Bernardo Houssay

Bernardo Houssay (1887.10.4, Buenos-Ayres — 1971.21.9) — argentinalik fiziolog . Argentina biol. jamiyatining prezidenti. Buenos-Ayres universitetini tugatgan, shu joyda prof. (1910 yildan; tibbiyot dri, 1911). Buenos-Ayresda biol. va eksperimental tibbiyot institutiga asos solgan va direktori boʻlgan (1943—55). Ilmiy faoliyati fiziologiya va endokrinologiyaga oid. Qalqonsimon bez, gipofiz, buyrak usti bezi poʻstlogʻi gormonlarining uglevodlar almashinuvidagi ahamiyatini, shuningdek, qandli diabet kasalligida uglevodlar almashinuvi izdan chiqishini aniqlagan. AQSH Milliy FAning xorijiy aʼzosi, London qirollik jamiyati va boshqa FA hamda jamiyatlar aʼzosi. Nobel mukofoti laureati (1947)[1].

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Other Languages
български: Бернардо Усай
čeština: Bernardo Houssay
français: Bernardo Houssay
Bahasa Indonesia: Bernardo Alberto Houssay
lietuvių: Bernardo Houssay
Nederlands: Bernardo Houssay
português: Bernardo Houssay
Runa Simi: Bernardo Houssay
Simple English: Bernardo Houssay
Kiswahili: Bernardo Houssay
Tiếng Việt: Bernardo Houssay