Buyuk tekisliklar

Buyuk tekisliklar — togʻ oldi platosi, Shim. Amerikaning Sharqiy Kordilyera togʻlariga tutashib ketgan, AQSH va Kanada hududida. Jan.sharqdan shim.gʻarbga 29° shahrik. dan 62° shahrik. gacha 3600 km uzunlikka choʻzilgan, kengligi 550–800 km. Geologik jihatdan Shim. Amerika (Kanada) platformasining chekka kismi. Kristall jinslar, ohaktosh, qumtosh va lyosslar bilan qoplangan. Bal. sharqda 500 m dan gʻarbda 1700 m gacha. Jan.da karst rivojlangan. Jarliklar Buyuk tekisliklar ni alohida qismlarga ajratib yuborgan: Eduarde platosi, LyanoEstakado, Buyuk tekisliklar va Missuri. Buyuk tekisliklar neft, toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmirga, tabiiy gaz va osh tuziga boy. Iqlimi kontinental, shim. da moʻʼtadil, jan.da subtropik iqlim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi shim.da —28°, jan.da 12°, iyulniki shim.da 13°, jan. da 28°. Yillik yogin 250–600 mm. Daryolari kamsuv, tez oqadi. Yirik daryolari — Missuri, Platt, Arkanzas, Kolorado, Pekos; sugʻorishda keng foydalaniladi. Tuprogʻi kashtan, qoʻngʻiroʻrmon qora tuproq. Tabiiy oʻsimligi asosan dasht va oʻrmondasht oʻsimliklari, jan.da alohida savannalar uchraydi. Buyuk tekisliklar da asosan yaylov chorvachiligi rivojlangan, sugoriladigan yerlarda paxta, qand lavlagi, kartoshka kabi ekinlar yetishtiriladi.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
Afrikaans: Groot Vlaktes
azərbaycanca: Böyük Düzənliklər
беларуская: Вялікія раўніны
български: Големи равнини
bosanski: Velika nizija
català: Grans Planes
čeština: Velké planiny
Deutsch: Great Plains
English: Great Plains
français: Grandes Plaines
hrvatski: Velika nizina
Bahasa Indonesia: Dataran Great Plains
italiano: Grandi Pianure
ქართული: დიდი ვაკეები
қазақша: Ұлы жазықтар
Lëtzebuergesch: Great Plains
Bahasa Melayu: Great Plains
Nederlands: Great Plains
پنجابی: وڈے میدان
português: Grandes Planícies
srpskohrvatski / српскохрватски: Velika nizina
Simple English: Great Plains
slovenčina: Veľké prérie
српски / srpski: Велике равнице
svenska: Great Plains
Türkçe: Büyük Ovalar
татарча/tatarça: Бөек тигезлекләр
українська: Великі рівнини
粵語: 大平原