Geografik koordinatalar

MapL.png


Geografik koordinatalar -yer sathidagi nuqtaning vaziyatini ekvator tekisligi va boshlangich meridian tekisligiga nisbatan oʻlchangan kenglik vauzunlik deb ataluvchi burchak qiymatlari. Astronomik va geodezik G. k. boʻladi. Referens-ellipsoid sirtida geodezik oʻlchashlar natijasida olingan va hisoblangan kenglik va uzunlik geodezik koordinatalar deyiladi. Ular, odatda, V va J harflari bilan belgilanadi. Astronomik koordinatalar oʻsha nuqtalarning referens-ellipsoid sirtida osmon yoritqichlarini kuzatish orqali aniqlangan koordinatalarga aytiladi. Bu koordinatalar r va u bilan belgilanadi. Geodezik koordinatalar berilgan nuqtadan referens-ellipsoid ustiga tushirilgan normal chizigʻiga bogʻliq, G. k. esa oʻsha nuqtadan tushirilgan shovun chizigʻiga nisbatan olinadi.

Kengliklar meridian boʻylab ekvatorning har ikki tomoniga qarab 0° dan 90° gacha hisoblanadi va ekvatordan shimolidagi kengliklar shim., janubidagilari — janubiy kengliklar deb ataladi. Mas, Toshkent shahri 4GZS shahri k.da joylashgan. Uzunliklar boshlangʻich meridian 0° dan 360° gacha yoki sharqqa (sharqiy uzunlik), yoxud gʻarbga (gʻarbiy uzunlik) hisoblanadi. Mas, Samarkand shahri 67° shq. u.da joylashgan. Shuningdek, boshlangʻich meridian 0° dan 180° gacha sharqqa va gʻarbga hisoblashda ham qoʻllaniladi. Ular parallellar boʻylab hisoblanadi. Xalqaro kelishuvga muvofiq, London chekkasidagi eski Grinvich astronomik rasadxonasidan oʻtuvchi meridian "boshlangʻich meridian", "nolinchi meridian" deb qabul qilingan. Qadimda uzunliklarni oʻlchashda turli joylardan oʻtgan meridianlar — Ferro olari (Kanar olarida), Parij, Berlin, Rim, Nankin rasadxonalari, Rossiya uchun 19-asrgacha Pulkovo rasadxonasidan oʻtgan meridian bosh meridian qilib olingan. Sharkda Oʻrta asrlarda harita tuzishda Xoʻjand sh.dan oʻtgan meridianni bosh meridian deb qabul qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor.[1]

Koordinatalar (geografik koordinatalar), nuqtaning tekislik yoki fazodagi vaziyatini belgilaidigan miqdorlardir.

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Other Languages
Alemannisch: Geografische Lage
беларуская (тарашкевіца)‎: Геаграфічныя каардынаты
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Dê-lī cô̤-biĕu hiê-tūng
客家語/Hak-kâ-ngî: Thi-lî chhô-phêu ne-thúng
hornjoserbsce: Geografiske koordinaty
Bahasa Indonesia: Sistem koordinat geografi
íslenska: Bauganet jarðar
日本語: 地理座標系
한국어: 지리 좌표계
Lëtzebuergesch: Geographesch Koordinaten
Basa Banyumasan: Sistem koordinat geografi
Baso Minangkabau: Sistem koordinat geografis
Plattdüütsch: Geograafsche Laag
srpskohrvatski / српскохрватски: Geografske koordinate
Türkmençe: Koordinatalar
татарча/tatarça: Geografik koordinatalar
中文: 经纬度
Bân-lâm-gú: Keng-hūi-tō͘