Graf Monte-Kristo

Graf Monte-Kristo (frans. Le comte de Monte Cristo) - Aleksandr Dyumaning sarguzasht romani, 1844-45 yillarda yozilgan, fransuz adabiyotining klassik asari. Muallif O`rtayer dengizi bo`ylab sayohat qilayotganida, Montekristo orolini ko`rgan va u yerda ko`milgan xazinalar haqida afsonani eshitgan. Bundan keyin qahramon ismini o`ylab topgan. Muallif orol nomini o`zgartirgan xolos. Romandagi voqealar 1815-29 va 1838 yillarda bo`lib o`tadi.

Tavsif

Asarning bosh qahramoni, dengizchi Edmon Dantes, kema kapitanining o`lim oldi vasiyatini bajarish maqsadida Parijga xat bilan keladi. Portga kelganidan so`ng Dantes, qo`shni qishloqdagi Mersedes ismli qizga uylanishni niyat qiladi. Lekin dushmanlarining harakatlari sababli u If qasriga qamaladi. U yerda Dantes Faria ismli abbat bilan tanishadi. Faria g`oyat katta xazina ko`milgan joyni biladi va o`limidan oldin bu sirni Dantesga ochadi. Dantes qamoqdan qochadi, xazinani topadi va dushmanlaridan qasos oladi.

Other Languages
azərbaycanca: Qraf Monte Kristo
Bahasa Indonesia: Pangeran Monte Cristo
српски / srpski: Grof Monte Kristo
українська: Граф Монте-Крісто
Tiếng Việt: Bá tước Monte Cristo