Huquq

Huquq — davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umumiy majburiy ijtimoiy normalar tizimi. U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini oʻz ichiga oladi. H. davlat boʻlib uyushgan jamiyatda paydo boʻladi va mulkchilik munosabatlarini, xoʻjalik aloqalari mexanizmini mustahkamlaydi, mehnat va uning mahsulotlarini jamiyat aʼzolari oʻrtasida muayyan oʻlchov va shakllarda taqsimlab turuvchi vazifasini oʻtaydi (fuqarolik H.i, mehnat H.i); vakolatli organlar, davlat boshqaru-vi organlari shakllanishi, tartibi, faoliyatini belgilab beradi, nizolarni qay yoʻsinda hal qilish kerakligini, mavjud ijtimoiy munosabatlarni buzishga qarshi kurash choralarini (jinoyat H.i, protsessual H.) belgilaydi, shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarning xilma-xil shakllariga taʼsir koʻrsatadi (oilaviy H.). H. normalari boshqa ijtimoiy tartibga soluvchi normalar (din, axloq, odat va boshqalar)dan oʻzining majburiyligi bilan ajralib turadi.

H.ning 2 yoki undan ortiq davlatlarning xohish-irodasi, istaklari bilan vujudga keltiriladigan xalqaro huquq hamda faqat bir davlat doirasida boʻlgan milliy H. koʻrinishlari bor. Fanda H.ni "geografik" jihatdan boʻlib talqin qilish ham mavjud. Unga koʻra quyidagi huquqiy tizimlar ("huquq oilalari") farqlanadi: kontinental (yoki romangerman), an-glosakson (yoki ingliz-amerika), in-deys, musulmon huquqi. Qiyosiy huquq-shunoslik namoyandalari "sotsialistik davlat"lar deb atalgan davlatlar H.ini ham alohida tizimga kiritishni taklif etadilar. Oʻzbekiston Respublikasi huquqi kontinental H. tizimiga mansub.

H.ning oʻziga xos umumiy va maxsus belgilari mavjud. H.ning ijtimoiyligi, normativ koʻrsatmalardan ibo-ratligi, adolat va erkinlik gʻoyalarini ifodalashi, umummajburiy va irodaviy xususiyatlari, qonuniy aniqligi, rasman belgilanganligi, tizimligi va joʻshqinligi, davlat tomonidan muhofaza etilishi shular jumlasidandir. H. tushunchasi va mohiyatini aniqlash boʻyicha 3 asosiy yondashuv bor: a) H.ga mutlaq yuridik normalar tizimi sifatida qarovchi normativ yondashuv (buni H.ni tor maʼnoda tushunish ham deyiladi); b) H.ni u tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar bilan tenglashtiruvchi sotsiologik yondashuv; v) H.ni erkinlik va adolat mezoni bilan bogʻlovchi falsafiy yondashuv (keyingi ikki yondashuvni H.ni keng maʼnoda tushunish ham deyiladi). Shu bilan birga huquqshunoslik fanida qad. hisoblangan va puxta ishlab chiqilgan H.ning tabiiy huquq va pozitiv huquqqa boʻlinish gʻoyasi mavjud. Pozitiv H. davlat huquqiy ijodkorlik faoliyatining natijasi, mahsuli hisoblanadi. U davlat qabul qilgan normalarda, yaʼni qonunchilik-da, shuningdek, boshqa huquqiy man-balarda ifodalangan H.dir. Yurisp-rudensiyada H. tizimi 2 ga ajratila-di: xususiy H. va ommaviy H. Fuqa-rolik H.i (ashyo H.i, majburiyat H.i, savdo H.i, oila H.i, meros H.i, tijorat H.i) xususiy H.qa tegishli-dir. Ommaviy H.qa esa davlat, moliya, jinoyat, protsessual va xalqaro H. kiritiladi.

H. jamiyat hayotining turli sohalari — iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy sohaga, madaniy-maʼnaviy munosabatlarga taʼsir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi. Yuridik nuqtai nazardan bu funksiyalarni 2 turga: regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ (qoʻriqlovchi) funksiyalarga ajratish mumkin. H.ning regulyativ funksiyasi jamiyat aʼzolari yurish-turishi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini oʻrnatishdan, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy asosga qoʻyishdan, insonlar oʻrtasidagi ijtimoiy aloqalarni uygʻunlashtirish va barqarorlashtirishdan ibo-rat. H.ning negativ funksiyasi uning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan huquqiy taʼsir etish yoʻnalishi boʻlib, u umumiy ahamiyatga molik iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini taʼminlashga va shu bilan birga, jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qaratiladi. H.ning bu funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlatning H.ni muhofaza etish faoliyati bilan qiyoslaganda aniq namoyon boʻladi. Tegishli davlat idoralari H. sohiblari tomonidan qonun talablari qatʼiy bajarilishini taʼminlaydi, jamiyatda qonuniylik muhitini vujudga keltiradi. Bu ish H. buzilishlari faktini aniqlash, ularni tergov qilish va aybdorlarni yuridik javobgarlikka tortish bilan taʼminlanadi.

