Avfiy Buxoriy

Avfiy Buxoriy, Muhammad Avfiy, Nuriddin Muhammad ibn Tohir ibn Usmon Buxoriy (1172/77, Buxoro – 1233, Hindiston) – adabiyotshunos, tarjimon. Sharq adabiyotida tazkirachilik asoschilaridan. Buxorodagi madrasada oʻqigan. 1201 yil Buxoroda ilek (hokim) saroyida kotiblik qilgan. Xorazm, Xuroson shaharlari – Nishopur, Tuye, Hirot, Marvga sayohat qilgan, Najmiddin Kubro, Shayx Majdiddin Bag-dodiy kabi olimlar bilan muloqotda boʻlgan. 1219 yilda Buxoroga qaytgan. Moʻgʻul istilosi davrida Hindistonga ketib, umrining oxirigacha oʻsha yerda yashagan. "Lubob ulalbob" ("Magʻizlarning magʻzi") tazkirasini yaratgan (1222–23). 12 bobdan iborat mazkur tazkira moʻgʻul istilosidan avvalgi adabiyot va madaniyat arboblari haqida yagona manba sanaladi. 1223 yilda Krzi Muhsin Tannuhiy (Yu-asr)ning "Alfaraj" ("Shodlik") asarini arabchadan forschaga tarjima qilgan. A. B.ning ikkinchi yirik asari "Javomeʼ ul-hikoyot va lavomeʼ ul-rivoyot" ("Xikoyatlar toʻplami va rivoyatlar jilosi", 1228)da turli fanlarga oid ilmiy lavhalar, bahslar va xulosalar hikoya va rivoyat tarzida sodda bayon qilingan. Asar Sharqda keng tarqalgan, ayrim hikoyalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

  • manbalar

Manbalar

  • Nodir hikoyalar, T., 1977; Hikoyalar va rivoyatlar, T., 1983.




Other Languages