Charles Édouard Guillaume

Gilom, Giyom (Guillaume) Sharl Eduard (1861.15.2, Flerye - 1938.13.6, Parij) — shveysariyalik fizik va metrolog. Ilmiy ishlari asosan metrologiyaga oid. 1883—89 yillarda chiziqli kengayish koeffitsiyentini aniqlashga va metrning platina-iridiyli etalonlarini bir-biriga solishtirishga oid ishlarda katnashgan. G. 1 kg suvning hajmini aniqlagan. Aniq asbobsozlik, metrologiya va geodeziya sohalarida katta ahamiyatga ega boʻlgan invar tipidagi krtishmalar seriyasini yaratgan. Nobel mukofoti laureati (1920).[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Other Languages
беларуская: Шарль Эдуар Гіём
български: Шарл Едуар Гийом
Bahasa Indonesia: Charles Guillaume
latviešu: Šarls Gijoms
македонски: Шарл Едуар Гијом
српски / srpski: Шарл Едуар Гијом
татарча/tatarça: Шарль-Эдуар Гийом
українська: Шарль-Едуар Гійом