad
ਪੰਜਾਬੀ: ਜਿਹਾਦ
polski: Dżihad
پنجابی: جہاد
português: Jihad
română: Jihad
русский: Джихад
sicilianu: Jihad
srpskohrvatski / српскохрватски: Džihad
සිංහල: ජිහාඩ්
Simple English: Jihad
slovenčina: Džihád
slovenščina: Džihad
Soomaaliga: Jihaad
shqip: Xhihadi
српски / srpski: Џихад
Basa Sunda: Jihad
svenska: Jihad
Kiswahili: Jihadi
தமிழ்: ஜிகாத்
తెలుగు: జిహాద్
тоҷикӣ: Ҷиҳод
ไทย: ญิฮาด
Tagalog: Jihad
Türkçe: Cihat
татарча/tatarça: Җиһад
українська: Джихад
اردو: جہاد
Tiếng Việt: Jihad
吴语: 吉哈德
中文: 吉哈德
文言: 聖戰
Bân-lâm-gú: Jihad
粵語: 聖戰