Dializ

Dializ (yun. dialysis — ajratish) — kolloid sistemalar va yuqori molekulali birikmalarning eritmalari tarkibidagi kuyi molekulali moddalarni yarimoʻtkazgich membranalar (kichik molekula va ionlarni oʻtkazib, kolloid zarrachalar hamda ionlarni va makromolekulalarni ushlab qoladigan pardalar) yordamida yoʻqotish. Diffuziya qonunlariga asoslangan. Dializatorlarda olib boriladi. Oddiy dializator distillangan suv saqlanadigan idish (3) va suvga botib turadigan shisha silindr (1) dan iborat. Shisha silindrning ogʻzi ochiq boʻlib, tubi parda — membrana (2) bilan toʻsilgan. Silindrga tozalanadigan kolloid eritma quyiladi. Idishdagi suv silindr devorlarini yuvib, muttasil oqib turadi. Kolloid eritmaning ion va mole-kulalari silindr tagidagi pardadan oʻtib, suvning ion va molekulalari bilan almashinadi. Bu jarayon juda sekin oʻtadi. Ionlarning diffuziyalanish jarayonini elektr maydon taʼsirida tezlashtirish mumkin. Elektr dializator dializlanadigan sistemalarni elektrolitlardan tozalashni bir necha oʻn marta tezlatadi. D. sanoatda turli moddalarni tozalashda ishlatiladi. Mas, sunʼiy tolalar i.ch.da (gemitsellyulozadan ishkrrni ajratish), jelatinani tozalashda, shuningdek, farmatsevtik preparatlar tayyorlashda qoʻllaniladi.

  • adabiyot

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Other Languages
العربية: غسيل كلوي
bosanski: Dijaliza
čeština: Dialýza
Cymraeg: Dialysis
dansk: Dialyse
Deutsch: Dialyse
English: Dialysis
Esperanto: Dializo
español: Diálisis
euskara: Dialisi
فارسی: دیالیز
suomi: Dialyysi
français: Dialyse
Gaeilge: Scagdhealú
עברית: דיאליזה
हिन्दी: डायलिसिस
hrvatski: Dijaliza
magyar: Dialízis
Bahasa Indonesia: Dialisis
日本語: 人工透析
ქართული: დიალიზი
한국어: 인공투석
lietuvių: Dializė
മലയാളം: ഡയാലിസിസ്
Bahasa Melayu: Dialisis
Nederlands: Dialyse
norsk nynorsk: Dialyse
norsk: Dialyse
polski: Dializa
português: Diálise
srpskohrvatski / српскохрватски: Dijaliza
Simple English: Dialysis
shqip: Dializa
српски / srpski: Дијализа
svenska: Dialys
Türkçe: Diyaliz
українська: Діаліз (урологія)
中文: 透析
粵語: 洗腎