Benzin

Benzin (frans. benzine) — turlicha tuzilgan uglevodorodlar aralashmasi, 30—205° oraligida qaynaydigan rangsiz suyuklik. Muzlash temperaturasi — 60° , alangalanish temperaturasi 0° dan past, zichligi 680–780 kg/m3. Havoda B. butlari konsentratsiyasi 0,074—0,123 kg/m3 ga yetganda portlaydigan aralashmalar hosil boʻladi. B., asosan, neftni haydash va katalitik qayta ishlash yoʻli bilan; ozroq toshkoʻmir va yonuvchi slaneslarni qayta ishlash yoʻli bilan (q. Gidrogenlash), shuningdek tabiiy va yoʻlakay gazlardan olinadi. B. asosan ichki yonuv dvigatellari uchun yonilgʻi sifatida ishlatiladi. B. erituvchi, yuvadigan suyuklik sifatida va boshqa maqsadlar uchun qoʻllaniladi. Yonilgʻi sifatida ishlatiladigan B. avtomobil va aviatsiya bsnzinlariga boʻlinadi.

B.ning eng muhim ekspluataiion xossasi — detonatsion turgʻunligi, yaʼni dvigatelda B. qisilgan vaqtda oʻzuzidan alangalanib ketishiga qarshilik qila olishidir. B.ning antidetonatsion xossalari oktan soni bilan, aviatsiya B.ning shunday xossalari yana B. boy aralashmasining navliligi bilan baholanadi. Bir xil rejim va birday sharoitda (etalon yonilgʻiga nisbatan) sin al ganda dvigatelda detonatsiya boshlanish rejimida indikator bosimishshg kattaligini koʻrsatadigan son (foizlarda ifodalanadi) B.ning navliligi deb ataladi. B.ning oktan soni yoki navliligi qancha yuqori boʻlsa, antidstonatsion xossalari oʻshancha yaxshi boʻladi. B. ana shu xossalarga asosan rusumlarga boʻlingan (aviatsiya B.ning turgʻunligini oshirish uchun unga tetraetilqoʻrgʻoshin qoʻshiladi). Bunday (etillangan) B. zaharli, shuning uchun u bilan ishlaganda ehtiyoj boʻlish zarur. Etillaigan B.ni etillanmagan B.dan ajratish uchun unga rang qoʻshib qoʻyiladi. Oʻzbekistonda 3 ta neftmi qayta ishlash korxonasi (Fargʻona, Oltiariq va Buxoro) mavjud boʻlib. ular "Oʻzneftniqaytaishlash" aksiyadorlik kompaniyasiga boʻysunadi. Bu korxonalarda etillanmagan va etillangan A72 va A76, etillangan A92 va etillanmagan Li93 hamda Ai95 rusumidagi avtoben;inlar, shuningdek B92 rusumli aviatsiya benzini ishlab chiqariladi. B. inson organizmiga asosan oʻpka or’t kirib, salbiy taʼsir etadi. B. bugʻl;idan bir yoʻla zaharlangan kishining . shi ogʻriydi, tomogʻida noxush sezgi ‘aido boʻladi, yoʻtal tutadi, koʻz va burfch shilliq pardasi taʼsirlanadi, qattiq zaharlangan kishining boshi aylau^di, gandiraklaydi, tomir urishi siyfslashadi. B.dan surunkasiga zaharlan;y kishining boshi ogʻriydi. uyqusi s iladi, injiq, tez charchaydigan boʻlib ; (ladi, ozib ketadi, yurak sohasi ogʻriyd"| va h.k. Bir yoʻla zaharlangan kishi sof i^iBora olib chiqiladi, kislorod beriladi, yurakni quvvatlaydigan va asabni tinchlaoʻtiradigan dorilar buyuriladi; nafasi toʻxtab qolgan boʻlsa, sunʼiy nafas oldiriladi. B. meʼdagatushgan boʻlsa, oʻsimlik moyi (30—50 g) ichiriladi. Surunkasiga zaharlangan kishi organizmini mustahkamlash maqsadida umumiy davo qilinedi. fizioterapiya buyuriladi. B. bilan ishlashdan vaqtincha chetlatlladi. Asab va endokrin bezlarning funksional kasalliklari boʻlgam kishilar B. bilan ishlashga qoʻyilmaydi.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • Topliva, smazochnie materiali, texnicheskiye jidkosti. Assortimenti i primeneniye (spravochnoye izdaniye pod red. V. I. Shkolnikova). M., 1989.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
Afrikaans: Petrol
አማርኛ: ቤንዚን
aragonés: Benzina
مصرى: بنزين
asturianu: Gasolina
azərbaycanca: Benzin
беларуская: Бензін
беларуская (тарашкевіца)‎: Бэнзін
български: Бензин
भोजपुरी: पेट्रोल
বাংলা: পেট্রল
bosanski: Benzin
català: Gasolina
čeština: Benzín
dansk: Benzin
Deutsch: Motorenbenzin
Zazaki: Benzin
Ελληνικά: Βενζίνη
English: Gasoline
Esperanto: Benzino
español: Gasolina
eesti: Bensiin
euskara: Gasolina
فارسی: بنزین
suomi: Bensiini
Frysk: Benzine
Gaeilge: Peitreal
贛語: 汽油
Gàidhlig: Peatrail
galego: Gasolina
客家語/Hak-kâ-ngî: Khì-yù
עברית: בנזין
हिन्दी: पेट्रोल
hrvatski: Benzin
magyar: Benzin
Հայերեն: Բենզին
interlingua: Gasolina
Bahasa Indonesia: Bensin
Ido: Benzino
íslenska: Bensín
italiano: Benzina
日本語: ガソリン
Basa Jawa: Bènsin
ქართული: ბენზინი
қазақша: Бензин
한국어: 휘발유
Кыргызча: Бензин
Latina: Benzinum
Limburgs: Benzien
Ligure: Gasolio
lietuvių: Benzinas
latviešu: Benzīns
മലയാളം: പെട്രോൾ
Bahasa Melayu: Petrol
မြန်မာဘာသာ: ဓာတ်ဆီ
नेपाली: पेट्रोल
नेपाल भाषा: ग्यासोलिन
Nederlands: Benzine
norsk nynorsk: Bensin
norsk: Bensin
ਪੰਜਾਬੀ: ਪਟਰੋਲ
polski: Benzyna
پنجابی: پٹرول
português: Gasolina
română: Benzină
русский: Бензин
संस्कृतम्: पेट्रोल्
саха тыла: Бензин
sicilianu: Binzina
Scots: Petrol
srpskohrvatski / српскохрватски: Benzin
Simple English: Gasoline
slovenčina: Benzín
slovenščina: Bencin
српски / srpski: Motorni benzin
Seeltersk: Motooren-Benzin
Basa Sunda: Bénsin
svenska: Bensin
Kiswahili: Petroli
தமிழ்: பெட்ரோல்
తెలుగు: పెట్రోల్
тоҷикӣ: Бензин
Tagalog: Gasolina
Türkçe: Benzin
татарча/tatarça: Бензин
тыва дыл: Бензин
українська: Бензин
Tiếng Việt: Xăng
Winaray: Gasolina
Wolof: Esaas
ייִדיש: בענזין
中文: 汽油
Bân-lâm-gú: Ga-só͘-lín
粵語: 電油