Antil orollari

Antil orollari – Vest-Indiyadagi arxipelag. Katta Antil orollari (Kuba, Gaiti, Yamayka, Puerto-Riko) va Kichik Antil orollari (Virginiya, Shamolli va Shamolsiz orollar, Trinidad, Tobago va Barbados)ga bo‘linadi. Maydoni qariyb 220 ming km². Aholisi 30 mln. kishi. Antil orollari yer yuzasining yarmidan kupi tog‘lik. Eng baland joyi 3175 m. Katta Antil orollari dagi tog‘lar Markaziy Amerikadagi Kordilera tog‘larining tarmoqlaridir. Bu tog‘lar Kuba oroldagi ohaktosh platosida tutashadi. Kichik Antil orollarida so‘nmagan Grand-Sufriyer, Mon-tan-Pele, Sufriyer vulkanlari bor. Ku-badagi tekisliklardan tashqari hamma yerda zilzila bo‘lib turadi. Iqlimi tropik, issiq, passat iqlimi. Nam ko‘p, tez-tez dovul bo‘lib turadi. Ko‘p yerlarni savanna va barg tashlaydigan tropik o‘rmonlar qoplagan. Shamolga ro‘para yon bag‘irlar esa doim yashil tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Antil orollarida Anti-gua va Barbuda, Barbados, Gaiti, Grenada, Dominika, Dominikana Respublikasi, Kuba, Sent-Vinsent va Grenadini, Sent-Lyusiya, Sent-Kits va Nevis, Trinidad va Tobago, Yamayka davlatlari joylash-gan, shuningdek AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiyaga karashli mul-klar, Venesuela hududining bir qismi bor. 1493 yil X. Kolumb Sen-Marten orolni kashf etgan. Kyurasao va Aruba orollarini 1499 yilda ispanlar ochgan. 17-asr boshida gollandiyaliklar Aruba orolni, 1634 yilda esa Kyurasao orolni egallaganlar.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
Afrikaans: Antille
العربية: جزر الأنتيل
asturianu: Antilles
azərbaycanca: Antil adaları
беларуская (тарашкевіца)‎: Антыльскія астравы
brezhoneg: Antilhez
català: Antilles
čeština: Antily
Cymraeg: Antilles
dansk: Antillerne
Deutsch: Antillen
Ελληνικά: Αντίλλες
English: Antilles
Esperanto: Antiloj
español: Antillas
eesti: Antillid
euskara: Antillak
فارسی: آنتی
français: Antilles
arpetan: Antilyes
Nordfriisk: Antilen
Frysk: Antillen
Gaeilge: Na hAintillí
Bahasa Indonesia: Antillen
íslenska: Antillaeyjar
italiano: Antille
Кыргызча: Антил аралдары
Latina: Antillae
Ladino: Antiyas
lumbaart: Antil
lietuvių: Antilai
latviešu: Antiļu salas
македонски: Антили
मराठी: अँटिल्स
кырык мары: Антил ошмаотывлӓ
Bahasa Melayu: Antillen
Nederlands: Antillen
norsk nynorsk: Antillane
norsk: Antillene
occitan: Antilhas
polski: Antyle
português: Antilhas
sicilianu: Antilli
Scots: Antilles
srpskohrvatski / српскохрватски: Antili
slovenčina: Antily
српски / srpski: Антили
Seeltersk: Antillen
svenska: Antillerna
Türkçe: Antiller
اردو: انٹیلیز
vèneto: Antiłe
Tiếng Việt: Antilles
Winaray: Antillas
Bân-lâm-gú: Antilles Kûn-tó