Anakondalar

Anakondalar (Eunectus) - bo‘g‘ma ilonlar urug‘i. Hozirgi ilonlarning eng yirigi — uz. 10 m gacha (qayd qilingan uz. 11,43 m). Sarg‘ish-kulrang tanasi orqa tomondan 2 qator yirik doira shakli-dagi qo‘ng‘ir, yon tomonlardan bir necha qator mayda oqish dog‘lar bilan qoplangan. 3 turi tropik. Jan. Amerikaning daryo, ko‘l va botqoqliklarida tarqalgan. Od-diy A. (Ye. murinus) kuproq uchraydi. A. suvda yaxshi suzadi va sho‘ng‘iydi, suv tu-bida uzoq, tura oladi. Suv ostida burun teshiklari klapanlar bilan bekiladi. A. har xil mayda umurtqalilar (kemiruv-chilar, tuyoqlilar, toshbaqalar, qushlar, yosh timsohlar), ba’zan uy hayvonlari bilan oziqlanadi, kamdan-kam odamga hujum qiladi. Qurg‘oqchilik mavsumida balchiqqa ko‘milib karaxt bo‘lib oladi. Tuxumdan tirik tug‘ish (ba’zan tuxum qo‘yish) orqali ko‘payadi. 28 dan 42 taga-cha tuxum qo‘yadi. Tuxumlardan darhol yosh ilonlar chiqib, suvga tushib ketadi. A. tutqinlikda 28 yilgacha (o‘rta hisobda 5—6 yil) yashaydi. Terisi, go‘shti va yog‘i uchun ovlanadi.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
العربية: أناكوندا
azərbaycanca: Anakondalar
български: Анаконди
català: Anaconda
Cebuano: Eunectes
čeština: Anakonda
dansk: Anakonda
Deutsch: Anakondas
Zazaki: Anakonda
Ελληνικά: Ανακόντα
English: Eunectes
Esperanto: Anakondo
español: Eunectes
eesti: Anakonda
euskara: Anakonda
فارسی: آناکوندا
suomi: Anakondat
français: Eunectes
Gàidhlig: Anaconda
galego: Anaconda
עברית: אנקונדה
hrvatski: Anakonde
magyar: Eunectes
Հայերեն: Անակոնդաներ
Bahasa Indonesia: Anakonda
italiano: Eunectes
日本語: アナコンダ
қазақша: Анакондалар
ಕನ್ನಡ: ಅನಕೊಂಡ
한국어: 아나콘다
latviešu: Anakondas
македонски: Анаконди
മലയാളം: അനക്കോണ്ട
Bahasa Melayu: Anakonda
Nederlands: Anaconda's
norsk: Anakondaer
polski: Eunectes
português: Sucuri
română: Eunectes
русский: Анаконды
Scots: Eunectes
Simple English: Anaconda
Seeltersk: Anakondas
svenska: Anakondor
Tagalog: Anakonda
Türkçe: Anakonda
українська: Анаконди
Tiếng Việt: Trăn anaconda
Winaray: Eunectes
中文: 水蚺屬