H.ning nazariy masalalarini Gʻarbda, jumladan, Yevropada ijtimoiy fan soha olimlari, ayniqsa huquqshunoslari teran va izchil yoritib kelmoqdalar. Mustaqillik tufayli Oʻzbekistonda ham bu boradagi urinishlar va saʼyharakatlar, izlanish va tadqiqot ishlari birmuncha kuchaydi. Oʻzbek huquqshunoslik fani vujudga keldi. Bu fan namoyandalari milliy davlatchilik tarixini, huquq va davlat umumnazariy masalalarini oʻrganish borasida milliy qadriyatlarni, ilmiy merosni zamonaviy umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlashtirishga harakat qilmoqdalar. Bu sohaga milliy istiq-lolni mustahkamlash ishining bir qismi sifatida qaramoqdalar.

Bahodir Toʻrayev.




Other Languages
Afrikaans: Reg
Alemannisch: Recht
አማርኛ: ሕግ
aragonés: Dreito
العربية: قانون
ܐܪܡܝܐ: ܩܢܘܢܐ
مصرى: قانون
asturianu: Derechu
azərbaycanca: Hüquq
تۆرکجه: حوقوق
башҡортса: Хоҡуҡ
Boarisch: Recht
žemaitėška: Teisė
беларуская: Права
беларуская (тарашкевіца)‎: Права
български: Право
भोजपुरी: कानून
bamanankan: Sàrìya
বাংলা: আইন
བོད་ཡིག: ཁྲིམས།
brezhoneg: Gwir (lezenn)
bosanski: Pravo
буряад: Хуули
català: Dret
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Huák-lŭk
нохчийн: Бакъо
Cebuano: Pamalaod
Chamoru: Lai
کوردی: یاسا
corsu: Drittu
čeština: Právo
Cymraeg: Cyfraith
dansk: Jura
Deutsch: Recht
Zazaki: Hıquq
Ελληνικά: Δίκαιο
English: Law
Esperanto: Juro
español: Derecho
eesti: Õigus
euskara: Zuzenbide
estremeñu: Derechu
فارسی: حقوق
suomi: Laki
français: Droit
Nordfriisk: Rucht
furlan: Dirit
Frysk: Rjocht
Gaeilge: Dlí
Gàidhlig: Lagh
galego: Dereito
Avañe'ẽ: Tekoiterape
Gaelg: Leigh
客家語/Hak-kâ-ngî: Fap-li̍t
עברית: דין
हिन्दी: विधि
Fiji Hindi: Kanuun
hrvatski: Pravo
Kreyòl ayisyen: Lwa (dwa)
magyar: Jog
հայերեն: Իրավունք
interlingua: Derecto
Bahasa Indonesia: Hukum
Interlingue: Jure
Ilokano: Linteg
Ido: Yuro
íslenska: Lögfræði
italiano: Diritto
日本語: 法 (法学)
Patois: Laa
la .lojban.: flalu
ქართული: სამართალი
қазақша: Құқық
ភាសាខ្មែរ: ច្បាប់
ಕನ್ನಡ: ಕಾನೂನು
한국어:
къарачай-малкъар: Хакъ
kurdî: Dad
коми: Инӧд
Кыргызча: Укук
Latina: Ius
Ladino: Dirito
Lëtzebuergesch: Droit
Lingua Franca Nova: Lege
Limburgs: Rech
Ligure: Diritto
lietuvių: Teisė
latviešu: Tieslietas
मैथिली: कानून
Malagasy: Lalàna
Māori: Ture
македонски: Право
മലയാളം: നിയമം
монгол: Хууль
मराठी: कायदा
Bahasa Melayu: Undang-undang
Malti: Dritt
Mirandés: Dreito
မြန်မာဘာသာ: ဥပဒေ
Plattdüütsch: Juristeree
Nedersaksies: Recht
नेपाली: कानुन
Nederlands: Recht
Nouormand: Loué
occitan: Drech
Ирон: Барад
ਪੰਜਾਬੀ: ਕਾਨੂੰਨ
polski: Prawo
Piemontèis: Lej
پنجابی: قنون
پښتو: حقوق
português: Direito
Runa Simi: Chiqa
română: Drept
русский: Право
русиньскый: Право
sardu: Deretu
sicilianu: Liggi
Scots: Law
سنڌي: قانون
srpskohrvatski / српскохрватски: Pravo
සිංහල: නීතිය
Simple English: Law
slovenčina: Objektívne právo
slovenščina: Pravo
Soomaaliga: Sharci
shqip: Ligji
српски / srpski: Право
Basa Sunda: Hukum
svenska: Juridik
Kiswahili: Sheria
தமிழ்: சட்டம்
тоҷикӣ: Ҳуқуқ
Tagalog: Batas
Türkçe: Hukuk
Xitsonga: Nawu
татарча/tatarça: Хокук
українська: Право
اردو: قانون
vèneto: Lexe e derito
Tiếng Việt: Luật pháp
Winaray: Balaud
吴语: 法律
isiXhosa: Umthetho
მარგალური: სამართალი
ייִדיש: געזעץ
Yorùbá: Òfin
Vahcuengh: Faplwd
Zeêuws: Recht
中文: 法律
文言: 法律
Bân-lâm-gú: Hoat-lu̍t
粵語: 法律