Basketbol

Basketbol (ing . basket — savat, ball — toʻp) — sport turi, 3,05 m balanddagi savatli halqaga toʻpni qoʻlda tashlab oʻynaladigan jamoa oʻyini. B. mashgʻuloti va musobaqalari uchun toʻrtburchak maydoncha (oʻlchami 26x14 m) yoki zal (balandligi 7 m) talab qilinadi. Har bir jamoada 12 nafardan oʻyinchi boʻlib, maydonga bir yoʻla har jamoadan 5 tadan oʻyinchi tushiriladi (bu oʻyinchilar almashtirilishi mumkin). Qaysi jamoa raqibining savatiga koʻp toʻp tushirsa, oʻsha yutgan hisoblanadi. Uyinda savatga tushirilgan toʻp uchun 2 ochko, jarima belgilanganda tushirilgan toʻp uchun 1 ochko, jarimadan tashqaridagisi uchun 3 ochko beriladi. Erkaklar 40 min., ayollar 36 min., 15 — 16 yashar oʻsmirlar va qizlar 30 min., 13 — 14 yashar oʻgʻil va qiz bolalar 24 min. oʻynashadi. Oʻyin 2 qismdan iborat, orada 10 min. dam olinadi. Belgilangan vaqtda jamoalar baravar ochko olsa, biror jamoa gʻolib chiqquncha 5 min.dan qoʻshimcha vaqt beriladi. B. vatani AQShdir (1891). Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA; 1932 y. tuzilgan)ga 177 mamlakat aʼzo (1991). B. 1936 y.dan Olimpiya uyinlari dasturiga kiritilgan. 1950 y.dan B. boʻyicha jahon chempionati oʻtkazib kelinadi. B. Oʻzbekistonda 1921 y.dan oʻynala boshlagan. Oʻzbekistonlik R. Salimova 2 marta jahon hamda olimpiya oʻyinlari chempioni boʻlgan. B. boʻyicha Oʻzbekiston respublika federaiiyasi oliy liga jamoalari oʻrtasida musobaqalar tashkil etib kelmoqda. Oliy ligada Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri hamda Sirdaryo va Navoiy viloyati basketbolchilari musobaqalashadi. Oʻzbekiston terma jamoasi 1997 y. II Markaziy Osiyo oʻyinlari — "Sprayt chellenje" xalqaro turnirining gʻolibi boʻldi (terma jamoa bosh ustozi A. Adisman, jamoa aʼzolari 3. Xabibulin, M. Sha-fenkov, R. Karimov, S. Demurin, B. Mirodilov, T. Abbosov, V. Petrishchev).[1]

Michael Jordan basketbol matchida slam dunk qilmoqda.

Basketbol — inglizcha basketball soʻzida olingan (basket — savat, ball — toʻp) boʻlib, har birida beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Uyindan bosh maqsad — toʻpni qoʻl bilan oʻynagan xolda 3,05 m balandlikdagi shitga mustaxkamlangan savatga tushirib, imkon qadar koʻproq ochko olish. Xar bir jamoada beshtadan oʻyinchi ishtirok etadi.

