Ivano-Frankivsk viloyati

Ivano-Frankivsk viloyati (ukr. Івано-Франківська область, 1962 yilgacha Stanislav viloyati ukr. Станіславська область) — Ukrainaning gʻarbidagi viloyat. 1939 yil 4 dekabrda tashkil etilgan. Maydon 13,9 ming km2. Aholisi 1465 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, polyak, yahudiy, beloruslar ham yashaydi. Maʼmuriy markazi – Ivano-Frankivsk shahri.

Ivano-Frankivsk viloyati Sharqiy Yevropa tekisligi bilan Karpat togʻlari tutashgan joyda. Relyefi tekislik, Dnestr boʻyi oʻrmonli dashti, Karpat togʻi etaklari va janubi-gʻarbiy togʻlik qismidan iborat.

Eng bal. joyi 2061 m (Goverla choʻqqisi). Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Dnestr boʻyi va Karpat togʻlari etagida qish yumshoq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 4° dan – 6° gacha), yozi iliq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 18–19°). Yiliga 500–800 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 210–215 kun. Karpat togʻlarida havo sovuq va nam; yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 6° dan – 9°gacha, iyulniki 17° dan 6° gacha. Yiliga 800–1400 mm yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari: Dnestr, Prut va ularning irmoqlari. Tuprogʻi podzollashgan kulrang oʻrmon, podzollashgan qoratuproq, chimli podzol, qoʻngʻir togʻ-oʻrmon, chimli qoʻngʻir, torfli tuproqlar. Maydonining 35% oʻrmon (eman, zarang, qoraqayin, oqqaragʻay). Oʻrmonlarda asl bugʻu, yevropa yeligi, qobon, tulki, boʻri, boʻrsiq, suvsar yashaydi.

Yetakchi sanoat tarmoqlari: neft, gaz, kimyo, mashinasozlik, oʻrmon va yogʻochsozlik. Yoqilgʻi-energetika asosini mahalliy neft, gaz, Burshtin GRES va Kalush issiklik elektr markazi tashkil etadi. Foydali qazilma konlarni ishlatish asosida kaliy oʻgʻiti, vinil-xlorid, aerosil, karbamid va polixlorvinil smolalar, sintetik yogʻ, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, neft bitumlari va boshqalar ishlab chiqaradigan kimyo va neft kimyosi rivojlanmoqda. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati priborlar va texnologik jarayonlarni rostlovchi, chorvachilik uchun mashinalar, pres-slar, neft sanoati jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Asosiy zavodlari: Ivano-Frankivskda priborsozlik, "Avtolitmash", lokomotiv remonti, Kolo-miyada qishloq xoʻjaligi mashinalari va metall bu-yumlar zavodlari. Oʻrmon sanoati korxonalari – Nadvirna, Bolexiv, Verxovina, Broshniv-Osada, Vigoda shaharlarida, Ivano-Frankivsk, Snyatii, Bolexiv sh. larida mebel, Kolomiya sh.da qogʻoz korxonalari joylashgan. Yengil sanoatda charm va tikuvchilik birlashmalari (Ivano-Frankivsk), trikotaj (Ivano-Frankivsk), pardabop toʻr, toʻquv, tikuvchilik, poaybzal, kil-chutka (Kolomiya) fabikalari, moʻyna ishlab chiqarish birlashmasi mavjud. Oziqovqat sano-atida asosiy oʻrinni shakarqand (Gorodenka, Bovshiv), sut va moysir (Ivano-Frankivsk, Kalush va boshqalar) sanoati egallaydi. Goʻsht, nonvoyxona, spirt-araq, pivo, tamaki-fermentatsiya, konserva va kandolatchilik korxonalari bor. Temir-beton, gʻisht, sement ishlab chiqariladi. Badiiy hunarmandchilik – yogʻoch oʻymakorligi, gi-lam toʻqish, toʻquvchilik va boshqala rivojlangan.

Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari: bugʻdoy, arpa, javdar, makkajoʻxori, qand lavlagi, tolali zigʻir, kartoshka. Bogʻdorchilik rivojlangan. Chorvachiligi goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Asosiy temir yo'l liniyalari Ivano-Frankivskni Kiyev, Odessa, Lviv va b. shaharlar bilan bogʻlaydi. 3 oliy oʻquv yurti, ommaviy ku-tubxonalar, 2 teatr, filarmoniya, 4 muzey mavjud.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Other Languages
беларуская (тарашкевіца)‎: Івана-Франкоўская вобласьць
Bahasa Indonesia: Oblast Ivano-Frankivsk
لۊری شومالی: ایوانوفرانکیفسک
norsk nynorsk: Ivano-Frankivsk oblast
srpskohrvatski / српскохрватски: Ivano-Frankivska oblast
Simple English: Ivano-Frankivsk Oblast
Tiếng Việt: Ivano-Frankivsk (tỉnh)
Bân-lâm-gú: Ivano-Frankivsk séng