Iskandarun — Turkiyaning jan. dagi shahar, Xatay elida. Urta dengizning Iskandarun qoʻltigʻi sohilidagi port. Aholisi 156,8 ming kishi (1990y.lar oʻrtalari). T.y. tarmogʻi orqali Adana — Halab (Suriya) t.y.ga tugashgan. Toʻqimachilik, metallurgiya, kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Mineral oʻgʻit ishlab chiqariladi. I. Iskandar Zulqarnayn vorislari tomonidan mil. av. 4-a. oxirida bunyod etilgan. 1516 y.da shaharni turklar egallagan. 1-jahon urushidan keyin Suriya tarkibida boʻlgan. 1939 y.dan yana Tur-kiyaga qaytarib berildi. Harbiy dengiz bazasi.[1]