Homiladorlik

William Hunter, Anatomia uteri humani gravidi tabulis illustrata, 1774

Homiladorlik, ogʻir oyoqlik — urugʻlangan tuxumhujayraning ona organizmida rivojlanib, yetuk homilaga aylanishidan iborat fiziologik jarayon. Ayol tuxumdonida yetilib chiqqan tuxumhujayraning erkak jinsiy hujayrasi bilan qoʻshilishi (urugʻlanishi)dan boshlanadi va oʻrta hisobda 280 kun, yaʼni 10 qamariy oy davom etadi.

Urugʻlanish bachadon nayida roʻy beradi. Urugʻlangan tuxumhujayra bacha-don nayining chuvalchangsimon qisqarishi tufayli bachadon boʻshligʻiga qarab surilib boradi, shu vaqtda u mayin tuklar (vorsinkalar) bilan qoplanib, koʻp hujayrali embrionga aylanadi, oʻsha tuklar yordamida bacha-don shilliq pardasiga payvandlanib oladi. Shu vaqtdan boshlab homila shakllana boshlaydi va ayol organizmidagi baʼzi sistemalar funksiyasi tegishlicha oʻzgarib boradi. Embrionning bachadonga payvandlangan joyida tuklar juda oʻsib ketadi va ulardan platsenta, yaʼni yoʻldoshning tarkibiy qismi — bola oʻrni hosil boʻladi, u kindik orqali homila bilan tutashadi. Kindik qon tomirlari boʻylab platsenta orqali ona organizmidan homilaga oziq moddalar, kis-lorod kelib turadi va homiladan keladigan almashinuv mahsulotlari chiqib ketadi.

Беременность.JPG

Bachadon naylarining turli kasalliklarida tuxumhujayraning bachadonga qarab surilib kelishiga toʻsqinlik qiladigan oʻzgarishlar oqibatida tuxumhujayra bachadon nayiga payvandlanib qolishi mumkin (qarang Bachadondan tashqari homiladorlik).

H. davrida ayol organizmida har xil funksional oʻzgarishlar roʻy berib, homilaning yaxshi rivojlanib borishi uchun qulay sharoitlar yuzaga keladi. Bu davrda markaziy nerv sistemasi funksiyasi bir qadar oʻzga-rib, natijada orqa miyaning qoʻzgʻa-luvchanligi pasayadi, bu — bachadon muskullarining boʻshashishi va uning tinch holatda boʻlishiga olib keladi.

H. paytida hosil boʻladigan sariq tana va platsenta homilaning oy-kuni yetib tugilishi uchun zarur gormonlar ishlab chiqaradi; platsentadan ishlanib chiqadigan va boshqa gormonlar taʼsirida sut bezlari kattalashib, H. oxiriga borganda, undan ogʻiz suti, chilla davrida esa sut kela boshlaydi. Bachadonda ham talaygina oʻzgarishlar roʻy beradi: u ham boʻyiga, ham eniga qarab oʻsib, platsentaga qon olib keladigan yirik va mayda qon tomirlari nihoyatda koʻpayadi. Ayol chuqurroq nafas oladigan boʻlib qoladi, bu — qonning kislorod bilan koʻproq toʻyinishini taʼminlaydi. Yurakning qis-qarish xususiyati sezilarli darajada kuchayadi, natijada kislorod bilan toʻyingan qon ayolning hayot uchun muhim aʼzolariga, jumladan bachadoniga tezroq yetkazib beriladi. Buyraklar ham zoʻr berib ishlab, ona organizmidagina emas, balki homilada ham paydo boʻlgan almashinuv mahsulotlarini ajratib chiqarib turadi. Koʻmikda eritrotsitlar hosil boʻlishi tezlashadi, yaʼni qon miqdori koʻpayadi, qon tomirlari kengayib, gaz alma-shinuvi kuchayadi. Shu bois homilador organizmidagi aʼzo va sistemalarning normal ishlab turishini taʼminlash hamda homila rivojlanadigan qulay sharoit vujudga keltirish uchun oziq moddalar va kislorod koʻp boʻlishi kerak. Homiladorning ahvoli va oʻzini qanday tutishi koʻp jihatdan H.ning normal kechishi, ho-milaning keyin qanday rivojlanib borishi va boʻlgʻusi bolaning sogʻli-gʻini belgilab beradi. Homilador ayolning biror kasallik (gripp, sil, rev-matizm, angina, qandli diabet, kam-qonlik, jigar, buyrak, yurak kasalliklari va boshqalar) bilan ogʻrishi, notoʻgʻri ovqatlanish, kun tartibini buzishi, vrach buyurmagan dorilarni ichishi homila taraqqiyotiga yomon taʼsir qilishi mumkin.

H. chogʻida turli asoratlar boʻlmasligi uchun mumkin qadar barvaqt (hayz toʻxtashi bilan) ayollar maslahatxonasiga borib, tekshiruvdan oʻtish va kerakli maslahatlar, zarur boʻlsa, tegishli davo olish lozim. H. davrida ayol oʻz badani va kiyim-kechaklari tozaligiga alohida eʼtibor berishi kerak.

H. normal oʻtayotgan boʻlsa, ayol odatdagi turmush tarzini oʻzgartirishi shart emas, u oʻz yumushlarini dam olibdam olib bajaraverishi mumkin. Faqat ogʻir narsa koʻtarmaslik, qal-tis, keskin harakatlar qilmaslik maq-sadga muvofiq.

