Diplomatiya

Ger van Elk, Symmetry of Diplomacy, 1975, Groninger Museum.

Diplomatiya (frans. — davlatlarning tashqi siyosat, sohasidagi vazifalarini amalga oshirish, shuningdek, chet elda huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi rasmiy faoliyati. "Diplomatiya" termini yunon tilidagi "ikki bukilgan qogʻoz" soʻzidan olingan. Qadimda Yunoniston va Rimda taxtakach muqova ichiga solingan xat elchilarga ular vakolatini tasdiqlovchi ishonch yorligʻi yoki hujjat sifatida taqdim etilgan. Bu termin hozirgi maʼnoda Gʻarbiy Yevropada 18-asr oxirida rasm boʻlgan. D. davlat tashqi siyosatining eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi, ana shu siyosatning maqsad va vazifalari D. shakli va uslublarini belgilab beradi. Diplomatik faoliyatning asosiy shakllari: diplomatik kongresslar, konferensiyalar yoki kengashlar; nota, memorandum, bayonot va h.k. shakllardagi diplomatik yozishma; xalqaro shartnomalarni tayyorlash va imzolash; davlatning elchixonalar va missiyalar orqali amalga oshiradigan chet eldagi vakilligi; xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish; tashqi siyosiy masalalar boʻyicha hukumat nuqtai nazarini matbuotda yoritish. Diplomatik muassasalar va ularning masʼul xodimlari diplomatik imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi. Xalqaro huquqqa binoan, diplomatik vakillarga oʻzlari ishlayotgan mamlakat ichki ishlariga aralashish man etiladi.

D.ning shakllanishi davlatning yuzaga kelishi, uning muayyan organlari va lavozimdor shaxslari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻzbek davlatchiligi tarixida chet ellar bilan muntazam aloqalar yoʻlga qoʻyilganligi yaxshi maʼlum. Amir Temur davlati Fransiya, Angliya, Kastiliya, Konstantinopol, Genuya va Venetsiya bilan elchilar orqali aloqalarni yoʻlga qoʻygan.

Oʻzbekiston mustaqil davlat boʻlgach, xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subʼyektiga aylandi. 120 dan ziyod davlat bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi (2002 yil yanvar). BMT, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa obroʻli xalqaro tashkilotlar va kengashlarga aʼzo boʻldi. Uning tashqi siyosati, diplomatik faoliyati OʻzR Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik hamda xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan boshqa qoida va meʼyorlariga asoslanadi. Teng huquqlilik, oʻzaro manfaatdorlik va oʻzaro hurmat Oʻzbekiston D.sining asosiy tamoyillaridir. OʻzR jahonda yangicha iqtisodiy tartib oʻrnatish, butun dunyoda, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida yalpi tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash uchun, xalqaro terrorizm va giyohvandlikka qarshi kurashda jahon hamjamiyati bilan birga faol harakat qilmoqda, bu yoʻlda barcha diplomatik kanallarni ishga solmoqda. Oʻzbekistonda D. kadrlari Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tayyorlanadi.

  • adabiyot

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
Afrikaans: Diplomasie
Alemannisch: Diplomatie
aragonés: Diplomacia
العربية: دبلوماسية
asturianu: Diplomacia
azərbaycanca: Diplomatiya
تۆرکجه: دیپلوماسی
башҡортса: Дипломатия
žemaitėška: Dipluomatėjė
беларуская: Дыпламатыя
беларуская (тарашкевіца)‎: Дыпляматыя
български: Дипломация
বাংলা: কূটনীতি
བོད་ཡིག: ཕྱི་འབྲིལ།
brezhoneg: Diplomatiezh
bosanski: Diplomatija
буряад: Дипломати
català: Diplomàcia
کوردی: دیپلۆماسی
čeština: Diplomacie
dansk: Diplomati
Deutsch: Diplomatie
English: Diplomacy
Esperanto: Diplomatio
español: Diplomacia
euskara: Diplomazia
فارسی: دیپلماسی
suomi: Diplomatia
français: Diplomatie
furlan: Diplomazie
Frysk: Diplomasy
galego: Diplomacia
客家語/Hak-kâ-ngî: Ngoi-kâu
עברית: דיפלומטיה
हिन्दी: राजनय
Fiji Hindi: Kutniti
hrvatski: Diplomacija
magyar: Diplomácia
Bahasa Indonesia: Diplomasi
Ilokano: Diplomasia
italiano: Diplomazia
日本語: 外交
Patois: Dipluumasi
ქართული: დიპლომატია
қазақша: Дипломатия
한국어: 외교
къарачай-малкъар: Дипломатия
Кыргызча: Дипломатия
Latina: Diplomatia
Limburgs: Diplomatie
lietuvių: Diplomatija
latviešu: Diplomātija
Malagasy: Diplaomasia
македонски: Дипломатија
മലയാളം: നയതന്ത്രം
Bahasa Melayu: Diplomasi
Mirandés: Diplomacie
Napulitano: Dipromazzia
नेपाली: कूटनीति
नेपाल भाषा: कूटनीति
Nederlands: Diplomatie
norsk nynorsk: Diplomati
norsk: Diplomati
occitan: Diplomacia
Oromoo: Dippilomaasi
ਪੰਜਾਬੀ: ਕੂਟਨੀਤੀ
polski: Dyplomacja
Piemontèis: Diplomassìa
پنجابی: ڈپلومیسی
português: Diplomacia
română: Diplomație
русский: Дипломатия
русиньскый: Діпломація
саха тыла: Дипломатия
sicilianu: Diprumazzìa
Scots: Diplomacy
srpskohrvatski / српскохрватски: Diplomacija
Simple English: Diplomacy
slovenčina: Diplomacia
slovenščina: Diplomacija
shqip: Diplomacia
српски / srpski: Diplomatija
svenska: Diplomati
Kiswahili: Diplomasia
тоҷикӣ: Дипломосӣ
Tagalog: Diplomasya
Türkçe: Diplomasi
татарча/tatarça: Дипломатия
українська: Дипломатія
Tiếng Việt: Ngoại giao
Winaray: Diplomasyá
хальмг: Диломатия
მარგალური: დიპლომატია
ייִדיש: דיפלאמאטיע
中文: 外交
Bân-lâm-gú: Goā-kau
粵語: 外交