Astrobiologiya

Astrobiologiya (astro… va biologiya) — koinotda hayotning barcha koʻrinishdagi (mikroorganizmlar darajasidan yuqori sivilizatsiyagacha) turlarini oʻrganadigan fan. Astrobiologiya astronomiya, biologiya va biokimyoning yutuqlariga tayanadi va ayrim masalalarni yechishda kosmik biologiya, kosmik tibbiyot bilan bogʻlanib ketadi. Kosmik jism sifatida Yerda, uning dastlabki atmosferasi sharoitida hayotning paydo boʻlishi va rivojlanishi masalasi Astrobiologiyaning asosiy muammosi hisoblanadi.

Bugungi ilmiy maʼlumotlarga koʻra, Merkuriy, Venera va Oyda hayot boʻlishi mumkin emas. Biroq atmosferasi juda siyrak boʻlgan Marsda hayot boʻlishi mumkin. Buni tekshirish maqsadida Marsga qoʻndirilgan kosmik apparatlar „Viking-1“ va „Viking-2“ (1976) (AQSH) yordamida avtomatik tarzda uchtadan tajribalar oʻtkazildi. Mars havosi va jinsi maxsus olib borilgan oziqaga solindi. Avvaliga organik hayot borligini koʻrsatgan tajriba keyin teskari natija berdi. Tajribalar uglevodorodga asoslangan hayotni qidirishga qaratilgan edi. Holbuki hayot boshqa birikmalarga asoslangan boʻlishi mumkin. Bu masala Marsga odam tushirilgan va tajribalar oʻtkazilgandan keyingina uzil-kesil hal boʻladi[1].

Boshqa yulduzlar atrofida hayotni izlash alohida muammo hisoblanadi. Ulargacha boʻlgan masofa uzoq boʻlgani uchun ularni hozirgacha avtomatik apparatlar yordamida tekshirib boʻlmadi. Agar ular atrofida yuqori sivilizasiya bosqichiga erishgan hayot (aqliy faol mavjudotlar) boʻlsa, ular bilan radioaloqa oʻrnatish mumkin boʻlardi. Bu maqsadda 1960-yilda hayot boʻlishi mumkin boʻlgan yaqin yulduzlar tomon radiosignallar yuborildi. Bu signallar biz Yerliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni „olib ketdi“. 1974 yilda sharsimon yulduzlar toʻdasi M13 tomon radiomaktub yuborildi. Javob 48 ming yildan keyin kelishi mumkin (q. Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalar). Astrobiologiyaning sayyoralar yuzida oʻsimliklarni axtaradigan boʻlimi astrobotanika deb ataladi. Har xil sharoitlarda (shuningdek, boshqa sayyoralar yuzasidagi sharoitga yaqin) oʻsimliklarning rivojlanishini oʻrganadi[2].

Manbalar

  1. Sattorov I., Avtomatik stansiyalar sayyoralarni tekshiradi, T., 1981. Isroil Sattorov.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
Other Languages
Afrikaans: Astrobiologie
azərbaycanca: Astrobiologiya
žemaitėška: Astrobioluogėjė
беларуская: Астрабіялогія
български: Астробиология
bosanski: Astrobiologija
català: Astrobiologia
čeština: Astrobiologie
Cymraeg: Astrofioleg
Deutsch: Astrobiologie
Ελληνικά: Βιοαστρονομία
English: Astrobiology
Esperanto: Astrobiologio
español: Astrobiología
euskara: Exobiologia
français: Exobiologie
hrvatski: Astrobiologija
Bahasa Indonesia: Astrobiologi
italiano: Esobiologia
日本語: 宇宙生物学
қазақша: Экзобиология
한국어: 우주생물학
Кыргызча: Астробиология
Lëtzebuergesch: Astrobiologie
Lingua Franca Nova: Biolojia estrateral
lietuvių: Astrobiologija
latviešu: Astrobioloģija
македонски: Астробиологија
Bahasa Melayu: Astrobiologi
Nederlands: Astrobiologie
norsk nynorsk: Astrobiologi
occitan: Exobiologia
português: Exobiologia
română: Exobiologie
srpskohrvatski / српскохрватски: Astrobiologija
Simple English: Astrobiology
slovenčina: Astrobiológia
slovenščina: Astrobiologija
српски / srpski: Астробиологија
svenska: Astrobiologi
Türkçe: Astrobiyoloji
українська: Астробіологія
Tiếng Việt: Sinh học vũ trụ