Basketbolning vatani AQSh, uning «otasi» esa James Naismith hisoblanadi. Oʻyin XIX asr oxirida paydo boʻlgan. Springfild xalqaro mashgulotlar maktabining jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, bir paytlar ajoyib regbichi va gimnastikachi boʻlgan James Naismith (1861-yil tug'ilgan — 1932-yil vafot etgan) talabalarning qishki paytda jismonan yanada koʻproq chiniqtirish maqsadida zalda toʻp bilan oʻynaladigan yangi oʻyin oʻylab topdi. U toʻpni tashlash orqali talabalarning merganligini tekshirib koʻrish uchun qorovuldan ikki boʻsh quti keltirishni iltimos qildi. Quti topa olmagan qorovul meva solinadigan savat keltirdi. Savatlarni balandligi 3,05 m bulgan zalning ikki tomonidagi balkonga oʻrnashtirdi. SHu tariqa basketbol vujudga keldi. Neysmit yangi oʻyinning qoidalarini ishlab chiqdi va 1891 yilning 21 dekabrda Springfild maktabining zalida birinchi basketbol uchrashuvi oʻtkazildi. Guruxda 18 talaba mavjud edi. Uyinda xar biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. Basketbolning dastlabki qoidalari 13 qismdan iborat edi va ulardan baʼzilari xozirgacha saqlanib qolingan. 1893 yilda savatlarni toʻrli temir aylana bilan almashtirishdi. 1895 yilda esa ular shitlarga oʻrnatildi. Oradan 2 yil oʻtgach, xar bir jamoada 5 kishidan maydonga tushadigan boʻlishdi.1893 yilda frantsiyalik Mel Ridu Springfild kollejini bitirgach, vataniga qaytdi va xamyurtlarini yangi oʻyin bilan tanishtirdi. SHu tariqa basketbol butun Yevropaga tarqala boshladi. 1894 yilda esa Bob Geyli xitoyliklarni, Dunkan Petton esa xindlarni basketbol bilan tanishtirdi. 1927 yilning sentyabrda Jeneva jismoniya tarbiya maktabi ochildi va Springfild kolleji oʻqituvchisi doktor Elmer Beri maktab direktorii etib tayinlandi. Ushbu maktab bitiruvchilari tufayli basketbol Latviya, Litva, Italiya, Frantsiya, CHexoslavakiyada ommaviylashib ketdi. Koʻpgina mamlakatlarda basketbol assotsiatsiyalari tashkil topdi. 1932 yil 18 iyunda Jenevada milliy basketbol assotsiatsiyalarining dastlabki xalqaro konferentsiyasi oʻtkazildi va unda Xalqaro Basketbol Federatsiyasi (FIBA) tashkil etildi. 1999 yilga kelib FIBAga aʼzo davlatlar soni 180 dan oshib ketdi. 1936 yilgi Berlin Olimpiadasidan boshlab basketbol Olimpiadalar dasturidan oʻrin oldi. 1935 yildan Yevropa, 1950 yildan boshlab jaxon chempionatlari oʻtkazilib kelinmoqda. Ayollar basketboli esa 1976 yili Monrealdagi Olimpiadada debyutini nishonladi.AQSH t/j dunyodagi eng kuchli basketbol jamoasi xisoblanadi. Jaxondagi eng kuchli basketbol ligasi xam Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA)dir. Liganing nomdor professional basketbolchilari 1992 yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH t/j sharafini yirik musobaqalarda xam ximoya qilib kelmoqda. Olimpiada oʻyinlari basketbol turnirida eng koʻp AQSH t/j golib chiqqan — 12 marta, Faqatgina SSSR 2 marta (1972, 1988), Yugoslaviya (1980) va Argentina (2004) Olimpiada chempioni nomini tortib olgan.Basketbol tarixidagi eng buyuk oʻyinchilar AQSHlik Karim Abduljabbar, Lerri Berd, Medjik Djonson, Uilt CHemberlen, Uilyam Rassel, Maykl Jordon xisoblanishadi. Zamonaviy basketbol yulduzlaridan SHakil Oʻnil, Kobi Brayant, Tim Dankan, Alen Ayverson, Lebron Djeymslarni eʼtirof etish mumkin. Yevropa basketboli yulduzlaridan rossiyalik Andrey Kirilenko, germaniyalik Dirk Novitski, ispaniyalik Pou Gazol, serbiyalik Predrag Stoyakovich va frantsiyalik Toni Parkerlarni eʼtirof etish mumkin. SHuningdek xitoylik Yao Min va argentinalik Emmanuel Jinobili xam Dune basketbol ixlosmandlari orasida katta nufuzga ega.

