Dehli

Dehli — Hindiston poytaxti va Dehli ittifoqdosh hududining maʼmuriy markazi. Aholisi 9,4 mln. kishi (1997). Hindistonning shim.-gʻarbida Jamna daryosi boʻyida, dengiz sathidan 216 m balandlikda joylashgan. D.da iyul oyining oʻrtacha t-rasi 31°, yanvar niki 14,2°. Bir yilda oʻrtacha 660 mm yogʻin yogʻadi.

Hoz. D. qadimgi Indraprastxa (Indarpat) sh. yaqinida 8-asrning 1-yarmida barpo etilgan. 1206 yildan Dehli sultonligining , 1526 yildan Boburiylar saltanatining poytaxti (D. shahrini poytaxt tutgan hukmdorlarning deyarli barchasi turkiylar boʻlgan). 1803 yilda D.ni inglizlar bosib oldi. 1857—59 yillarda shahar hind milliy qoʻzgʻolonining muhim markazlaridan biri boʻlgan. 1911 yildan Britaniya Hindistonining poytaxti, oʻsha yildan D.ning jan.-gʻarbida Yangi shahar (Nyu-Deli) qurila boshladi. 1947 yildan mustaqil Hindiston poytaxti, 1950 yildan Hindiston Respublikasi poytaxti.

D. — mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Hindiston shim.dagi muhim transport yoʻllari tuguni. Bu yerdan mamlakatning turli tomoniga va chet mamlakatlarga temir yoʻl, avtomobil va havo yoʻllari ketgan. D.da 3 ta aeroport mavjud. Shaharda poytaxt aholisi ehtiyoji uchun mahsulot ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj, koʻn poyabzal, oyna-keramika, kimyo-farmatsevtika, elektronika, metallsozlik va mashinasozlik koʻproq rivojlangan. D. qadimdan anʼana boʻlib kelayotgan badiiy hunarmandchilik (fil suyagi oʻy-makorligi, nafis zargarlik buyumlari, oltin va kumush buyumlar i. ch.) bilan ham mashhur.

D.ning eski qismi — Shohjahonobodda qad. meʼmoriy va sanʼat yod-gorliklaridan shahar devori (qisman) darvozalari bilan, Dehli jome masjidi, Laʼl-Qila (Qizil fort) saroy kompleksida Boburiylar davrining oq marmardan ishlangan saroylari (RangMahal, Devoni-Om, Devoni-Kxas, barchasi 1639—48 yillarda qurilgan), Marvarid masjid (1660) bor. Eski shahardan jan.ga tomon Feruzobod sh. vayronalari (1351—88), Kulon (1380) va Qilai-Koʻhna (1545) masjidlari bilan Purana-Qila saroy-qoʻrgʻon ansambli (1540), Humoyun maqbarasi (1565) va b. saqlangan. D.ning eski qismidan 20 km janubda 4 ta shaharqalʼa mavjud: Siri (1303 yilda qurila boshlagan), Jahonpanoh (14-asr), Toʻgʻloqobod (1325, Gʻiyosiddin maqbarasi) va Laʼl-Kot (12-asr oxiri). Laʼl-Kotda Temir ustun (415), Quvvat ul-Islom masjidi (1193 yilda qurila boshlagan), Qutb Minor minorasi, Eltutmish maqbarasi (1235 yildan boshlab) mavjud. D.ning yangi qismi katta maydonlar, bogʻlar va ulardan boshlangan keng koʻchalardan iborat boʻlib, u yerda "Hindiston Darvozasi", markaziy hukumat qarorgohi, maʼmuriy idoralar, banklar va b. joylashgan. 2 ta universitet, koʻplab kollej va in-tlar, Sanʼat va b. akademiyalar, badiiy galereyalar, muzeylar, Mahatma Gandi va Javoharlal Neru memorial muzeylari, teatrlar, Milliy muzey, amfiteatr, rasadxona va b. bor. Koʻplab zamona-viy turar joy binolari qurilgan.

