Andrey Voznesenskiy

Andrey Voznesenskiy (1933.12.5, Moskva) — rus shoiri. Sheʼrlari oʻta zamonaviylashtirilganligi, murakkab obrazliligi va ritmik tizimi b-n ajralib turadi. „Aksildunyolar“ (1964), „Vitraj ishlari ustasi“ (1976), „Adashtiruv“ (1978) toʻplamlari, „Ustalar“ (1959), „Lonjyumo“ (1963). „Oza“ (1964), „Avos“ (1972), „Choh“ (1986) va boshqa poemalar muallifi. Voznesenskiyning „Video—sheʼriyat“, „Rossiya—qimorxona“, „Chalkash shamollararo“ kabi sheʼriy va nasriy kitoblari nashr qilingan. Shoʻro tuzumi davrida Voznesenskiy haqgoʻyligi, adolatparvarligi uchun taʼqibga uchragan. 1966 y.gi Toshkent zilzilasi paytida Toshkentda boʻlib, „Toshkentga yordam bering!“ dostonini yozgan. Voznesenskiy Alisher Navoiy haqida „Alisher Navoiy — ulugʻ shoir… Navoiyning ming yillarga tatirli ahamiyati bor…“, deb unga yuksak baho bergan.

„Mangu rizq“ asari Sirojiddin Sayyid tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1990).

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Other Languages
azərbaycanca: Andrey Voznesenski
Nederlands: Andrej Voznesenski
português: Andrei Voznesensky
татарча/tatarça: Андрей Вознесенский