Glenn T. Seaborg

Glenn Seaborg (1912.19.4, Ishpeming , Michigan shtati — 1999) — amerikalik fizik va kimyogar, AQSH Milliy FA aʼzosi (1948). LosAnjeles universitetini tugatgan (1934). Kaliforniya universitetida ishlagan (1937 yildan; 1945 yildan prof., 195861 yildan prezidenti). 1942—46 yillarda Chikagodagi Metallurgiya lab.sida, 1954—61 va 1971 yildan Berklidagi Radiatsion lab.ning ikkinchi direktori. 1961—71 yillarda AQSH atom energiyasi boʻyicha komissiya raisi. Ilmiy ishlari radiokimyo, yadro kimyosi va yadro fizikasiga oid. Edwin McMillan bilan hamkorlikda plutoniyni sintez qilgan (1940—41), boshqa olimlar bilan hamkorlikda ameritsiy, Kyuriy (1944), Berkliy (1949), Kaliforniy (1950), eynshteyniy (1952), fermiy (1953) va Mendeleyeviyni (1955) ochgan. Keyingi yillarda ancha ogʻir elementlarni sintez qilishda ishtirok etgan. Nobel mukofoti laureati (1951; E. Makmillan bilan qamkorlikda).[1][2]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari



Other Languages
العربية: غلين سيبورغ
asturianu: Glenn T. Seaborg
български: Глен Сиборг
čeština: Glenn Seaborg
hrvatski: Glenn Seaborg
Հայերեն: Գլենն Սիբորգ
Bahasa Indonesia: Glenn Seaborg
Basa Jawa: Glenn T. Seaborg
Plattdüütsch: Glenn Theodore Seaborg
Nederlands: Glenn Seaborg
پنجابی: گلین سیبورگ
srpskohrvatski / српскохрватски: Glenn T. Seaborg
Simple English: Glenn Seaborg
српски / srpski: Глен Т. Сиборг
Kiswahili: Glenn Seaborg
Tiếng Việt: Glenn Seaborg
Bân-lâm-gú: Glenn T. Seaborg