Gvadalahara

Gvadalahara — Meksikadagi shahar, Xalisko shtatining maʼmuriy markazi. Meksika togʻligining jan.gʻarbiy qismida, dengiz sathidan 1500 m balandlikda joylashgan. Aholi soni jihatidan mamlakatda 2-oʻrinda turadi; 1,6 mln. kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Muhim t. i. va avtomobil yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Gʻarbiy Meksikaning iqtisodiy markazi. Oziqovqat, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, metallsozlik, mashinasozlik, kimyo, kulolchilik kor-xonalari; universitet bor. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor (1571—1618), Santa-Monika cherkovi (1720—33) va b. saqlangan. G.ni 1530 y.da ispanlar bunyod etgan va u Markaziy Amerikani mustamlakaga aylantirishda tayanch punktlaridan biri boʻlgan.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Other Languages
Afrikaans: Guadalajara
العربية: غوادالاخارا
azərbaycanca: Quadalaxara
беларуская: Гвадалахара
беларуская (тарашкевіца)‎: Гвадаляхара
български: Гуадалахара
нохчийн: Гвадалахара
English: Guadalajara
Esperanto: Gvadalaharo
Gaeilge: Guadalajara
Հայերեն: Գվադալախարա
Bahasa Indonesia: Guadalajara, Meksiko
Interlingue: Guadalajara
Ilokano: Guadalajara
ქართული: გვადალახარა
Gĩkũyũ: Guadalajara
қазақша: Гвадалахара
Кыргызча: Гвадалахара
Malagasy: Guadalajara
македонски: Гвадалахара
മലയാളം: ഗ്വാഡലഹാര
Nāhuatl: Atemaxac
norsk nynorsk: Guadalajara i Jalisco
português: Guadalajara
русский: Гвадалахара
srpskohrvatski / српскохрватски: Guadalajara (Jalisco)
Simple English: Guadalajara
Türkçe: Guadalajara
vepsän kel’: Gvadalahar
Tiếng Việt: Guadalajara, Jalisco
Winaray: Guadalajara
მარგალური: გვადალახარა
Bân-lâm-gú: Guadalajara, Jalisco