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Other Languages
Afrikaans: Basketbal
Alemannisch: Basketball
aragonés: Baloncesto
Ænglisc: Cawlþōðer
العربية: كرة السلة
asturianu: Baloncestu
azərbaycanca: Basketbol
تۆرکجه: بسکتبال
башҡортса: Баскетбол
Boarisch: Basketboi
žemaitėška: Krepšėnis
Bikol Central: Basketbol
беларуская: Баскетбол
беларуская (тарашкевіца)‎: Баскетбол
български: Баскетбол
Bahasa Banjar: Baskét
brezhoneg: Basketball
bosanski: Košarka
буряад: Баскетбол
català: Basquetbol
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Lài-giù
нохчийн: Баскетбол
Tsetsêhestâhese: Hohtsemo
čeština: Basketbal
Чӑвашла: Баскетбол
Cymraeg: Pêl-fasged
dansk: Basketball
Deutsch: Basketball
Thuɔŋjäŋ: Dökthiɔ̈l
Zazaki: Basketbol
English: Basketball
Esperanto: Korbopilkado
español: Baloncesto
eesti: Korvpall
euskara: Saskibaloi
estremeñu: Baloncestu
فارسی: بسکتبال
suomi: Koripallo
Võro: Korvpall
føroyskt: Kurvabóltur
français: Basket-ball
furlan: Bale tal zei
Frysk: Basketbal
Gaeilge: Cispheil
Gàidhlig: Ball-basgaid
galego: Baloncesto
Avañe'ẽ: Ajakakuapytĩ
客家語/Hak-kâ-ngî: Làm-khiù
עברית: כדורסל
हिन्दी: बास्केटबॉल
Fiji Hindi: Basketball
hrvatski: Košarka
Kreyòl ayisyen: Baskètbòl
magyar: Kosárlabda
հայերեն: Բասկետբոլ
interlingua: Basketball
Bahasa Indonesia: Bola basket
Interlingue: Basketball
Ilokano: Basketbol
italiano: Pallacanestro
Patois: Baaskitbaal
Basa Jawa: Baskèt
ქართული: კალათბურთი
Qaraqalpaqsha: Basketbol
Kabɩyɛ: Ɖaakuɖe pombo
қазақша: Баскетбол
한국어: 농구
kurdî: Basketbol
коми: Кудсяр
Кыргызча: Баскетбол
Lëtzebuergesch: Basketball
лакку: Баскетбол
лезги: Баскетбол
Lingua Franca Nova: Bascetbal
lietuvių: Krepšinis
latviešu: Basketbols
मैथिली: बास्केटबल
олык марий: Баскетбол
Baso Minangkabau: Bola basket
македонски: Кошарка
Bahasa Melayu: Bola keranjang
Malti: Baskitbol
Mirandés: Basquetebol
မြန်မာဘာသာ: ဘတ်စကက်ဘော
مازِرونی: بسکتوال
नेपाली: बास्केटबल
नेपाल भाषा: बास्केटबल
Nederlands: Basketbal
norsk nynorsk: Korgball
norsk: Basketball
Sesotho sa Leboa: Kgwele ya ntlatlana
occitan: Basquetbòl
Livvinkarjala: Basketbol
ਪੰਜਾਬੀ: ਬਾਸਕਟਬਾਲ
Pangasinan: Basketball
polski: Koszykówka
پنجابی: باسکٹ بال
português: Basquetebol
Runa Simi: Isanka rump'u
rumantsch: Ballabasket
română: Baschet
русский: Баскетбол
русиньскый: Баскетбал
Kinyarwanda: Umupira w’agatebo
саха тыла: Баскетбол
sicilianu: Palla a canistru
Scots: Basketbaw
srpskohrvatski / српскохрватски: Košarka
Simple English: Basketball
slovenčina: Basketbal
slovenščina: Košarka
Gagana Samoa: Pasiketipolo
Soomaaliga: Kubadda Koleyga
српски / srpski: Кошарка
svenska: Basket
Kiswahili: Mpira wa kikapu
ślůnski: Korbbal
тоҷикӣ: Баскетбол
Türkmençe: Basketbol
Tagalog: Basketbol
Türkçe: Basketbol
татарча/tatarça: Баскетбол
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: ۋاسكېتبول
українська: Баскетбол
vèneto: Bałacanestro
Tiếng Việt: Bóng rổ
West-Vlams: Basket
Winaray: Basketbol
吴语: 篮球
მარგალური: კარაჩხაბურთი
ייִדיש: קוישבאל
Vahcuengh: Lanzgiuz
中文: 篮球
Bân-lâm-gú: Nâ-kiû
粵語: 籃球