Bagʻdod

5628442718 b10fc2c47f o.jpg

BagʻdodIroqning poytaxti (1921); Bagʻdod muhofazasining maʼmuriy markazi. Dajla daryosining har ikki sohilida; Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Oʻrta dengiz mamlakatlarini birlashtirib turuvchi yoʻllar chorrahasida. Mamlakatning eng katta shahri. Aholisi 4 mln. kishi (1990). Bagʻdodda arablar (aksariyat), kurd, arman, turk, yahudiy va forslar yashaydi. Iqlimi Oʻrta dengiz iqlimi; yanvarning oʻrtacha temperaturasi 10°, iyulniki 34°, yiliga oʻrtacha 163 mm yogʻin yogʻadi. Bagʻdodni 762 yil xalifa Mansur (754 – 775) Madinat as-Salom (Tinchlik shahri) nomi bilan bino qilib, Abbosiylar xalifaligi poytaxtiga aylantirgan. Bagʻdod etimologiyasi toʻgʻrisida bir necha rivoyatlar boʻlib, shulardan eng koʻp tarqalgani: Bogʻi Dod (Dodning bogʻi) va But (sanam) tuhfasi. 9-asrda Bagʻdod xunarmandchilik, savdo va oʻrta asr Sharq madaniyatining markazi boʻlgan. B.ni eronlik buvayhiylar (945), sal-juqiylar sultoni Toʻgʻrulbek (1055) va moʻgʻul xoni Hulokuxon (1258) bosib olgan. 1393 va 1403 yillarda Amir Temur saltanati tarkibiga kirgan. 1410 – 1508 yillarda Bagʻdod Qora qoʻyunli va Oq qoʻyunli koʻchmanchi turkman xonlari qoʻl ostida boʻldi. 1508 yilda Eron sa-faviylari egʻallagan, 1534 yil esa Usmonli turklar davlatiga qoʻshib olindi. 1623 yilda Bagʻdodni Eron shohi Abbos I boʻysundirgan. 1638 – 1917 yillarda Usmonli turklar tasarrufida boʻldi. 18-asrda B. Osiyodagi yirik savdo markazlaridai biriga aylandi. Birinchi jahon urushi davrida Bagʻdodni Angliya qoʻshinlari bosib oldi (1917 yil mart), 1920– 21 yillarda Angliyaning mandatli hududi tarkibida. 1921–58 yillar Iroq qirolligining, 1958 yildan Iroq Respublikasining poytaxti.

Bagʻdod – mamlakatning transportsanoat, savdo-moliya markazi. Bagʻdod, avtomobil va havo yoʻllarining tuguni. Xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. Yirik daryo porti (chetga don. xurmo, jup, teri va boshqa chiqariladi). Mamlakatdagi sanoat korxonalari (asosan toʻqimachilik, koʻnchilik, tikuvchilik va oziq-ovqat)ning 25%i Bagʻdod Metallsozlik, kimyo, sement sanoati, elektrotexnika zavodi bor. Hunarmandchilikda roʻzgʻor asboblari, zargarlik buyumlari, gilam, poyabzal kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. B. yaqini (Dora)da neftni qayta ishlovchi yirik zavod bor. Shaharda koʻplab zamonaviy binolar qurilgan. Shaharning chap sohildagi qismida maʼmuriy muassasalar, parlament, xukumat binolari, oʻng sohilida ishlab chiqarish korxonalari va ustaxonalar joylashgan. Dajlaga bir necha yirik koʻprik qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Zubayda maqbarasi (13-asr), Xon Marjon karvonsaroyi (1358 – 59), Abbosiylar saroyi (12 -13-asrlar), Oltin masjid (16-asr) va boshqa saqlangan.

