Bankrotlik

Bankrotlik, (ital. — singan kursi), s i n i sh — fuqaro, korxona, firma yoki bankning mablagʻi yetishmasligidan oʻz majburiyatlari boʻyicha qarzlarni toʻlashga qurbi yetmasligi; qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovar (ishlar, xizmatlar)ga haq toʻlash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shuningdek byudjetga va boshqa fondlarga majburiy toʻlovlarni taʼminlashga qodir emasligi tushuniladi. B., odatda, korxonaning yopilishiga olib keladi. Chunki qarz (kredit) beruvchining talabini qondirish uchun mol-mulkini sotishdan oʻzga chorasi qolmaydi. B.ga uchrashning sabablari tovar i. chda qiymati qonunning amal qilishi, raqobat va inflyatsiya bilan belgilanadi. Iqtisodiy inqirozlar davrida kasodga uchragan korxonalarning soni keskin oshib ketadi, uning oqibatida ishsizlik kuchayadi. Sobiq Ittifoq xalq xoʻjaligida B. tushunchasi NEPdan keyin isteʼmoldan chiqib ketgan edi, 1987y.dan eʼtiboran korxonaning toʻlov qobiliyati yoʻqligi tushunchasi amaliyotga kiritildi. B. amalda korxonaning byudjet, bank va mol yetkazib beruvchilar oldida oʻz majburiyatlarini bajarishga ojizligini bildiradi. Bankrot deb eʼlon qilingan korxonalarga nisbatan qator sanatsiya tadbirlari oʻtkaziladi, unga har tomonlama yordam koʻrsatiladi (soliqlardan ozod etiladi, qarzlarni toʻlash kechiktiriladi). Bozor iqtisodiyoti sharoitida B.ga uchragan korxonalar boshqa korxonalarga sotiladi yoki qoʻshib yuboriladi, korxona jamoa aʼzolariga ijaraga beriladi va boshqa Korxonalar sudlar, xoʻjalik sudlari qarori bilan bankrot deb eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasida kreditorlarning daʼvolarini qondirish maqsadida xoʻjalik yuritish subʼyektlari boʻlmish yuridik va jismoniy shaxslarni bankrot boʻlgan deb eʼtirof etish shartlari va tartibi OʻzRning 1994 y. 5 mayda qabul qilingan "Bankrotlik toʻgʻrisida" Qonunida belgilab berilgan (bu qonun oʻz faoliyatini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiradigan korxona, tashkilotlarga nisbatan tadbiq etilmaydi). Vladimir Shevsov, Abdurahim Ortiqov.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
العربية: إفلاس
مصرى: افلاس
azərbaycanca: Müflisləşmə
беларуская: Банкруцтва
български: Банкрут
বাংলা: দেউলিয়া
bosanski: Stečaj
català: Fallida
čeština: Úpadek
dansk: Konkurs
Deutsch: Bankrott
Ελληνικά: Πτώχευση
English: Bankruptcy
Esperanto: Bankroto
español: Quiebra
eesti: Pankrot
euskara: Bankarrota
فارسی: ورشکستگی
suomi: Konkurssi
עברית: פשיטת רגל
हिन्दी: दिवाला
hrvatski: Stečaj
magyar: Csőd
Հայերեն: Սնանկություն
Bahasa Indonesia: Kebangkrutan
íslenska: Gjaldþrot
italiano: Bancarotta
日本語: 倒産
қазақша: Банкрот
ಕನ್ನಡ: ದಿವಾಳಿತನ
한국어: 파산
Lëtzebuergesch: Bankrott
lietuvių: Bankrotas
latviešu: Bankrots
Bahasa Melayu: Kemuflisan
မြန်မာဘာသာ: ဒေဝါလီခံခြင်း
Nederlands: Faillissement
norsk nynorsk: Konkurs
norsk: Konkurs
polski: Upadłość
پښتو: دېوالي
português: Falência
română: Faliment
Scots: Bankruptcy
srpskohrvatski / српскохрватски: Bankrot
Simple English: Bankruptcy
slovenčina: Bankrot
slovenščina: Stečaj
српски / srpski: Stečaj
svenska: Konkurs
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: ۋەيران بولۇش
українська: Банкрутство
اردو: دیوالہ
Tiếng Việt: Phá sản
中文: 破產
Bân-lâm-gú: Phò-sán
粵語: 報窮