Tiniqib uxlashning ahamiyati bor, ayol kamida 8 soat uxlashi, kechqurun yotishdan oldin ochiq havoda bir oz sayr qilishi va xonani shamollatishi tavsiya etiladi. Sogʻlom homila-dorlarning vrach tavsiyasiga koʻra havo va quyosh vannalari qabul qilishiga ruxsat etiladi. H. normal oʻtayotgan boʻlsagina ayol daryo va anhorlarda choʻmilishi mumkin. H.ning birinchi kunlaridan boshlaboq ochiq havoda imkoni boricha koʻproq boʻlishga harakat qilish lozim, chunki odam uy ichida oʻtiraversa kislorodga yolchimay qoli-shi, natijada har xil asoratlar yuz berishi mumkin.

H.ning eson-omon oʻtishi va homilaning yaxshi rivojlanib borishi uchun asosiy shartlardan biri yaxshi ovqatlanishdir; ovqat toʻyimli, xilma-xil, oqsillar va vitaminlar (ayniqsa S vitamini) ga boy boʻlishi kerak. H.ning oxirgi oylarida yogʻliq va xamir ovqatlarni koʻp tanovul qilish yaramaydi, chunki bunday ovqat homilaning ancha kattalashib ketishi va tugʻishning qiyinlashib qolishiga sabab boʻlishi mumkin.

Sogʻliq oʻzgargan baʼzi hollarda, mas, badanga shish kelganida vrach odatda tuzsiz parhez buyuradi. Homi-lador ayol yengil badan tarbiya mashqlarini qilib turishi lozim. H. davrlariga qarab maxsus gimnastika mashqlari kompleksi tavsiya etiladi (buni faqat vrach buyuradi). Muntazam badan tarbiya mashqlarini qilib turuvchi ayollarning tez va esonomon koʻzi yoriydi.




Other Languages
Afrikaans: Swangerskap
Akan: Nyinsɛn
Alemannisch: Schwangerschaft
aragonés: Emprenyatura
العربية: حمل
مصرى: حمل
অসমীয়া: গৰ্ভধাৰণ
asturianu: Embaranzu
azərbaycanca: Hamiləlik
تۆرکجه: حامیله‌لیک
беларуская (тарашкевіца)‎: Цяжарнасьць чалавека
Bahasa Banjar: Tian
বাংলা: গর্ভধারণ
བོད་ཡིག: མངལ་སྦུམ་པ།
brezhoneg: Dougerez
bosanski: Trudnoća
буряад: Жэрмэһэн
català: Embaràs
کوردی: دووگیانی
čeština: Těhotenství
Cymraeg: Beichiogrwydd
dansk: Graviditet
Ελληνικά: Εγκυμοσύνη
emiliàn e rumagnòl: Grevdànsa
English: Pregnancy
Esperanto: Gravedeco
español: Embarazo humano
eesti: Rasedus
euskara: Haurdunaldi
فارسی: بارداری
suomi: Raskaus
français: Grossesse
Gaeilge: Toircheas
Gàidhlig: Leatrom
galego: Embarazo
Avañe'ẽ: Tyeguasu
गोंयची कोंकणी / Gõychi Konknni: Gurvachar vo Gorbhest‌ponn
ગુજરાતી: ગર્ભાવસ્થા
עברית: היריון
हिन्दी: गर्भावस्था
Fiji Hindi: Peet me baby
hrvatski: Trudnoća
Kreyòl ayisyen: Grosès
magyar: Terhesség
interlingua: Pregnantia
Bahasa Indonesia: Kehamilan
Igbo: Afọ ime
Ilokano: Panagsikog
íslenska: Meðganga
italiano: Gravidanza
日本語: 妊娠
Patois: Pregnansi
Basa Jawa: Mbobot
ქართული: ორსულობა
қазақша: Жүктілік
한국어: 임신
kurdî: Avisî
Кыргызча: Кош бойлуулук
Latina: Graviditas
Lëtzebuergesch: Schwangerschaft
Limburgs: Zwangersjap
lingála: Zémi
لۊری شومالی: آندومتر
lietuvių: Nėštumas
latviešu: Grūtniecība
македонски: Бременост
മലയാളം: ഗർഭം
монгол: Жирэмслэлт
Bahasa Melayu: Kehamilan
Dorerin Naoero: Ejeng
नेपाली: गर्भावस्था
Nederlands: Zwangerschap
norsk nynorsk: Svangerskap
Chi-Chewa: Pakati
occitan: Prensa
ਪੰਜਾਬੀ: ਗਰਭ ਅਵਸਥਾ
Kapampangan: Pangabuktut
پنجابی: پریگنینسی
português: Gravidez
Runa Simi: Wiksayay
русиньскый: Тяж
sicilianu: Prinizza
Scots: Pregnancy
srpskohrvatski / српскохрватски: Trudnoća
Simple English: Pregnancy
slovenčina: Gravidita
slovenščina: Nosečnost
chiShona: Nhumbu
Soomaaliga: Uurka
shqip: Shtatzania
српски / srpski: Трудноћа
SiSwati: Kukhulelwa
Sesotho: Boimana
svenska: Graviditet
Kiswahili: Ujauzito
తెలుగు: గర్భం
Tagalog: Pagdadalantao
Türkçe: Gebelik
татарча/tatarça: Йөклелек
українська: Вагітність
اردو: حمل (طب)
vèneto: Graviansa
Tiếng Việt: Thai nghén
walon: Poirteure
Winaray: Pagbuburod
吴语: 担桑身
მარგალური: უხენობა
中文: 妊娠
Bân-lâm-gú: Ū-sin
粵語: 娠紀