Frittlar

Frittlar (ital. fritta, frigo — qovuraman, quritaman) — shisha yoki keramikaning mikroelementlar (bor, pyx, marganets, molibden, mis, temir) bilan qotishmasi holidagi mikrooʻgʻit. Taʼsir etuvchi moddalar miqdori F. tayyorlash texnologiyasiga bogʻliq. Koʻproq konsentrlangan borli F.da 6% gacha, misli F.da 15,2% gacha, ruxli F.da 19% gacha, marganetsli F.da 26% gacha, molibdenli F.da 4,5% gacha mikroelement boʻladi. F. oʻsimliklar mikroelementlar bilan bir tekisda ozikdanadigan manbadir. F. tuprokda sekin eriydi (nordon muhitda tezroq), mikroelementlar yuvilib ketmasligi sababli oʻsimliklar bir necha yil davomida oʻzlashtiradi. F. oʻsimlik oʻsishini, mahsulot sifatini yaxshllaydi, baʼzi fermentlar, mas, askorbinoksidaza, peroksidaza, polifenokendazalar faolligani oshiradi, barg toʻqimalarining oksidlanishini kamaytiradi. Juda maydalangan F. tuproqqa asosiy ishlov berishda yoki ekish paytida organik va mineral oʻgʻitlar bilan birga solinadi.





Other Languages
català: Frita
English: Frit
español: Frita
eesti: Fritt
français: Fritte
polski: Fryta
português: Frita
svenska: Fritta