Hasharotlar

Hasharotlar (Insecta) - boʻgʻimoyoqli umurtqasiz hayvonlar sinfi. Yer sharida 1,5 mln.ga yaqin turi maʼlum. Turlarining koʻpligi va shakllarining xilma-xilligi jihatidan biosferada 1-oʻrinni egallaydi. H. sinfi oyoqdumlilar, qoʻshdumlilar, qoʻngʻizlar, tuyaboʻyinlar, toʻrqanotlilar, kapalaklar, burgalar, termitlar, qandalalar kabi 34 turkumga boʻlinadi. Tanasining uzunligi 0,2 mm — 33 sm, odatda tashqi skeletni tashkil qiluvchi zich kutikula bilan qoplangan. Tanasi bosh, koʻkrak va qorin qismlardan iborat. Boshida bir juft murakkab koʻz va koʻzchalari, bir juft moʻylovlari (hid tuyish va sezgi orga-ni) hamda ogʻiz apparati joylashgan. Ogʻiz apparati yuqori lab, yuqori va pastki juft jagʻlardan tashkil topgan. Kemiruvchi ogʻiz apparati barcha toʻgʻriqanotlilar, qoʻngʻizlar, chumolilar va boshqalarga xos. Soʻruvchi H.da esa xartum bor. Gulshira bilan oziqlanuvchi asalaritr xartumida kemiruvchilarning asosiy belgilari saqlangan, kapalaklarda xartum spiralsimon buraladigan naydan iborat; pashshalarda u faqat soʻrishga emas, balki qattiq ozuqani qirishga ham moslashgan. Qandalalar, oʻsimlik bitlari, tripslar, koksidlar, qon soʻruvchi chivinlar va boshqa sanchib soʻruvchi ogʻiz apparati yordamida oʻsimliklarning hujayra shirasi hamda hayvon qonini soʻrib oziqlanadi. Koʻkrak qismi old, oʻrta va orqa koʻkraklarga boʻlinadi. Har bir skelet halqasi yelka (us-tidan), koʻkrak (pastki tomondan), plevralardan (biqindan) tashkil topgan. Koʻkrakning har bir boʻgʻimi (segmenti)da bir juft oyoqlari joylashgan. Oyoqlar toscha, koʻst, son, boldir va 2 tirnoqpi boʻgʻimlarga boʻlingan panjalardan tuzilgan; qanotli H.ning oʻrta va orqa koʻkraklarida bir juftdan qanotlar bor. Urgʻochisi qornining uchida 11 boʻgʻimdan iborat tuxum qoʻygich, erkaklarida esa bir juft oʻsimtalar mavjud. Ovqat hazm qilish yoʻli ozuqani mexanik hamda kimyoviy qayta ishlaydigan ichaklardan tashkil topgan. H.ning individual rivojlanishi bir necha bosqichli (fazali) toʻliq yoki chala oʻzgarish (metamorfoz) bilan kechadi. Chala oʻzgarish bilan rivojlanish 3 faza (bosqich)da: tuxum, lichinka (imagoga oʻxshash) va voyaga yetgan hasharot — imago orqali amalga oshadi. Toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanishda esa lichinka (odatda chuvalchangsimon) bilan imago oraligʻida /umbaklik davri ham kuzatiladi. H.ning hayot sikli boʻgʻin (avlod)lar soni, mavsumiy dinamika (oʻzgarish)ning oʻziga xosligi va diapauza xususiyatlari bilan belgilanadi.

Tabiatda H. turli-tuman va katta ahamiyatga ega. Ular butun quruqlikni egallagan; ayniqsa sernam subtropik yerlarda koʻp tarqalgan. Koʻpchiligi yerda, qator turlari suvda yashaydi, baʼzilarining hayoti tuproq bilan bogʻliq. H. xilma-xil mahsulotlar bilan oziqlanib, tabiatda moddalar alma-shinuvida ishtirok etadi. H.ning juda koʻp turlari oʻsimliklar zarar-kunandalari; hayvonlar va odamlarga zarar keltiradi. Oʻsimliklarni chang-latish, zararkunanda hasharot va begona oʻtlarni yoʻqotishda ham H.ning roli katta (qarang Entomofaglar); foydali hasharotlardan asalari, ipak qurtlar, lak beruvchi chervetslar qimmat-baho mahsulot beradi; ayrimlari ovlanadigan hayvonlar uchun ozuqa man-bai. H. xilma-xilligi va ularning olamini entomologiya fani, foydali H.dan amaliyotda foydalanish va zararkunanda H.larga qarshi kurash usullarini qishloq xoʻjaligi entomologiyasi fani oʻrganadi.

  • adabiyot

Adabiyot

  • Vrednne i poleznne nasekomne xlopchatnika i drugix selskoxozyaystvennnx kultur Oʻzbekistana. T., 1977; Selsko-xozyaystvennaya entomologiya. M., 1983; murodov S.A., Umumiy entomologiya kursi, T., 1986.




