Alyuminiy sulfat

Alyuminiy sulfat, A12(SO4)3 -sulfat kislotaning alyu-miniyli tuzi, rangsiz kristall modda; oddiy sharoitda A12(SO4)318H2O oq rangli kristallogidrat holida bo‘ladi. 100 g suvda 36,15 g eriydi, spirtda eri-maydi. Kristallogidrat qizdirilganda asta-sekin suvini yo‘qotadi, yuqori temperaturada alyuminiy oksidi va oltingugurt gaziga parchalanadi. Ishqoriy metallarning sulfatlari bilan birikib, qo‘sh tuzlar – achchiqtoshlar hosil qiladi. Tex-nik Alyuminiy sulfat boksit yoki giltuproqqa sulfat kislota ta’sir ettirib, sof holdagi Alyuminiy sulfat esa alyuminiy gidroksidni qaynoq kon-sentrlangan sulfat kislotada eritib olinadi. Alyuminiy sulfat suv tozalash, qog‘oz ishlab chiqarish, to‘qimachilik va teri oshlash sanoatida ishlatiladi.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages