Flish

Flish ( nem. fl iessen — oqmoq) — dengiz choʻkindi togʻ jinslarining qalin qatlami ( seriyasi), qalinligi 1000 m gacha boʻlgan geologik yotqiziq. Asosan, chaqiq jinslardan iborat. Dengizning muayyan chuqur joylarida bir turdagi ohaktosh, qumtosh, gil, mergel kabi choʻkindi jinslarning oʻzaro takrorlanishidan hosil boʻladi. F. bir qancha kichik (bir necha sm dan bir necha dm gacha) sikllar (siklotema, siklosoma, qavatlar)dan tuziladi. Siklosomalar 2— 4 qavat, yoki elementlardan iborat boʻlib, pastki qismi donador jinslar (qumtosh, alevrolit, chaqiq ohaktoshlar)dan, yuqorisi esa, pelitlardan tarkib topgan boʻladi. F. uchun shakli ham paydo boʻlishi turlicha giyerogliflar xosdir. F.ning shaklliligi (ritmliligi) choʻkindi hosil boʻlish xususiyati — asosan, loyqali oqimning takrorlanish davrlariga bogʻliq. F. tipik geosinklinal formatsiya (geogeneratsiya) boʻlib, evgeosinklinal yoki miogeosinklinal orogen oldi rivojlanishiga xos. F. mikrofaunaga kambagʻal, baʼzan plankton mikroorganizmlar chigʻanoqlari (foraminifera, radiolyariylar)ga boy, yuqori qismida bentos foraminiferalari koʻp. Eng tipik F. geosinklinal rivojlanishning oʻrta bosqichida tarkib topadi. F. bilan neft va mineral suvlar bogʻliqboʻladi. F. proterozoy, paleozoy ( Ural), mezozoy ( Karpat) yotqiziqlarida koʻp uchraydi; Oʻzbekistonda Jan. Fargʻona (Krrachatir), Boʻkantov atroflarida bor.



Other Languages
aragonés: Flysch
català: Flysch
čeština: Flyš
Deutsch: Flysch
Ελληνικά: Φλύσχης
English: Flysch
Esperanto: Fliŝo
español: Flysch
euskara: Flysch
فارسی: فلیش
français: Flysch
galego: Flysch
hrvatski: Fliš
magyar: Flis
italiano: Flysch
ქართული: ფლიში
Nederlands: Flysch
norsk nynorsk: Flysch
română: Fliș
srpskohrvatski / српскохрватски: Fliš
slovenčina: Flyš
slovenščina: Fliš
shqip: Flishi
српски / srpski: Флиш
svenska: Flysch
українська: Фліш