Germaniya Demokratik Respublikasi
English: East Germany

GDR bayrog'i
GDR bayrog'i
Asosiy ma'lumotlar
Rasmiy tilnemis (de)
PoytaxtiSharqiy Berlin
Hududi108 178 km?
Aholisi16,77 mln. (1989)
Aholi zichligi155 kishi./km?
Pul birligiGDR markasi
Davlat madhiyasiВозрождённая из руин
Milliy bayrami7 oktabr
Tel. prefikslar+37 (ishlamaydi)
Internet-domeyn.dd (foydalanilmagan)
GDR dunyo xaritasida
Lage der DDR

Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) — 1949 yil 7 oktabrda Germaniyaning sovet qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya qilingan hududlarida va Berlinning sharqiy (sovet) qismida tuzilgan sotsialistik davlat. Respublika 1990 yilning 2 dekabriga qadar mavud boʻlgan.Germaniya demokratik respublikasi (Deutsche Demokratische Republik), GDR —Markaziy Yevropadagi davlat (1990 yil 3 oktabrgacha mavjud boʻlgan). GDR Sharqiy Germaniya hududida 1949 yil 7 oktabrda tashkil etildi. Poytaxti Berlin sh. edi. Germaniya Birlashgan sotsialistik partiyasi (GBSP, 1946 yilda tuzilgan) ikki raisidan biri V. Pik (ikkinchi raisi O. Groteval edi) bu davlatning prezidenti boʻldi. GDR sobiq SSSR boshchiligidagi Varshava shartnomasining faol aʼzolaridan boʻlgan. Tashqi siyosatda sobiq Sovet Ittifoqi izidan bordi. Ichki siyosatda xususiy mulkchilikni tugatib, sotsializm qurish niyatini eʼlon qildi. Avvaliga koʻpgina nemislar fashizmga qarshi boʻlgan oʻz davlatini barpo etishda bajonidil katnashdi. Biroq, buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot, maxfiy politsiya va GBSPning tanho hukmronligi asta-sekin aholining bu davlatdan hafsalasini pir qila boshladi. Sotsialistik rejali xoʻjalik sobiq GDRdagi kishilarni shaxsiy tashabbus va mustaqillikdan batamom mahrum etdi, iktisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlmish oʻrta qatlam tugatib yuborildi, omilkorlik va mehnat faolligi falaj qilib qoʻyildi. Iqtisodiyotdagi mehnat unumdorligi gʻarb andozalariga nisbatan past edi. 1979 yilda bu koʻrsatkich gʻarb darajasining 46% ni va 1989 yilda 3040% ni tashkil etdi. Turmush darajasi, uy-joy taʼminoti past edi. Mana shularning hammasi GDR aholisining noroziligiga sabab boʻldi. Fuqarolarning GFRga qochib oʻtish hodisalari ommaviy tus oldi. Aholining ijtimoiy sohada koʻproq erkinlik berish va, nihoyat, gʻarbiy qardoshlar bilan birlashish haqidagi talablari kuchayib bordi. 1989 yil kuzida GDRda oʻtkir ijtimoiysiyosiy tanglik vujudga keldi. Berlinni va, umuman, nemis millatini ikkiga boʻlib turgan Berlin devori qulatildi (qarang Berlin va Berlin devorining qulatilishi). Natijada GBSP rahbariyati isteʼfoga chiqdi (1990 yil fevralda GBSP Demokratax sotsializm partiyasiga aylantirildi). Yangi hukumat Germaniya ni birlashtirish masalalari yuzasidan GFR hukumati bilan muzokara boshladi. 1990 yil may va avg . oylarida imzolangan ikkita davlat shartnomasida GDRni GFRga qoʻshish shartlari bayon etildi. Oʻsha yil 12 sent.da Moskvada sobiq SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va ikkala Germaniya vakillari tomonidan Germaniya birligi masalasini uzil-kesil hal etish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. Unda Germaniyani birlashtirishga oid masalalarning butun majmui hal etib berildi. GDR oliy hokimiyat organi — Xalq palatasining qaroriga binoan 1990 yil 3 oktabrda GDR GFRga qoʻshildi va natijada yagona Germaniya davlati tashkil topdi.[1][2][3][4]

  • manbalar

Manbalar


Varshava Shartnomasi Tashkiloti 50px
Albaniya (1968 yilga qadar) | Bolgariya | GDR (1956 yildan) | Polsha | Ruminiya | SSSR | Chexoslovakiya |


Oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashi 50px
Albaniya (1949-1964) | Bolgariya | Vengriya | Vetnam (1978 yildan) | GDR (1970-1990) | Kuba (1970 yildan) | Moʻgʻuliston (1960 yildan) | | Polsha | Ruminiya | SSSR | Chexoslovakiya |
Ассоциированный член: | Yugoslaviya (1964 yildan) |
Kuzatuvchi mamlakatlar: | Angola | Afgʻoniston | Yaman Xalq Demokratik Respublikasi | Laos | Mozambik | Efiopiya |
Other Languages
беларуская (тарашкевіца)‎: Нямецкая Дэмакратычная Рэспубліка
Chavacano de Zamboanga: República Democrática Alemana
Cebuano: East Alemanya
dansk: DDR
English: East Germany
føroyskt: Eysturtýskland
Nordfriisk: DDR
贛語: 東德
Bahasa Indonesia: Jerman Timur
한국어: 동독
монгол: Зүүн Герман
Bahasa Melayu: Jerman Timur
مازِرونی: شرقی آلمان
پنجابی: چڑھدا جرمنی
português: Alemanha Oriental
саха тыла: ГДР
srpskohrvatski / српскохрватски: Istočna Njemačka
Simple English: East Germany
српски / srpski: Источна Немачка
svenska: Östtyskland
Türkçe: Doğu Almanya
吴语: 东德
中文: 東德
文言: 東德
Bân-lâm-gú: Tang-tek
粵語: 東德