  • adabiyot

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Other Languages
адыгабзэ: Дели
Afrikaans: Delhi
Alemannisch: Delhi
አማርኛ: ዴሊ
aragonés: Delhi
العربية: دلهي
مصرى: ديلهى
অসমীয়া: দিল্লী
asturianu: Delhi
azərbaycanca: Dehli
تۆرکجه: دهلی
башҡортса: Дели
беларуская: Дэлі
беларуская (тарашкевіца)‎: Дэлі
български: Делхи
भोजपुरी: दिल्ली
বাংলা: দিল্লি
বিষ্ণুপ্রিয়া মণিপুরী: দিল্লী
brezhoneg: Delhi
bosanski: Delhi
буряад: Дели
català: Delhi
нохчийн: Дели
کوردی: دێھلی
čeština: Dillí
Cymraeg: Delhi
dansk: Delhi
Deutsch: Delhi
dolnoserbski: Delhi
ދިވެހިބަސް: ދިއްލީ
Ελληνικά: Δελχί
English: Delhi
Esperanto: Delhio
español: Delhi
eesti: Delhi
euskara: Delhi
estremeñu: Delhi
فارسی: دهلی
suomi: Delhi
Na Vosa Vakaviti: Delhi
føroyskt: Delhi
français: Delhi
Gaeilge: Delhi
贛語: 德里
Gàidhlig: Delhi
galego: Delhi
गोंयची कोंकणी / Gõychi Konknni: Dil'li
ગુજરાતી: દિલ્હી
עברית: דלהי
हिन्दी: दिल्ली
hrvatski: Delhi (grad)
magyar: Delhi
հայերեն: Դելի
Bahasa Indonesia: Delhi
Ilokano: Delhi
ГӀалгӀай: Дели
íslenska: Delí
italiano: Delhi
日本語: デリー
Patois: Deli
ქართული: დელი
Kabɩyɛ: Teeli
қазақша: Дели
kalaallisut: Delhi
ಕನ್ನಡ: ದೆಹಲಿ
한국어: 델리
कॉशुर / کٲشُر: دلھی
kurdî: Delhî
kernowek: Delhi
Кыргызча: Дели
Latina: Dellium
Ladino: Delhi
лезги: Дели
lingála: Delhi
لۊری شومالی: دئھلی نو
lietuvių: Delis
latviešu: Deli
मैथिली: दिल्ली
Malagasy: Faritan'i Delhi
олык марий: Дели
Māori: Delhi
മലയാളം: ഡെൽഹി
монгол: Дели
मराठी: दिल्ली
Bahasa Melayu: Delhi
မြန်မာဘာသာ: ဒေလီမြို့
Plattdüütsch: Delhi
नेपाल भाषा: दिल्ली
Nederlands: Delhi (stad)
norsk nynorsk: Delhi
norsk: Delhi
Chi-Chewa: Delhi
occitan: Delhi
Livvinkarjala: Delhi
ଓଡ଼ିଆ: ଦିଲ୍ଲୀ
Ирон: Дели
ਪੰਜਾਬੀ: ਦਿੱਲੀ
Kapampangan: Delhi
polski: Delhi
پنجابی: دلی
پښتو: ډېلي
português: Deli
Runa Simi: Dilhi
română: Delhi
tarandíne: Delhi
русский: Дели
русиньскый: Делі
संस्कृतम्: देहली
саха тыла: Дели
Scots: Delhi
سنڌي: دهلي
davvisámegiella: Delhi
srpskohrvatski / српскохрватски: Delhi
Simple English: Delhi
slovenčina: Dillí
slovenščina: Delhi
српски / srpski: Делхи
svenska: Delhi
Kiswahili: Delhi
ślůnski: Delhi
தமிழ்: தில்லி
తెలుగు: ఢిల్లీ
тоҷикӣ: Деҳлӣ
ไทย: เดลี
Türkmençe: Deli
Tagalog: Delhi
Türkçe: Delhi
татарча/tatarça: Dähli
Twi: Delhi
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: دېھلى
українська: Делі
اردو: دہلی
vèneto: Delhi
vepsän kel’: Deli
Tiếng Việt: Delhi
Volapük: Delhi
Winaray: Delhi
吴语: 德里
მარგალური: დელი
ייִדיש: דעלהי
Yorùbá: Delhi
中文: 德里
Bân-lâm-gú: Delhi
粵語: 德里