Bagʻdodda universitetlar, Fanlar akademiyasi, Nafis sanʼat instituti (1936), yuridik, savdo, tibbiyot, oʻqituvchilar kollejlari, koʻplab muzeylar, jumladan Iroq muzeyi, Arab osori atiqa muzeyi, ku-tubxonalar bor.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Other Languages
Acèh: Baghdad
адыгабзэ: Багдад
Afrikaans: Bagdad
Alemannisch: Bagdad
አማርኛ: ባግዳድ
aragonés: Bagdad
العربية: بغداد
مصرى: بغداد
অসমীয়া: বাগদাদ
asturianu: Bagdag
авар: Багъдад
azərbaycanca: Bağdad
تۆرکجه: بغداد
башҡортса: Бағдад
žemaitėška: Bagdads
Bikol Central: Baghdad
беларуская: Багдад
беларуская (тарашкевіца)‎: Багдад
български: Багдад
bamanankan: Baghdad
বাংলা: বাগদাদ
བོད་ཡིག: པ་ག་ཏ
brezhoneg: Baghdad
bosanski: Bagdad
буряад: Багдад
català: Bagdad
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Baghdad
нохчийн: БагӀдад
Cebuano: Baghdad
کوردی: بەغدا
corsu: Baghdad
qırımtatarca: Bağdad
čeština: Bagdád
Чӑвашла: Пахтат
Cymraeg: Baghdad
dansk: Bagdad
Deutsch: Bagdad
Zazaki: Beğdad
डोटेली: बगदाद
ދިވެހިބަސް: ބަޣުދާދު
Ελληνικά: Βαγδάτη
English: Baghdad
Esperanto: Bagdado
español: Bagdad
eesti: Bagdad
euskara: Bagdad
estremeñu: Bagdad
فارسی: بغداد
suomi: Bagdad
Võro: Bagdad
føroyskt: Bagdad
français: Bagdad
arpetan: Bagdad
Frysk: Bagdad
Gaeilge: Bagdad
Gàidhlig: Baghdad
galego: Bagdad
گیلکی: بغداد
客家語/Hak-kâ-ngî: Baghdad
עברית: בגדאד
हिन्दी: बग़दाद
Fiji Hindi: Baghdad
hrvatski: Bagdad
hornjoserbsce: Bagdad
Kreyòl ayisyen: Bagdad
magyar: Bagdad
հայերեն: Բաղդադ
interlingua: Bagdad
Bahasa Indonesia: Bagdad
Interlingue: Bagdad
Ilokano: Baghdad
ГӀалгӀай: БагIдад
Ido: Bagdad
íslenska: Bagdad
italiano: Baghdad
日本語: バグダード
la .lojban.: bagdad
Basa Jawa: Bagdad
ქართული: ბაღდადი
Qaraqalpaqsha: Bag'dad
Taqbaylit: Beɣdad
Адыгэбзэ: Багдад
Kabɩyɛ: Pagidaadɩ
Gĩkũyũ: Baghdad
қазақша: Бағдат
kalaallisut: Baghdad
ಕನ್ನಡ: ಬಾಗ್ದಾದ್
한국어: 바그다드
kurdî: Bexda
kernowek: Baldak
Кыргызча: Багдад
Latina: Bagdatum
Ladino: Bagdad
Lëtzebuergesch: Bagdad
лезги: Багъдад
Lingua Franca Nova: Baghdad
Limburgs: Bagdad
lumbaart: Baghdad
لۊری شومالی: بأغداد
lietuvių: Bagdadas
latviešu: Bagdāde
मैथिली: बगदाद
Malagasy: Baghdad
олык марий: Багдад
Māori: Baghdad
македонски: Багдад
മലയാളം: ബാഗ്ദാദ്
монгол: Багдад
मराठी: बगदाद
Bahasa Melayu: Baghdad
Mirandés: Bagdade
မြန်မာဘာသာ: ဘဂ္ဂဒက်မြို့
مازِرونی: بغداد
Dorerin Naoero: Baghdad
Plattdüütsch: Bagdad
नेपाल भाषा: बग्दाद
Nederlands: Bagdad
norsk nynorsk: Bagdad
norsk: Bagdad
Chi-Chewa: Baghdad
occitan: Bagdad
Livvinkarjala: Bagdad
ଓଡ଼ିଆ: ବାଗଦାଦ
Ирон: Багдад
ਪੰਜਾਬੀ: ਬਗ਼ਦਾਦ
Papiamentu: Bagdad
Picard: Bagdad
Norfuk / Pitkern: Baagdad
polski: Bagdad
Piemontèis: Baghdad
پنجابی: بغداد
پښتو: بغداد
português: Bagdá
Runa Simi: Bagdad
română: Bagdad
tarandíne: Baghdad
русский: Багдад
русиньскый: Баґдад
саха тыла: Багдад
sardu: Bagdad
sicilianu: Baghdad
Scots: Baghdad
سنڌي: بغداد
srpskohrvatski / српскохрватски: Bagdad
සිංහල: බැග්ඩැඩ්
Simple English: Baghdad
slovenčina: Bagdad
slovenščina: Bagdad
chiShona: Baghdad
Soomaaliga: Baqdaad
shqip: Bagdadi
српски / srpski: Багдад
Seeltersk: Bagdad
svenska: Bagdad
Kiswahili: Baghdad
ślůnski: Bagdad
தமிழ்: பகுதாது
тоҷикӣ: Бағдод
Türkmençe: Bagdat
Tagalog: Baghdad
Tok Pisin: Bagdad
Türkçe: Bağdat
татарча/tatarça: Багдад
Twi: Baghdad
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: باغداد
українська: Багдад
اردو: بغداد
vèneto: Bagdad
vepsän kel’: Bagdad
Tiếng Việt: Bagdad
Volapük: Bagdad
walon: Bagdet
Winaray: Baghdad
Wolof: Bagdad
吴语: 巴格达
მარგალური: ბაღდადი
ייִדיש: באגדאד
Yorùbá: Baghdad
中文: 巴格达
文言: 巴格達
Bân-lâm-gú: Baghdad
粵語: 巴格達