Other Languages
Afrikaans: Insek
Alemannisch: Insekten
አማርኛ: ሦስት አጽቄ
aragonés: Insecta
Ænglisc: Ceorfdēor
العربية: حشرة
ܐܪܡܝܐ: ܪܚܫܐ
অসমীয়া: পতংগ
asturianu: Inseutos
Aymar aru: Ch'iwi
azərbaycanca: Həşəratlar
تۆرکجه: حشره‌لر
башҡортса: Бөжәктәр
žemaitėška: Vabzdē
беларуская: Насякомыя
беларуская (тарашкевіца)‎: Вусякі
български: Насекоми
Bislama: Insek
বাংলা: কীট
brezhoneg: Amprevan
bosanski: Insekti
català: Insectes
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Tè̤ng-ngiê
нохчийн: Сагалмат
Cebuano: Insekto
Tsetsêhestâhese: Meškêso
کوردی: مێروو
čeština: Hmyz
Cymraeg: Pryf
dansk: Insekter
Deutsch: Insekten
Ελληνικά: Έντομα
English: Insect
Esperanto: Insektoj
español: Insecta
eesti: Putukad
euskara: Intsektu
estremeñu: Insecta
فارسی: حشره
Võro: Mutuk
føroyskt: Skordýr
français: Insecte
Nordfriisk: Insekten
Frysk: Ynsekten
Gaeilge: Feithid
galego: Insectos
Avañe'ẽ: Tymbachu'i
𐌲𐌿𐍄𐌹𐍃𐌺: 𐌰𐌹𐌽𐍄𐍉𐌼𐍉𐌽
Gaelg: Insecta
客家語/Hak-kâ-ngî: Khûn-chhùng
עברית: חרקים
हिन्दी: कीट
Fiji Hindi: Kirwa
hrvatski: Kukci
Kreyòl ayisyen: Ensèk
magyar: Rovarok
հայերեն: Միջատներ
interlingua: Insecta
Bahasa Indonesia: Serangga
Ilokano: Insekto
Ido: Insekto
íslenska: Skordýr
italiano: Insecta
日本語: 昆虫
Patois: Insek
ქართული: მწერები
Qaraqalpaqsha: Shıbın-shirkeyler
Адыгэбзэ: ХьэпӀацӀэхэр
қазақша: Жәндіктер
ಕನ್ನಡ: ಕೀಟ
한국어: 곤충
कॉशुर / کٲشُر: کیوٚم
kernowek: Hweskeren
Кыргызча: Курт-кумурска
Latina: Insecta
Lëtzebuergesch: Insekten
лакку: Ущущулгъи
лезги: Пепеяр
Lingua Franca Nova: Inseto
Limburgs: Insekte
lumbaart: Inset
lingála: Nyama ekɛ́
lietuvių: Vabzdžiai
latviešu: Kukaiņi
Basa Banyumasan: Srangga
олык марий: Шыҥа-копшаҥге
македонски: Инсекти
മലയാളം: പ്രാണി
монгол: Шавж
मराठी: कीटक
кырык мары: Капшангы
Bahasa Melayu: Serangga
مازِرونی: بئو
Nāhuatl: Yolcatzin
Napulitano: Inzetto
Plattdüütsch: Insekten
Nedersaksies: Insekt
नेपाली: किरा
नेपाल भाषा: की
Nederlands: Insecten
norsk nynorsk: Insekt
norsk: Insekter
occitan: Insecta
ਪੰਜਾਬੀ: ਕੀਟ
Kapampangan: Insectu
Pälzisch: Insekten
polski: Owady
پنجابی: کیڑے
پښتو: خوځندکې
português: Insetos
Runa Simi: Palama
română: Insectă
armãneashti: Insectâ
русский: Насекомые
русиньскый: Хробач
Kinyarwanda: Inigwahabiri
संस्कृतम्: जन्तुः
саха тыла: Үөн-көйүүр
sardu: Babbalottu
sicilianu: Nzettu
Scots: Insect
srpskohrvatski / српскохрватски: Insekt
සිංහල: කෘමියෝ
Simple English: Insect
slovenčina: Hmyz
slovenščina: Žuželke
Soomaaliga: Xasharaad
shqip: Insekti
српски / srpski: Инсекти
Seeltersk: Insekte
Basa Sunda: Gegeremet
svenska: Insekter
Kiswahili: Wadudu
தமிழ்: பூச்சி
తెలుగు: కీటకము
тоҷикӣ: Ҳашарот
ไทย: แมลง
ትግርኛ: ሓሽራ
Tagalog: Kulisap
lea faka-Tonga: ʻinisēkite
Türkçe: Böcek
татарча/tatarça: Бөҗәкләр
українська: Комахи
اردو: حشرات
vèneto: Bai
vepsän kel’: Gavedid
Tiếng Việt: Côn trùng
West-Vlams: Insektn
walon: Inseke
Winaray: Insektó
Wolof: Gunóor
吴语: 昆虫
хальмг: Хорха
მარგალური: ჭანდეფი (Insecta)
ייִדיש: אינסעקט
Yorùbá: Kòkòrò
Vahcuengh: Non
中文: 昆虫
Bân-lâm-gú: Khun-thiông
粵語: 昆蟲