Atom spektrlari

Atom spektrlari - erkin yoki kuchsiz bog‘langan atomlarning (bir atom-li gazlar yoki bug‘lar) elektromagnit to‘lqin chiqarganda (nurlanish Atom spektrlari) yoki yutganda (yutilish Atom spektrlari) paydo bo‘ladigan optik spektrlari. Atom spektrlari chiziq-chiziq, ya’ni alohida-alohida joylashgan spek-tral chiziqlardan tashkil topgan. Atom spektrlari nurlanishning ko‘rinuvchi, ultrabinaf-sha va infraqizil sohalarida kuzatila-di. Nurlanish Atom spektrlari atomni turli yo‘llar bilan uyg‘otilganda (yorug‘lik, elektron-larning urilish va h. k.) hosil bo‘ladi. Yutilish Atom spektrlari uzluksiz spektrli yorug‘lik atomar gazlar yoki bug‘lardan o‘tganda pay-do bo‘ladi. Atom spektrlari spektral asboblar yorda-mida kuzatiladi. Ionlarning Atom spektrlari katta chastotalar tomoniga surilgan bo‘lishi bilan neytral atomlarning A. sdan farq qiladi.Atom spektrlaridagi spektral chiziqlar ma’-lum qonuniyatlarga bo‘ysunadi va sod-da hollarda spektral seriyalar hosil qiladi. Har bir spektral seriya yuqori energetik sathlardan pastdagi yagona energetik sathga mumkin bo‘lgan kvant o‘tishlari natijasida yuzaga keladi. Vodorod atomidagi spektral seriyalar ayniqsa ajralib turadi. Vodorod ato-mida Layman, Balmer, Pashen, Breket, Pfund va Hamfri seriyalari aniqlangan. Bu seriyalardagi to‘lqin sonlarini quyidagi formula yordamida topish mum-kin: bunda R = 109677,58 sm"1 —Ridberg doimiysi, pk va p— kvant o‘tishlari bo‘layotgan energetik sathlarining bosh kvant sonlari. Layman, Balmer, Pa-shen, Breket, Pfund va Hamfri seriyala-ri uchun pk mos ravishda 1, 2, 3, 4, 5, 6 ga teng . Bunday seriyalar boshqa elementlar atomlari uchun ham kuzatiladi. Element-ning atom soni oshib borishi bilan seri-yalardagi spektral chiziqlar soni ham oshib boradi va murakkab ko‘rinishga ega bo‘ladi. Elementlar Atom spektrlarining uziga xos-ligi modda tarkibini aniqlashda, ular-dagi spektral chiziqlar ravshanligining 765atomlar konsentratsiyasiga bog‘liqligi — element miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
aragonés: Espectro atomico
العربية: طيف الانبعاث
беларуская: Эмісійны спектр
Ελληνικά: Εκπομπή
Esperanto: Energia spektro
فارسی: طیف گسیلی
Kreyòl ayisyen: Espèk emisyon
Bahasa Indonesia: Spektrum pancar
ಕನ್ನಡ: ಅಣುರೋಹಿತ
Bahasa Melayu: Spektrum pancaran
Nederlands: Emissielijn
norsk nynorsk: Emisjonsspekter
srpskohrvatski / српскохрватски: Emisioni spektar
Simple English: Emission spectrum
српски / srpski: Emisioni spektar
українська: Емісійний спектр
Tiếng Việt: Quang phổ phát xạ
中文: 發射光譜