Ekzistensializm

Ekzistensializm(lot. — yashash, mavjudlik), mavjudlik falsafasi — falsafadagi yoʻnalish. 20-asr boshida Rossiyada, 1-jahon urushidan keyin Germaniyada, 2-jahon urushi davrida Fransiyada, urushdan keyin boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. S.Kyerkegor (1813—55) taʼlimoti, hayot falsafasi, fenomenologiya E.ning gʻoyaviy manbai hisoblanadi. Diniy E. (K. Yaspers, G. Marsel, N.A. Berdyayev, L. Shestov, M. Bubur) va ateistik E. (M. Haydegger, J. P. Sartr, A. Kamyu) bir-biridan farqlanadi. Markaziy tushunchasi — ekzistensiya (inson mavjudligi). Inson mavjudligi asosan gʻamxoʻrlik, qoʻrqish, qatʼiylik, vijdon kabilarda namoyon boʻladi. Dahshat, qoʻrquv, oʻlim inson yashashining asosini tashkil etadi. Inson oʻzini ekzistensiya sifatida anglagandan keyin erkinlikka erishadi, bu erkinlik oʻz-oʻzini, oʻzining mohiyatini tanlashdan iborat boʻlib, insonga olamda yuz berayotgan barcha narsa uchun masʼuliyat yuklaydi. E. borliqning fojialiligini, uning mantiqqa xilofligini, inson ixtiyorida emasligini targʻib qiladi. E. oqim sifatida tugaganligiga qaramay, hozirgi kunda uning asosiy tamoyillari Yevropa xalqlari mentalitetiga singib ketgan. U gʻarb adabiyoti va sanʼatiga katga taʼsir koʻrsatgan.

Kierkegaard.jpg
Nietzsche.later.years.jpg
Faylasuflar Søren Kierkegaard va Friedrich Nietzsche, "ekzistensializm" atamasini ishlatmagan boʻlishsa-da, shu oqimga asos solganlar, deb bilinadi.

Ekzistensializm (lot. existentia - "mavjudlik") insonlar oʻz hayotlari maʼnosini oʻzlari yaratishlarini taʼkidlovchi falsafiy oqimdir.

Ekzistensializm mavjudlik maʼnosi olamshumuldir deb uqtiruvchi metafizik prinsiplarni rad etadi. Oqimga 19-asrda Kierkegaard hamda Nietzsche ishlari asos solgan, deb hisoblanadi. 1940-50 yillarda fransuz faylasuflari, jumladan Jean-Paul Sartre va Simone de Beauvoir ekzistensializm bilan bogʻliq ilmiy hamda taxayyuliy asarlar yozishgan, ularda "dahshat, zerikish, begonalashish, absurd, ozodlik, vafo, [va] boʻshliq" mavzulari yoritilgan.[1]

Shuningdek

Other Languages
Afrikaans: Eksistensialisme
Alemannisch: Existenzialismus
አማርኛ: ኅልውነት
العربية: وجودية
مصرى: وجوديه
asturianu: Esistencialismu
azərbaycanca: Ekzistensializm
башҡортса: Экзистенциализм
беларуская: Экзістэнцыялізм
беларуская (тарашкевіца)‎: Экзыстэнцыялізм
čeština: Existencialismus
Cymraeg: Dirfodaeth
Zazaki: Estbiyayenı
Ελληνικά: Υπαρξισμός
Esperanto: Ekzistadismo
español: Existencialismo
français: Existentialisme
Gaeilge: Eiseachas
贛語: 存在主義
interlingua: Existentialismo
Bahasa Indonesia: Eksistensialisme
íslenska: Tilvistarstefna
italiano: Esistenzialismo
日本語: 実存主義
la .lojban.: zatsi'o
한국어: 실존주의
Bahasa Melayu: Eksistensialisme
Nederlands: Existentialisme
norsk nynorsk: Eksistensialisme
ਪੰਜਾਬੀ: ਅਸਤਿਤਵਵਾਦ
português: Existencialismo
română: Existențialism
srpskohrvatski / српскохрватски: Egzistencijalizam
Simple English: Existentialism
slovenčina: Existencializmus
slovenščina: Eksistencializem
српски / srpski: Egzistencijalizam
Türkçe: Varoluşçuluk
українська: Екзистенціалізм
اردو: موجودیت
Tiếng Việt: Chủ nghĩa hiện sinh
中文: 存在主义
Bân-lâm-gú: Chûn-chāi-chú-gī
粵語: 存在主義