Avstriya-Vengriya imperiyasi

Avstriya-Vengriya imperiyasi – Avstriya va Vengriyaning hukmron sinflari o‘rtasidagi bitim asosida 1867 yilda Avstriya imperiyasini qayta tuzish natijasida tashkil topgan dualistik (birlashgan ikki davlatli) monarxiya. Bu monarxiya: Avstriya (Sis-leytaniya) va Vengriya qirolligi (Transleytaniya)dan tashkil topdi. Avstriya tarkibiga Chexiya, Moraviya, Galitsiya, Bukovina va boshqa yerlar, Vengriya qirolligiga Slovakiya, Xorvatiya, Transilvaniya va boshqa yerlar kirdi. O‘sha yili yangi konstitu-siya qabul qilindi. Avstriya-Vengriya imperiyasi hokimiyatini Avstriya imperatori boshqardi (u Ven-griya qiroli degan unvonga ham ega edi). Imperator hokimiyati rasman Avstriyada reyxstag, Vengriyada seym tomonidan che-klandi. Butun imperiya bo‘yicha uch minis-trlik: 1) tashqi ishlar; 2) harbiy va dengiz; 3) moliya ministrliklari tashkil etildi. Harbiy va dengiz hamda moliya ministrliklari imperiyaning har ikki qismida ham mavjud edi. Boshqa minis-trliklar Avstriyada ham, Vengriyada ham mustaqil ish yuritgan. 1867 yil bitimiga binoan, Vengriya o‘z parlamentiga, ministrliklariga, siyosiy va ma’muriy muxtoriyatga ega bo‘ldi. Birinchi jahon urushida Avstriya-Vengriya imperiyasining mag‘lubiyati va milliy ozodlik kurashlari natijasida 1918 yilning oxirida Avstriya-Vengriya imperiyasi parchalanib ketdi. Avstriya-Vengriya imperiyasi o‘rnida Avstriya, Vengriya, Chexoslo-vakiya davlatlari tuzildi, hududning bir qismi esa Yugoslaviya, Ruminiya va Polsha tarkibiga kiritildi.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. "Avstriya-Vengriya imperiyasi" A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Other Languages
Alemannisch: Österreich-Ungarn
azərbaycanca: Avstriya-Macarıstan
башҡортса: Австро-Венгрия
беларуская: Аўстра-Венгрыя
беларуская (тарашкевіца)‎: Аўстра-Вугоршчына
български: Австро-Унгария
brezhoneg: Aostria-Hungaria
bosanski: Austro-Ugarska
čeština: Rakousko-Uhersko
dolnoserbski: Awstrisko-Hungorska
français: Autriche-Hongrie
Nordfriisk: Uasterrik-Ungarn
Gàidhlig: Ostair-Ungaire
hrvatski: Austro-Ugarska
hornjoserbsce: Rakusko-Wuherska
interlingua: Austria-Hungaria
Bahasa Indonesia: Austria-Hongaria
Basa Jawa: Austria-Hongaria
Lëtzebuergesch: Éisträich-Ungarn
Lingua Franca Nova: Impero de Osteraic e Magiar
latviešu: Austroungārija
македонски: Австро-Унгарија
Bahasa Melayu: Austria-Hungary
مازِرونی: اتریش-مجارستون
Plattdüütsch: Öösterriek-Ungarn
norsk nynorsk: Austerrike-Ungarn
Nouormand: Autriche-Hongrie
português: Áustria-Hungria
română: Austro-Ungaria
русиньскый: Австро-Угорьско
srpskohrvatski / српскохрватски: Austro-Ugarska
Simple English: Austria-Hungary
slovenčina: Rakúsko-Uhorsko
slovenščina: Avstro-Ogrska
српски / srpski: Аустроугарска
Seeltersk: Aastriek-Ungarn
Kiswahili: Austria-Hungaria
українська: Австро-Угорщина
Tiếng Việt: Đế quốc Áo-Hung
吴语: 奥匈帝国
中文: 奥匈帝国
文言: 奧匈帝國
粵語: 奧匈帝國