Ikki pallalilar

Ikki pallalilar, plastinkajabralilar (Bivalvia, Lamel-libranchiat) — mollyuskalar tipining sinfi. Tanasining uz. bir necha mm dan 1,5 m gacha, vazni 30 kg , baʼzan 200 kg gacha (tridakna), bilaterial simmet-riyali, yon tomondan yassilangan gavda va oyoqdan iborat. Boshi boʻlmaydi. Koʻpchiligining oyogʻi bitta, ponasimon; tuban tuzilgan turlarida yassi; harakatsiz yopishib yashaydigan turlarining oyogʻi reduksiyaga uchragan (mi-diyalar, dreyssenalar) yoki yoʻqolib ketgan (ustritsalar). Koʻpchilik I.p. oyogʻidagi bissus bezlari ishlab chiqaradigan bissus iplari yordamida sub-stratga mahkam yopishib olib yashaydi. Tanasi mantiya bilan qoplangan. Chigʻanogʻi tanasini yon tomondan yopib turuvchi ikkita palladan iborat. Chigʻanogʻining ichki tomoni koʻpincha sadaf bilan qoplangan. Pallalar chetida chigʻanoqni yopuvchi qulf (tish) hosil qiladigan oʻsimtasi boʻladi. Chigʻanoq pallalarining oldingi va keyingi ichki yuzasida yopuvchi muskullar bor. Ayrim I.p. (marvariddorlar, midiyalar) mantiya-siga tushgan yot zarralar (qum)ni sadaf bilan oʻrab olib, marvarid hosil qiladi. Jigari 3 boʻlakdan iborat. Jabralari koʻpchiligida plastinkaga oʻxshash (sinfning ikkinchi nomi ana shundan kelib chiqqan). Nerv sistemasi 3 juft gangliydan iborat. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Qon aylanish sistemasi ochiq; ayirish sistemasi uzun tasmasimon buyrakdan iborat. Koʻpchilik I.p. ayrim jinsli; ayrim turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Oʻrugʻlanishi tashqi, lichinkasi erkin suzib yuradigan veligir yoki gloxidiy. Ayrim turlari tuxumlari va lichinkalarini jabralarida olib yuradi. 20000 ga yaqin turi bor, asosan, dengizlarda tarqalgan. Chuchuk suvlarda sadafdorlar, marvariddorlar va baqachanoqlar tarqalgan. Suv tubida yashaydi. Suvni filtrlovchi detritofaglar, plantofaglar, baʼzi turlari yirtqich. Baliqlar va b. dengiz hayvonlariga oziq boʻladi. Ayrim turlari tosh yoki yogʻochni teshish xususiyatiga ega. Bir qancha turlari kemalar korpusi va gidrotexnik qurilmalarga katta ziyon keltiradi. Goʻshti uchun ovlanadi (midiyalar, ustritsalar). Ayrim turlari (marvariddorlar) marvarid olish va goʻsht uchun boqiladi. Baʼzi I.p. suv qushlari parazitlarining oraliq xoʻjayini hisoblanadi. Baqachanoqning lichinkasi chuchuk suv baliklari terisida parazitlik qiladi. Oʻzbekiston suv hav-zalarida I.p. mollyuskalarning 52 turi tarqalgan, jumladan, 5 turi endemik boʻlib, Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Adabiyot

  • Mavlonov O., Hurramov Sh., Umurtqasizlar zoologiyasi, T., 1998.[1]
Other Languages
Afrikaans: Tweekleppige
asturianu: Bivalvia
azərbaycanca: İkitaylılar
беларуская: Двухстворкавыя
беларуская (тарашкевіца)‎: Двухстворкавыя
български: Миди
brezhoneg: Daougleureged
català: Bivalves
Cebuano: Ukab-ukab
čeština: Mlži
dansk: Muslinger
Deutsch: Muscheln
Ελληνικά: Δίθυρα
English: Bivalvia
Esperanto: Duvalvulo
español: Bivalvia
eesti: Karbid
euskara: Bivalvia
suomi: Simpukat
français: Bivalvia
Nordfriisk: Twiiskaalagen
Gaeilge: Débhlaoscach
galego: Bivalvos
Avañe'ẽ: Mymba ijyta mokõi
עברית: צדפות
हिन्दी: पटलक्लोमी
hrvatski: Školjkaši
magyar: Kagylók
interlingua: Bivalvia
Bahasa Indonesia: Bivalvia
Ido: Bivalvo
íslenska: Samlokur
italiano: Bivalvia
日本語: 二枚貝
Basa Jawa: Bivalvia
한국어: 이매패류
Latina: Bivalvia
Lëtzebuergesch: Muschelen
Lingua Franca Nova: Bivalva
lietuvių: Dvigeldžiai
latviešu: Gliemenes
македонски: Школки
Bahasa Melayu: Bivalvia
Plattdüütsch: Musseln
Nederlands: Tweekleppigen
norsk nynorsk: Muslingar
norsk: Muslinger
ਪੰਜਾਬੀ: ਸਿੱਪੀਆਂ
polski: Małże
پنجابی: سپیاں
português: Bivalvia
Runa Simi: Lakachu
română: Bivalve
Scots: Bivalvia
srpskohrvatski / српскохрватски: Školjke
Simple English: Bivalve
slovenčina: Lastúrniky
slovenščina: Školjke
српски / srpski: Шкољке
svenska: Musslor
తెలుగు: ఆల్చిప్ప
Tagalog: Bivalvia
Türkçe: Bivalvia
українська: Двостулкові
West-Vlams: Twêekleppign
Winaray: Bivalvia
中文: 双壳纲
Bân-lâm-gú: Siang-khak-kong
粵語: 雙殼綱