Bachadon

[[|right|thumb|250px|Ayol matkasi va tuxumdonlar: 1 — trubkalar; 2 — siydik pufagi; 3 — qov suyagi; 4 — G nuqtasi; 5 — klitor; 6 — uretra; 7 — vagina; 8 — tuxumdon; 9 — yoʻgʻon ichakning koʻrichakdan toʻgʻri ichakkacha boʻlgan qismi, qarta; 10 — matka; 11 — vaginaning orqa gumbazi; 12 matkaning boʻgʻizchasi; 13 — toʻgʻri ichak; 14 - anus.]] Bachadon yoki matka (bacha - „bola“ + -don; lot. uterus, yunon. ὑστέρα) — ayollarda va urgʻochi sut emizuvchi hayvonlarda homila oʻsib rivojlanadigan ichki organ.

Insonlarda

Ayol matkasining homiladorlik paytida kattalashishi

Ayollarda bachadon siydik pufagi orqasida, toʻgʻri ichak oldida joylashgan boʻladi. Bola koʻrish yoshidagi ayolda bachadon oʻrtacha 7.5 sm uzun, 5 sm keng va 2.5 sm chuqur boʻladi. [1] Sogʻlom bachadon toʻnkarilgan nok shaklida boʻladi, ichi boʻsh va atrofi qalin muskullar bilan oʻralgan boʻladi. Har biri tuxum bilan toʻldirilgan tuxumdonlarga tutashgan ikkita trubka matkaga yuqori ikki tomondan ulanib turadi.

Bachadonning tanasi, tubi va boʻyni boʻladi. Bachadon tanasi va tubi qovuq yuzasi bilan qovuq ustida oldinga bir oz bukilib joylashgan, orqa yuzasi toʻgʻri ichakka yuzma-yuz turadi. Bachadon boʻynining bir qismi qin ichiga kirgan boʻlib, shu yerda bachadon teshigi qinga ochiladi.

Bachadon devori ichki — shilliq qavat ( endometriy), oʻrta — muskul qavat ( miometriy) va tashqi — seroz qavat (qorin pardasi)dan iborat. Shilliq qavat bachadon naylari shilliq qavatining davomidir. Bachadon ichida shilliq qavat burmalari yoʻq, asosan mayda bezlar uchraydi. Shilliq qavat bachadon boʻynida qalinlashib, burmalari va shilliq bezlari boʻladi, u har oyda hayzga tayyorlanadi; bunda bachadonning yuza joylashgan shilliq qavati markaziy nerv sistemasi hamda gipofiz va tuxumdondan ajralgan gormonlar ( follikulin, progesteron) taʼsirida qalinlashadi, har oyda bir marta koʻchib, qon bilan ajraladi.

Muskul qavat yaxshi rivojlangan, qon tomirlarga boy silliq muskul uch qavat boʻlib joylashgan. Seroz qavat bachadon oldi va orqa yuzalarini qoplab, ikki yonboshida keng boylam hosil qiladi; shu boylam oraligʻida biriktiruvchi toʻqima qatlami ( parametriy) boʻladi.

Bachadon boʻshligʻi uchburchak shaklda boʻlib, uni katta-kichik bir necha boylam va chanoq tubining muskullari oʻz oʻrnida ushlab turadi. Bachadon boʻynining ichki yuzasi shilliq qavat burmalaridan iborat boʻlib, silindrsimon epiteliy bilan qoplangan; boʻyin devoridagi bezlar sekret chiqaradi; u ishqoriy reaksiyaga, bakteritsid xususiyatga ega. Uning bu xususiyati bachadonga infeksiya tushishiga yoʻl qoʻymaydi; bundan tashqari, spermatozoidning harakatchanligini oshirib, uning bachadonga kirishini taʼminlaydi.

Bachadon ancha harakatchan boʻlib, qovuq hamda toʻgʻri ichak toʻlganda, homiladorlikda va boshqa fiziologik holatlarda oʻz shaklini oson oʻzgartira oladi. Homiladorlikda muskul tolalarining yoʻgʻon tortishi va yangi tolalar paydo boʻlishi hisobiga bachadon kattalashadi. Homila tugʻilgach bachadon qisqaradi va yangi tolalar yoʻqolib ketadi.

Tugʻruqdan keyin tezda jismoniy ish qilganda chanoq tubining muskullari va boshqa boylamlari boʻshashib, bachadon tushishi mumkin. [2]

Other Languages
aragonés: Utero
العربية: رحم
ܐܪܡܝܐ: ܡܪܒܥܐ
asturianu: Úteru
azərbaycanca: Uşaqlıq (anatomiya)
беларуская: Матка жанчыны
беларуская (тарашкевіца)‎: Маціца
български: Матка
বাংলা: জরায়ু
bosanski: Materica
català: Úter
کوردی: مناڵدان
čeština: Děloha
Cymraeg: Croth
dansk: Livmoder
Deutsch: Gebärmutter
ދިވެހިބަސް: ރަހިމު
Ελληνικά: Μήτρα
English: Uterus
Esperanto: Utero
español: Útero
eesti: Emakas
euskara: Umetoki
فارسی: رحم
suomi: Kohtu
français: Utérus
Frysk: Liifmoer
Gàidhlig: Machlag
galego: Útero
Avañe'ẽ: Membyryru
עברית: רחם
हिन्दी: गर्भाशय
hrvatski: Maternica
Հայերեն: Կնոջ արգանդ
Bahasa Indonesia: Rahim
Ido: Utero
italiano: Utero
日本語: 子宮
Basa Jawa: Rahim
Kabɩyɛ: Pɩɣa nʋmʋʋ
қазақша: Жатыр
한국어: 자궁
Kurdî: Malzarok
Кыргызча: Жатын
Latina: Uterus
lingála: Ebóteli
lietuvių: Gimda
latviešu: Dzemde
മലയാളം: ഗർഭപാത്രം
मराठी: गर्भाशय
Bahasa Melayu: Rahim
မြန်မာဘာသာ: သားအိမ်
नेपाली: पाठेघर
नेपाल भाषा: युटेरस
Nederlands: Baarmoeder
norsk nynorsk: Livmor
norsk: Livmor
occitan: Utèr
polski: Macica
português: Útero
Runa Simi: Kisma
română: Uter
русиньскый: Матка
sardu: Ùteru
Scots: Womb
srpskohrvatski / српскохрватски: Materica
Simple English: Uterus
slovenčina: Maternica
slovenščina: Maternica
chiShona: Chibereko
српски / srpski: Материца
Basa Sunda: Pianakan
svenska: Livmoder
தமிழ்: கருப்பை
తెలుగు: గర్భాశయము
тоҷикӣ: Бачадон
ไทย: มดลูก
Tagalog: Bahay-bata
Türkçe: Rahim
татарча/tatarça: Аналык
українська: Матка
Tiếng Việt: Tử cung
Winaray: Tagoangkan
吴语: 子宫
ייִדיש: טראכט
中文: 子宫
Bân-lâm-gú: Seⁿ-kiáⁿ-tē
粵語: 子宮