Differensial hisob

Differensial hisob — matematikaning differensiallarni hisoblash, ularning xossalarini oʻrganish hamda funksiyalarni tekshirishga tatbiq qilish bilann shugʻullanadigan boʻlimi. 17-asrga kelib Yevropada ishlab chiqarish kuchlarining oʻsishi, turli mashina va inshootlarning yaratilishi, kemasoalikning rivojlanishi, ballistika (umuman, harbiy ish) talablari aniq fanlar, jumladan matematika oldiga juda koʻp yangi masalalarni qoʻyganligi munosabati bilann differensial hisob va integral hisob gʻoyalari vujudga keldi. Differnsial hisobning vujudga kelishidagi dastlabki ishlar egri chiziqqa urinma oʻtkazish masalasini yechishda Ferma, René Descartes va boshqa matematiklar tomonidan qilingan. Isaac Newton va Gottfried Leibniz oʻzlaridan avvalgi matematiklarning bu boradagi ishlarini nihoyasiga yetkazdilar. 17-asr oxiri va 18 asr boshlarida matematik analiz mustaqil fan sifatida shakllandi.

Tarixi

Hosilalar bilan bogʻliq bir necha tushunchalar qadimdan maʼlum boʻlgan boʻlsa ham, ularning hozirgi holini fanga kiritgan deb Isaac Newton (1643-1727) va Gottfried Leibniz (1646-1716) tilga olinadi. Ular mustaqil ravishda (bir-biridan alohida) differensial hisob va hosilalar haqida yozishgan. Ular qoʻshgan eng katta hissa boʻlsa integral hisob bilan differensial hisob orasidagi bogʻlanishni koʻrsatib berish boʻlgan. Ikkalasi Isaac Barrow (1630-1677), René Descartes (1596-1650), Christiaan Huygens (1629-1695), Blaise Pascal (1623-1662) va John Wallis (1616-1703) kabi matematiklar ishiga tayanishgan. Hosilaning birinchi rivojlatirgan odam deb Barrow tilga olinadi, ammo Newton va Leibniz hosila tarixidagu eng muhim shaxslardir. Chunki ularning hissasi eng katta boʻlgan. Newton differnsial hisbodan nazariy fizikda birinchi qoʻllangan, Liebniz boʻlsa hozirda ishlatiladigan belgilashlarning katta qismini ishlab chiqqan.

Other Languages
العربية: تفاضل
مصرى: اشتقاق
অসমীয়া: অৱকলন
беларуская (тарашкевіца)‎: Дыфэрэнцыйнае зьлічэньне
বাংলা: অন্তরকলন
客家語/Hak-kâ-ngî: Mì-fûn
हिन्दी: अवकल गणित
Bahasa Indonesia: Kalkulus diferensial
íslenska: Deildun
日本語: 微分法
lietuvių: Išvestinė
मराठी: भैदिक कलन
norsk nynorsk: Differensialrekning
Piemontèis: Càlcol diferensial
සිංහල: අවකලනය
Simple English: Differential calculus
Tiếng Việt: Vi phân
吴语: 微分学
中文: 微分学
Bân-lâm-gú: Bî-hun
粵語: 微分