Frederick Soddy

Frederick Soddy (1877.2.9, Istborn — 1956.22.9) — ingliz radiokimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1910 yildan). Oksford universitetini tugatgan (1898). 1900—02 yilda Monrealdagi MakGill universitetida Ernest Rezerford bilan, 1903—04 yillarda London universitetida U. Ramzay bilan ishlagan. Glazgo universitetida dars bergan (1904—14), Aberdin (1914— 19) va Oksford (1919—36) universitetlarida prof. Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlik tadqiqotiga oid. E. Rezerford bilan hamkorlikda toriyX (radiy224) radioelementa ni kashf etdi (1902) va 2 ta emanatsiya (radon220 va radon222)ning kimyoviy inertligini isbot qildi, radioaktiv parchalanish nazariyasi asoslarini ishlab chikdi (1902), "yarim yemirilish davri" tushunchasini fanga kiritdi. William Ramsay bilan hamkorlikda radiy va radon radioaktiv parchalanganda geliy hosil boʻlishini isbot qildi. O. Gan va L. Meytnerlarga bogʻliq boʻlmagan holda protaktiniyni kashf etdi. Nobel mukofoti laureati (1921). Uning sharafiga mineral ( soddi) nomlangan [1] [2].

  • manbalar

Manbalar

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Other Languages
العربية: فردريك سودي
azərbaycanca: Frederik Soddi
تۆرکجه: فردریک سودی
беларуская: Фрэдэрык Содзі
беларуская (тарашкевіца)‎: Фрэдэрык Содзі
български: Фредерик Соди
čeština: Frederick Soddy
español: Frederick Soddy
français: Frederick Soddy
Gàidhlig: Frederick Soddy
hrvatski: Frederick Soddy
Bahasa Indonesia: Frederick Soddy
italiano: Frederick Soddy
Malagasy: Frederick Soddy
Plattdüütsch: Frederick Soddy
Nederlands: Frederick Soddy
پنجابی: فریڈرک سوڈی
português: Frederick Soddy
Runa Simi: Frederick Soddy
română: Frederick Soddy
srpskohrvatski / српскохрватски: Frederick Soddy
Simple English: Frederick Soddy
slovenčina: Frederick Soddy
српски / srpski: Фредерик Соди
Kiswahili: Frederick Soddy
Türkçe: Frederick Soddy
українська: Фредерік Содді
Tiếng Việt: Frederick Soddy
Yorùbá: Frederick Soddy
Bân-lâm-gú: Frederick Soddy